Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   274
chorvachilik kitob

tizimlar bo‘ylab
urchitish hisoblanadi. 
Har bir tizim alohida maqsad asosida obdan o„tkazilgan tanlash va juftlash 
natijasida yaratiladi. Mashhur erkak nasldor hayvondan kelib chiqqan hayvonlar 
guruhiga tizim deydilar. 
Geneologik qatordan
(bir mashhur erkak hayvondan 


33 
kelib chiqqan guruh) o„larok, zavod tizimlari o„zlarining bir mashhur erkak 
hayvondan kelib chiqqanidan tashqari, alohida tanlash va juftlash orqali erishilgan 
hislatlari bilan ajralib turadi. Odatda tizimlar 3-5 bo„g„in saqlanib turadi, keyin 
undan yangi tizimlar ajralib chiqadi, u ham ma‟lum vaqtdan keyin yangi tizimlarga 
o„z joyini bo„shatib beradi. 
Harbir tizim zot an‟analarini saqlagan holda o„z tipiga ega bo„ladi. 
D.A. Kislovskiy va V.O.Vitt harbir zotda 6-7 tizim bo„lishi, ularning bir qismi 
so„nib, ikkinchilari paydo bo„ladi, umuman olganda ba‟zi paytlari 15-16 tagacha
tizimlar bo„lishi mumkin. Bunday holat zotni doimiy takomillashishini qarindosh 
urchitishsiz amalga oshirish imkonini beradi. Mujassam qilish maqsadida 
tizimlararo krosslar amalga oshiriladi, ya‟ni sermahsul tizimlarga asos bo„ladi. 
Ye.A.Borisenko(1967) zotni tizimlar bo„yicha urchitish quyidagilarni o„z 
ichiga olishini aytgan: 
1.
Mashhur erkak nasldor hayvonni ajratib olish, uning avlodlarining 
hisobini olish; 
2.
Maqsadli tanlash va juftlash, kerak hollarda qarindosh juftlashni qo„llash; 
3.
Zotda sermahsul urg„ochi hayvonlar guruhi bo„lishga erishish
4.
Boshqa tizim hayvonlaridan oqilona foydalanish; 
5.
Ushbu tip talablariga javob bermagan hayvonlarni puchak qilish; 
6.
O‟zaro mos tizim va oila hayvonlarini juftlash; 
7.
Hayvonlarga me‟yordagi oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaratib 
borish. 
Sof zotli urchitishda oila imkoniyatlaridan keng foydalanish taqozo etiladi. 
Urg„ochi hayvonlar o„z o„g„illari orqali yangi tizimlarga asos solishi mumkin. 
Chatishtirish. 
Chatishtirishning biologik mohiyati qo„yidagilardan iborat: 
1.
Chatishma hayvonlarda geterozigotalik ta‟minlanib, ular hayotchan, 
sharoitga moslashuvchan bo„lib, o„zgaruvchanlikka yo„l ochib beriladi. 
2.
Ko„pchilik hollarda geterozis ro„y berishini ta‟minlaydi.
3.
Chatishma hayvonlarda yangi belgi va xususiyatlar paydo bo„ladi va ularni 
seleksiya jarayonida keng foydalanish mumkin. 
Chatishtirishdan maqsad hayvonlarning mahsuldorligini oshirish bilan 
zotlarning xususiyatlarini saqlab qolish bo„lsa, ba‟zan esa zot yo„nalishini 
o„zgartirish, uning yangi sifatlarini yaratishdan iborat. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə