Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   274
chorvachilik kitob

 
Sanoat chatishtirishi. 
Ushbu chatishtirishning maqsadi kelgusida urchitish ko„zda tutilmagan 
mahsuldor, chidamli(geterozis hodisasi) go„shtdor hayvonlar olishdan iborat. 
Chatishtirish uchun albatta monand zotlar tanlab olinadi. M: broyler jo„jalari olish 
uchun plimutrok va kornish zotlari tanlangan. 
Barcha olingan chatishma hayvon va parrandalar to„liq go„sht uchun 
o„stiriladi. 
Bu usulni go„shtdor qoramolchilikda qo„llash 15% gacha go„shtni 
ko„paytirish va 10-15% oziqa sarfini kamaytirish imkonini beradi. 
Cho„chqachilikda 3 zotlik chatishmalar olish ijobiy natijalar beradi: yirik oq 
x
Shimoliy Kavkaz 
x
Landras. Bunday chatishma cho„chqalar ikki zotliklariga 
nisbatan ayrim ko„rsatkichlari bo„yicha ustun turadi. 
 
Duragaylash.
Duragaylash – yangi zotlar yaratish, xo„jalikda foydalanish uchun hayvonlar 
olishda qo„llaniladi. Shu yul bilan Qozog„istonda arxaromsrinos, AQSh da santa –
gertruda(shortgorn x zebu), Tojikistonda shvis zebusimon zotlari yaratilgan. 


36 
Zebu bilan qoramollardan olingan duragaylar pushtdor bo„ladi. Shuningdek 
bir va ikki urkachli tuyalar duragaylari ham pushtdor. 
Duragaylarning pushtdor bo„lishi yoki ba‟zi turlarni duragaylash imkoni 
yo„qligini ayrim biologlar qo„yidagicha tushuntiradilar: 
1. Chatishtiriladigan hayvonlarning xromasomalar yig„indisini monand 
emasligi, S.Makino 1963 yilda otda-64, eshakda-62, xachirda-63 xromasoma 
borligini aniqlagan. 
2. Ona va homilaning mos emasligi(antigenlar, fermentlar, gormonlar va 
boshqa oqsillar) - embrion o„limi; 
3. Tuxum hujayrasi sitoplazmasini urug„ hujayrasi yadrosi bilan monand 
bo„lmasligi – imun pushtsizlik; 
4. Urug„ hujayrasi antigenlarini urg„ochi hayvon qoni va jinsiy a‟zolarini 
suyuqligi bilan monand bo„lmasligi; 
5. Xromasoma-gomologlarda xromosoma qismlarining bo„lmasligi. 
Qoramollar qutoslar bilan duragaylanganda IV bo„g„in erkak hayvonlari 
pushtdor bo„ladi. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə