Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


V Qishloq xo‘jalik hayvonlarini juftlash



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   274
chorvachilik kitob

 
1.V Qishloq xo‘jalik hayvonlarini juftlash. 
 
Tanlash, hayvonlarni juftlash bilan yakunlanadi, ya‟ni tanlash natijalari 
avlodda muhrlanadi. Juftlash ijobiy avlod olish maqsadida urg„ochi hayvonga mos 
erkak hayvonni biriktirilishiga aytiladi. 
Ko„r-ko„rona tanlangan hayvonlarni juftlash hamma vaqt ham ijobiy natijalar 
beravermaydi. 
Juftlash ota-onasiga nisbatan yuqori mahsuldor, ota-onasida bo„lgan 
kamchiliklarsiz avlod olishni ko„zda tutadi. 
Asl buqalar har doim ham asl avlod beravermaydi, u faqat maqsadli, mos
urg„ochi hayvon bilan juftlangandagina ijobiy natija beradi. Juftlash natijalari yosh 
hayvonlarni o„stirishga ham bog„liq. 
Nasl uchun qoldirilgan hayvonlar bir xil bo„lmay tana tuzilishi, mahsuldorligi
va boshqa belgilari bilan farqlanadi, shuning uchun juftlash ham har xil bo„ladi. 
Chorvachilikda asosan ikki shakldagi juftlash qo„llaniladi: 
A) Gomogen juftlash (bir xil), 
bir zot yoki poda ichida bir-biriga o„xshash 
(yoshi, konstitutsiyasi, kelib chiqishi, mahsuldorligi va hokazo) erkak va urg„ochi 
 
hayvonlarni
juftlashga aytiladi va ota-onasiga o„xshash hayvonlar olinadi. 
Juftlangan hayvonlar biologik va xo„jalik belgilari bilan qanchalik o„xshash 
bo„lsa, shunchalik bir xil avlod olinadi. Bu juftlash bir xil hayvonlarni ko„plab olish 
natijasida bir tipga mansub hayvonlar sonini ko„paytirish imkonini beradi va avlod 
irsiy xususiyatlarini kuchaytiradi. Bir xil juftlashning eng oxirgi pog„onasi bo„lib 
inbriding hisoblanadi. 
B) Geterogen (har xil) juftlash.
Bu usulda bir - biriga o„xshash bo„lmagan 
erkak va urg„ochi 
 
hayvonlar (tana tuzilishi, yoshi, mahsuldorligi va hokazo) 
juftlanadi. Har xil juftlash quyidagi hollarda qo„llaniladi: 
1.
Podada belgilar har xilligini ta‟minlash asosida hayvonlarda yangi qiymatli 
belgilarni yaratish maqsadida; 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə