27
Shajara kerak: hayvonlarning
zotdorligini aniqlash uchun,
ajdodlar
mahsuldorligini aniqlash uchun, qarindosh urchitishni bilish uchun, nasl belgilarini
shakllanishini bilish uchun, juftlashni samaradorligini aniqlash uchun, hayvonlarni
yosh paytida
tanlash uchun, juftlashni rejalashtirish uchun.
Hayvonni kelib chiqishi haqidagi ma‟lumotlar shajara katagiga joylashtiriladi,
u asosan 4 qatorda
beriladi, to„rtinchi qatorda 16 ajdod ma‟lumotlari keltiriladi.
Kataklarning
chap tomonida ona, o„ng tomonida ota ajdodlar ma‟lumotlari
beriladi.
Pastga qarab har qatorda ajdodlar soni ko„payib boradi, unda hayvon laqabi va
raqami, yoshi, vazni, o„lchamlari va mahsuldorligi o„z aksini topadi.
Kelib chiqishga qarab tanlash asosan yosh hayvonlarda ko„proq qo„llaniladi,
chunki hali o„z va avlodlarining mahsuldorlik ko„rsatkichlari yo„q. Kelib chiqishga
qarab tanlash asl ajdodlardan yaxshi avlod olishni taqozo etadi.
Hayvonlarni o‘z mahsuldorligiga qarab tanlash.
Bu bosqichda hayvonning
tana tuzilishi, tirik vazni, mahsuldorligi va pushtdorligiga qarab tanlanadi. Buning
uchun barcha ko„rsatkichlar xolis hisobga olinishi shart.
Hayvonlarni avlodlarining sifati bo‘yicha baholash va tanlash.
Hayvonlarni tanlashda oxirgi bosqich bo„lib, hal qiluvchi o„rin to„tadi. Ushbu usul
yordamida asl podani yaxshilovchi hayvonlarni tanlab olish mumkin.
Birinchi
navbatda bu usul erkak nasldor hayvonlarda o„tkaziladi, chunki ulardan ko„plab
avlodlar olinadi. Erkak nasldor hayvonlar qo„yidagi bosqichlarda tanlanadi:
1.
Kelib chiqishiga qarab tanlash;
Dostları ilə paylaş: