Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   274
chorvachilik kitob

 
Zot yaratish chatishtirishi. 
Zot yaratish maqsadida ikki yoki bir necha zotlarni chatishtirishdan iborat. 
Maqsad bir-biriga mos zotlarni juftlash natijasida ularning mashhur belgilari 
asosida yangi sifatlarga ega hayvonlar olishni taqozo etadi. Bu jarayon murakkab, 
bo„g„in urg„ochi hayvonlar 3 zot erkak nasldor hayvonlari bilan, olingan urg„ochi 
hayvonlar 4 zot erkak nasldor hayvonlari bilan va hokazo, chatishma hayvonlar 
rejadagi natijani bersa ular «o„z ichida» urchitiladi. Iloji boricha bunday 


35 
chatishtirishda hayvon bosh ko„p bo„lishi qarindosh urchitishga yo„l qo„ymasdan, 
tizimlar shakllantirish imkonini beradi. 
Ushbu chatishtirish usulida turli hayvon va parranda zotlari yaratilgan. 
Ukraina ok cho„chqa zoti muallifi akademik M.F.Ivanov qo„yidagilarni 
e‟tiborga olgan:
1.Maqsadni aniq qo„yish va unga intilish; 
2.Chatishtirish uchun mos zotlarni saylab olish; 
3.Tanlash san‟ati, mos hayvonlarni juftlash; 
4.Me‟yordagi oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaratish
5.Qarindosh urchitishdan oqilona foydalanish; 
6.Ayovsiz puchakka chiqarish(90% gacha) asl hayvonlarni tanlab olish;
7.Kerakli bosh samarani ta‟minlash, yangi tizimlarni shakllantirish, qarindosh 
urchitishga majbur bo„lmaslik, dastlabki zotlardan foydalanishga yo„l qo„ymaslik. 
 
Almashlab chatishtirish. 
Bu chatishtirishda ikki mos zot qatnashib, har bug„inda zotlar nasldor erkak 
hayvonlari almashib keladi. Ushbu chatishtirish usuli sermahsul, sharoitga yaxshi 
moslashgan, hayotchan hayvonlar olish, ya‟ni geterozis ishtirok etishni, ba‟zi 
hollarda yangi zot yaratishga imkon yaratadi.(anglo-normand ot zoti). 
Monand zotlarni tanlash muhim ahamiyat kasb etib, chatishtirishda nafaqat sof 
urg„ochi hayvonlardan foydalanib qolmasdan, chatishma urg„ochi hayvonlardan 
ham foydalanish imkoniyati tug„iladi. Bunday chatishtirish chatishma 
hayvonlarning asl belgilarini o„zida aks ettirishi bilan ajralib turadi. Ushbu 
chatishtirishda samaraga erishish uchun zootexnika hisob-kitoblarini to„liq yuritish 
kerak. Bu chatishtirish usuli ko„proq bug„inlar tez almashadigan-cho„chqachilik,
qo„ychilik va parrandachilikda keng qo„llaniladi . 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə