Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


O’tadominantlik farazi geterozigot holatda



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   274
chorvachilik kitob

2. O’tadominantlik farazi geterozigot holatda
ko„plab genlar
allellarning o„zaro munosabati geterozis samarasini ta‟minlab(Aa), ya‟ni allel 
genlar o„zaro munosabati natijasi hisoblanadi. Inbridingda gomozigot holatda(AA 
va aa) genlar soni ortadi, u esa depressiyaga sabab bo„ladi. 
Geterozigotalik hayvonlarda har bir allel alohida ferment sintezini nazorat 
qiladi, ularning komplementar o„zaro bog„lanishi organizmda modda almashinuvini 


32 
kuchaytiradi; organizmning fiziologik imkoniyatlarini faollashtiradi, shu bois 
hayvonning chidamliligi ortadi. 
A.Shell (1912)
fikriga ko„ra geterozis samarasi hujayra yadrosi va 
sitoplazmani munosabatini o„zgarishi natijasida ro„y berib, ya‟ni genlar o„rtasida va 
ular «ishlaydigan» muhit munosabatlarini taranglashtiradi. U geterozis hodisasi 
o„sish va rivojlanishni kuchaytirishi, «o„zgargan yadro va o„zgargan sitoplazma» 
o„zaro munosabatida deb bilgan. 
I.6.Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish usullari. 
 
Urchitish usullari ilmiy asoslangan naslchilik tizimi bo„lib (turlar va zotlarni 
saylab olish, tanlash va juftlash, olingan yosh hayvonlarni o„stirish, voyaga yetgan 
hayvonlarni oziqlantirish va saqlash), kelib chiqishi mos hayvonlarni juftlash orqali 
aniq zootexnikaviy vazifalar bajarilishi tushuniladi. 
Qo„yidagi urchitish usullari mavjud: 
Sof zotli,
ya‟ni juftlanayotgan hayvonlar bir zotga mansub: ♀A x ♂A. 
Olingan hayvonlar sof zotli deyiladi. 
Chatishtirish, 
juftlanayotgan hayvonlar turli zotga mansub: ♀A x ♂B. 
Olingan hayvonlar I, II, III bo„g„in chatishmalar deyiladi. 
Duragaylash -
juftlanayotgan hayvonlar turli tur va turkumga mansub, 
olingan hayvonlar duragaylar deyiladi. 
 
Sof zotli urchitish. 
Urchitilayotgan zotni saqlash, takomillashtirish bilan yuqori mahsuldorlik va 
sharoitga moslashish hislatlarini saqlashdan iborat. Eng muhimi zotning asosiy 
genotipik va fenotipik ko„rsatkichlarini saqlash va avlodga yetkazish ko„zda 
tutiladi. Sof zotli urchitish o„zgaruvchanlik kuchini pasaytirib zotdagi hayvonlar 
bir xilligini , tana tuzilishi va mahsuldorligi bilan o„xshashligini ta‟minlaydi. Shu
bilan birga zotning tarkibiy qismlarga bo„linishi uning har xilligini ta‟minlaydi, zot 
ichidagi hayvonlar genotipik farq, fenotipik o„xshashlikka ega ekanligini yoddan 
chiqarmaslik kerak. 
Zotni takomillashtirish natijalari(toza urchitish omillari) qo„yidagilar bilan 
aniqlanadi: 
1.
Zot hayvonlarning soni va tarqalish hududlari; 
2.
Zot ichida sifatli guruhlar bo„lishi; 
3.
Hayvonlarni xolis va oqilona baholash; 
4.
Tanlash va juftlashni nafaqat fenotip, balki genotip bo„yicha ham olib 
borish; 
5.
Yosh qoramollarni me‟yorda va maqsadli o„stirish. 
Sof zotli urchitishning eng mukammal xili zavod zotlarini 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə