Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Qarindosh urchitish . Noqarindosh urchitish va geterozis



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   274
chorvachilik kitob

Qarindosh urchitish . Noqarindosh urchitish va geterozis.
Juftlash urg„ochi hayvonlarni urug„lantirish bilan tugab, avlod olishni 
ta‟minlaydi. Bu jarayonda qarindosh hayvonlar ishtirok etsa inbriding, noqarindosh 
hayvonlar qatnashsa autbriding ro„y berib ularning biologik natijalari turlicha 
bo„ladi. Qarindosh urchitish(inbriding) muntazam qo„llanilsa u nohush oqibatlarga
olib 
keladi(inbred 
depressiya), 
noqarindosh(autbriding) 
hayvonlar 
urug„lantirilganda teskari holat ro„y beradi(krossbriding), ya‟ni geterozis yoki 
duragay kuchi ro„yobga chiqadi. Urug„lantirish natijasida murtakda erkak va 
urg„ochi hayvon genetik ma‟lumotlari qo„shiladi, allel va noallel genlar o„zaro 
munasobat tiplari paydo bo„ladi, ular orqali oqsillar nazorat qilinadi va modda 
almashinuvi ta‟minlanadi. 
Qarindosh yoki qarindosh bo„lmagan hayvonlar juftlanganda modda 
almashinuvi inbred va autbred hayvonlar har xilligi, hayotchanligi va 
mahsuldorligini ta‟minlaydi. 
Inbridingda qarindosh hayvonlar genotipida o„xshash genlar bo„lib, avlodda 
gomozigotalikni kuchaytiradi, noqarindosh juftlashda esa gomozigotalik pasayib, 
geterozigotalik kuchayib oqibatda yoki inbred depressiya, yoki geterozisga sabab 
bo„ladi. 
Gomozigotalikni kuchayishi genotip qo„shilishi natijasida mo„rtakning
bioximik birlashuviga sabab bo„lib, mo„rtakdan paydo bo„ladigan organizmning 


30 
sharoitga moslashishi qobiliyatiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Ko„pincha inbridingda 
meyoz buzilishi oqibatida mutatsiyalar soni ko„payadi(xromasomalar qayta 
tuzilishi natijasida). Natijada inbridingda o„zgaruvchanlik ko„payishiga sabab 
bo„ladi. Ko„pgina mo„tatsiyalar zararli , ba‟zan u foydali bo„ladi. Shuning uchun 
ba‟zan inbred hayvonlarda mashhurlik paydo bo„ladi. 
Inbridingni muntazam qo‘llash qo‘yidagilarga olib keladi

- Inbred hayvonlarini imahsuldorligi, otalanishi, va pushtdorligini pasayishiga; 
- Hayotchanligi pasayishiga; 
- Konstitutsiyasini bo„shashishiga; 
- Avlodning maydalashishiga va karliklikka, o„lik tugilishiga, majro„h 
tug„ilishiga va pushtsiz bo„lishga; 
- O‟zgaruvchanlikni ortishiga. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə