Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   274
chorvachilik kitob

Amidlar, 
bular organik va mineral azotli birikmalar bo„lib, erkin 
aminokislotalar, aminokislotali amidlar, ammoniy tuzlari, nitritlar va nitratlar 
holida uchraydi.
Amidlar o„simliklarning yosh paytida ko„proq bo„ladi, ular ildizmevalarni 
uzoq saqlaganda amidlar nisbati ortadi; ular 40-60% o„simliklarni silosda va 
kovshovchi hayvonlar katta hornida ovqat hazm bo„lishda parchalanib ketadi. 
Azotli, oqsil bo„lmagan moddalarning turli qishloq xo„jalik hayvonlariga 
ahamiyati bir xilda emas. Hayvonlar asosan aminokislota va aminokislota 
amidlarini o„zlashtirishadi; amid; nitrit va nitratlar cho„chqa va parranda 
organizmida azot manbai bo„lib xizmat qiladi, agar u me‟yordan oshsa ularni 
zaharlashi mumkin, bu hol kovshovchi hayvonlar uchun esa uncha xavfli emas. 


49 
Proteinlar me‟yordan ko„p organizmga tushsa, energiya manbai sifatida 
foydalaniladi. 
Azotsiz moddalar –
o„simlik ozuqalarning asosiy qismini tashkil qiladi. 
Azotsiz moddalarning fiziologik vazifasi modda almashinuvi jarayonlarini energiya 
bilan, yog„lar shaklida organizmlarni qurilish moddasi bilan ta‟minlashdan iborat. 
Ozuqa azotsiz moddalari uglevodlar va yog„larga bo„linadi. 
Yog„lar va lipidlar tabiatda trigliserid va yog„ kislotalaridan iborat. Ular 
hujayra membranasi va kobig„ining tarkibiy qismi hisoblanadi, hamda hujayraga 
tuyimli moddalarni kirishi va qoldiqni chiqarish vazifasini bajaradi. 
Yog„lar asosiy energiya manbai bo„lib uglevodlarga nisbatan 2,25 marta 
yuqori turadi. 
O‟simlik moylari triolein va gleseridlardan, ular xona haroratida suyuq bo„lib 
10-15 ºS qotib qoladi. 
Oziqalarda yog„lar turli miqdorda uchraydi: urug„ va donda poyaga nisbatan 
ko„proq bo„ladi; ildiz va tuganak mevalarda yog„ qariyib yo„q; boshoqli donlarda 
1-2%, makkajo„xori va sulida 5-6%, yog„li ekinlar donida 30-40% tashkil etadi. 
Yog„lardan tashqari lipidlar-fosfatidlar(lesitin), fitosterinlar o„simlik va 
holesterin hayvon yog„larida uchraydi. 
Hayvon tanasida yog„ 3-4% dan 40-50% tashkil etadi. 
Oziqa oqsili va uglevodidan har bir hayvonga xos yog„ hosil bo„ladi, o„simlik 
moyi va baliq yog„idan esa hayvonning o„ziga xos bo„lmagan, o„simlik moyi 
xususiyatlariga ega yog„ hosil bo„ladi. Shu boisdan hayvon mahsulotlarining sifati 
oziqalar tarkibidagi o„simlik va hayvon yog„larining nisbatiga bog„liq. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə