Maqsad: a ta'limiymaqsadi



Yüklə 2,94 Mb.
səhifə40/46
tarix23.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#123536
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
5 - sinf uchun konspekt www.sadikov.uz

Asbob va moslamalar.Yumshoq karton, ochiq rangdagi (kavushi uchun qora rangdagi) sidirg’a gazlama bo’laklari, igna ,gazlama rangidagi g’altak ip, qaychi, angishovna, chizg’ich,mayda to’g’nog’ichlar.
Ishning tartibi.Qo’g’irchoq detallari ko’rsatilgan sonlar miqdorida ochiq rangdagi (kovush uchun qora rangdagi )sidirg’a gazlamadan bichib olinadi va uning tana qismi tikib tayyorlanadi. Qo’g’irchoqning tana qismi tayyor bo’lgach, shu o’lchamdagi ko’ylak andozasi tayyorlanadi. Ko’ylak andozasi ham qo’g’irchoqning tanasi kabi tayyorlanadi.
Qo’g’irchoqning tana qismi quyidagicha tayyorlanadi:
1.Qo’g’irchoq tanasining bosh qismida 4 ta 3 smli vitachkalar gazlamaning teskari tomonidan belgilanadi va tikib olinadi.
2.Qo’g’irchoqning yuz qismida o’ng tomonidan qosh, ko’z va og’iz o’rinlari belgilanadi.
3.Qo’g’irchoqning tana qismini , detallarini o’ngini o’ngiga qaratib , atrofidan 0,5 smli chok 3 ta tomonidan tikib chiqiladi.Bo’yin qismida ozgina kertim (ochiq joy qoldiriladi) berilib tana qismi o’ngiga ag’dariladi va ichi sintefon bilan to’ldiriladi.
4.Qo’g’irchoqning oyog’I va qo’llarini ham o’ngini ichkariga qaratib 3 ta tomonidan tikib chiqiladi, ichi to’ldiriladi va tana qismiga ulab qo’yiladi.
5.Kavushini ikkiga bukilib tovon qismi tikiladi, ichi to’ldirilib oyoq uchlariga biriktirib qo’yiladi.
6.Qo’g’irchoqning yuz qismi kashta bilan tikib bezatiladi va sochi qora jun ipdan tayyorlanib , boshiga tikib yoki yelimlab yopishtiriladi.

Darsni mustahkamlash.
1) Qo’g’irchoqning tana qismi uchun qanday fazlama bo’laklari kerak bo’ladi?
2) Qo’g’irchoqning tana qismi qanday detallardan iborat?
3) Har bir detal qanday nomlanadi va nechtadan bichiladi?
4) Qo’g’irchoqning tana qismi qanday bosqichlarda tikiladi?
5) Qo’g’irchoqning tayyorlanishining yana qanday usullarini bilasiz?
Baholash: faol qatnashgan o’quvchilarni rag’bartlantirish.
Uyga vazifa : qo’g’irchoq andozasini tayyorlab kelish.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə