Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   274
chorvachilik kitob

1.
 
Harakatlantiruvchi 
( Shmalgauzen, 1946), yoki boshqacha Darvin usuli 
ham deb yuritiladi. Bunda avloddan-avlodga faqat yaxshi hayvonlarni olib qolib 
yomonlarini puchak qilish asosida podani maqsadli yo„nalishda yaxshilab boradi. 
Bu usul barcha qishloq xo„jalik hayvonlarida foydalaniladi. 
2.
 
Muvozanatlashtiruvchi 
( Shmalgauzen, 1946), bu usulda ijobiy tip 
hayvonlarini saqlab qolish inobatga olinadi. Bu usul barcha chetga chiqishlarni 
oldini oladi va tip xususiyatlarini saqlab qoladi. 
Tanlash bir, yoki bir necha belgilar bo„yicha olib boriladi. Uning qo„yidagi 
usullari qo„llaniladi: 
A) Bog‘liq bo‘lmagan. 
Har bir belgi bo„yicha eng past talablar qo„yiladi. Bir 
belgi bo„yicha talabga javob bermagan hayvonlar, boshqa belgilarining 
rivojlanishidan qat‟iy nazar puchak qilinadi. 
B) Tandem usuli-
oldin bir belgi, keyin ikkinchi belgi inobatga olinadi. 
V) Seleksiya indekslari usuli, 
barcha belgilar bo„yicha yig„indi indeksi 
asosida amalga oshiriladi. 
Tanlash natijalariga ta’sir qiluvchi omillar: 
A) 
organizmning irsiy xususiyatlari ; 
B) 
populyatsiyada belgining xilma-xilligi; 
V) 
tanlash olib borilayotgan belgilar soni; 
G)
tanlash olib borilayotgan belgilarning korrelyativ bog„lanishi; 


26 
D) 
tanlash jadalligi; 
Ye)
tanlash olib borilayotgan populyatsiyadagi hayvonlar soni; 
J) 
avlodlarning almashinuv jadalligi; 
Z) 
belgilarning ikki jins hayvonlarida ham aks etishi; 
I) 
tanlashning aniq va mukammal olib borilishi; 
K) 
tanlash o„tkazayotgan mutaxasisning qobiliyati; 
L) 
oziqlantirish va saqlash sharoitlari. 
Tanlash genitik asoslariga belgilarning korrelyatsiyasi va qaytarilishidan 
tashqari, belgilarning irsiyatga berilishi, seleksion differensial va tanlash 
samaradorligi o„rin to„tadi. 
Irsiyat, irsiyat koeffitsienti (h²) orqali ifodalanib har xil usullar yordamida 
hisoblanadi: 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə