Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   274
chorvachilik kitob

II.1. 
Oziqalar to‘yimligi 
Hayvon organizmining oziqlanishi – uning morfologik va funksional 
o„zgarishining omili hisoblanadi. Bu ta‟rif Ch.Darvinniki bo„lib keyinchalik 
fiziologlar va zootexniklar tomonidan tasdiqlangan.
I.P.Pavlov tajribalari natijasida turli oziqalarning hayvon oshqozon – ichak 
tizimi va ovqat hazm qilish fermentlarining faolligiga ta‟siri ochib berilgan. 
Hayvonlar ovqat hazm qilish tizimini shakllanishida oziqalar muhim o„rin 
tutadi. N.P.Chirvinskiy ma‟lumotlariga qaraganda qo„zilar onasidan ajratilgandan 
keyin faqat dag„al oziqalar bilan oziqlantirilganda ichaklari tanasiga nisbatan 44-51 
marta, yem qo„shib oziqlantirganda esa faqat 33-38 marta uzun; oshqozon hajmi 1 
kg tirik vaznga 800-900 va 270 ml ni tashkil etgan. 
Oziqlantirish ta‟sirida qon aylanish, nafas a‟zolari rivojlanib, hajmli 
oziqalarni ko„p iste‟mol qilgan hayvonlar ko„kragi yaxshi rivojlanib, qorni hajmli, 
yonbosh do„ngliklari orasi keng, tanasi uzun bo„lishi qayd etilgan. 
Oziqlantirish organizmda modda almashinuv jarayonlariga ta‟sir etib sog„lom 
bo„lish va yuqori mahsulot sifatini ta‟minlaydi. 
Yetarli oziqlanmagan hayvonlarda 
har doim har xil yuqumsiz kasalliklar 
ko„zgalishi xavfi mavjud, hamda uning 
mahsuldorligini kamaytirib, xo„jalikda 
foydalinish davomiyligini qisqartiradi. 
Oziqlantirish hayvonlarning o„sish 
va rivojlanishi, vazni va mahsuldorligini 
ta‟minlaydi.(rasm) 
To„la qiymatli oziqalantirmaslik 
hayvonning o„sish va rivojlanishiga 
salbiy ta‟sir etadi, hayvonlar tanasi 
yaxshi rivojlanmay, ensiz, kalta, sayoz 
bo„lishi natijasida mahsuldorligi past 
bo„ladi. Bejiz akademik M.I.Ivanov 
«oziqa 
va 
oziqlantirish 
hayvon 
organizmiga uning zoti va kelib 
chiqishiga 
nisbatan 
ko„proq ta‟sir 
ko„rsatadi » deb aytmagan. 
Hayvon organizmida modda almashinuvi tashqi muhitdan qabul qilgan oziqa, 
suv va havo ishtirokida ro„y beradi. 
Tashqi muhitdan hayvon qabul qilib olgan oziqalar uning organizmida fizik va 
bioximik o„zgarishlarga uchraganidan keyin bir qismi o„zlashtirib olinadi, qolgan 
qismi tezak, siydik, ichak gazlari va nafas bilan chiqariladigan karbonat angidrid 
gazi bilan chiqib ketadi. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə