Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Chatishtirishni amalga oshirish uchun



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   274
chorvachilik kitob

Chatishtirishni amalga oshirish uchun: 
1. Aniq maqsad bo„lib ma‟lum tipdagi hayvon yaratishdan iborat; 
2. Chatishtirish tizimini asoslash; 
3. Shu asnoda chatishtirish lozim bo„lgan zotlarni saylab olish; 
4. Ushbu zotlardan kerak hayvonlarni ajratib olib, urg„ochi hayvonlarga erkak 
nasldor hayvonlarni juftlash
5. Chatishtirma hayvonlar uchun oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaratish. 
 


34 
Qon singdirish chatishtirishi. 
Uning maqsadi bir zotni ikkinchi bir zot bilan butunlay yangilashdan iborat. 
Ko„pincha bu usul mahalliy zotlarni tubdan yaxshilashda qo„l keladi. Ushbu 
maqsadda oldindan yaxshilovchi deb saylangan zot erkak nasldor hayvonlari yoki 
ularning urug„lari keltiriladi. 
Yaxshilanuvchi zot urg„ochi hayvonlari tanlanib yaxshilovchi zot nasldor 
hayvonlari yaxshilovchi zot nasldor erkak hayvonlari bilan juftlanadi va (F2) I 
,bo„g„in chatishma hayvonlari olinadi, ular yana yaxshilovchi zot erkak nasldor 
hayvonlari bilan juftlanib(F3)III bo„g„in chatishma hayvonlar olinadi, bu jarayon 
qo„yilgan maqsadga binoan davom ettirilishi yoki talabga javob beradigan 
chatishma hayvonlar «o„z ichida» urchitiladi. 
Ushbu chatishtirish mobaynida yaxshilanuvchi zotga taalluqli bo„lgan 
hayotchanlik, kasalliklarga chidamlilik, konstitutsiyasining mustahkamligi, 
sharoitga yaxshi moslashishi kabi hislatlarni yo„qotib qo„ymaslikka harakat qilish 
kerak. 
Zotdorlik – chatishma hayvonni olishda qatnashgan zotlarning nisbati bilan 
belgilanadi.
Aniqlashda ota va onaning chatishma hayvon olishdagi tengligi inobatga 
olinadi.
Barcha chatishtirish natijasida dastlab I bo„g„in chatishma hayvonlar olinadi, 
hokazo.
 
Qon qo‘yish chatishtirishi. 
Ushbu chatishtirishning maqsadi zotni butunlay yangilash bo„lmasdan, uning 
alohida olgan bir xususiyatini yaxshilashdan iborat va zotning asosiy belgilari 
saqlanib qolinadi. Bu chatishtirish usulida belgisi yaxshilanuvchi zotga mos zavod 
erkak nasldor hayvonlari bilan 3-4 bo„g„in juftlanadi, natijada yaxshilovchi zot 
ta‟siri so„nadi. Kerak bo„lsa ushbu chatishtirish yana qaytarilishi mumkin. Jahonda 
ushbu usuldan ko„pchilik chorvachilik sohalarida foydalaniladi, otlarga sof zotli 
salt miniluvchi, go„shtdor qoramollarga shortgorn va gereford, sutdor mollarga 
golland, jundor qo„ylarga merinoslar qoni qo„yilgan. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə