Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   274
chorvachilik kitob

Oqsilsiz moddalar. 
Kovshovchilarning old qorinlarida faoliyat ko„rsatuvchi 
achitqi va bakteriyalar ureaza fermenti yordamida mochevinani parchalab, 
uglevodlar yetarli bo„lsa aminokislota va mikrob oqsiliga aylantiriladi. 
Kovshovchilar ratsionida protein yetishmasa ma‟lum miqdorda ular ratsioniga 
ammiakli birikmalar qo„shiladi. Oziqalar tarkibida uchraydigan 25-30% azotni azot 
tuzlari bilan almashtirish mumkin. Azotning yaxshi hazm bo„lishi uchun 1 qism 
azotga oziqada 20 qism qand va kraxmal bo„lishi talab qilinadi. 
Kovshovchilar oqsilsiz azotli birikmalar yedirilganda, 1 g mochevina-2,6 g, 1 
g sulfat ammoniy-1,2 g, diammoniy fosfat-1,2 g, mochevina fosfati-1 va 1 g 
ammoniy bikarbonat 0,95 g hazmlanuvchi protein. 
Ratsion energiya, uglevod, yog„, mineral moddalar va vitaminlar bilan 
tenglashtirilmasa oqsilsiz ammoniyli birikmalarini yedirish ko„p hollarda 
hayvonlarni ammiak bilan zaharlanishiga sabab bo„lishi mumkin. 


56 
Yozda yosh ko„k o„tlar azotning oqsilsiz shakli bilan to„yingan bo„ladi(erkin 
aminokislotalar, nitritlar, nitratlar), shu bois ushbu faslda azotli qo„shimchalar 
berish maqsadga muvofiq emas. 
Oziqalarda, oqsillar bilan ularning oraliq moddalari proteinlarda nitritlar, 
nitratlar, organik kislotalarning ammoniy tuzlari; aminokislota aminlari holida, 
erkin amimnokislotalar shaklida uchratish mumkin. Erkin aminokislotalar ko„k 
o„tda, silosda, lavlagi va kartoshkada ko„p uchraydi. Erkin aminokislotalarning 
protein tarkibida bo„lishi uni oson hazm bo„lishini ta‟minlaydi, so„rilishi va 
almashinuv jarayoniga ijobiy ta‟sir etadi; kovshovchilarda esa old oshkoqonda 
erkin aminokislotalar bakteriya va infuzoriyalar oqsiliga aylanadi. 
Hayvonlar oqsil almashinuvida azotning oddiy birikmalari bo„lgan nitritlar, 
nitratlar va ammiakni oson hazm bo„lsa ham to„g„ridan-to„g„ri o„zlashtirib 
ololmaydilar. Kovshovchilardagina yetarli qand bo„lganda oshqozon mikroflorasi 
bu moddalardan aminokislota va oqsillar hosil qiladi. 
Qo„ylar sigirlarga nisbatan ratsionda nitratlarning yuqori bo„lishiga ancha 
chidamli. 
Qo„ylar ratsioni nitratlar bilan boyitilishi, hamda ularga donli yoki boshqa 
uglevodli oziqalar berish ularning serpushtligiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Kasal buzoqlar salomatligiga nitratlar salbiy ta‟sir ko„rsatadi, shuningdek 
cho„chqa bolalarining semirishi pasayib, jo„jalar o„lishi mumkin. 
Oziqalar nitrat va nitritlari siloslash davomida parchalanadi. 
Shuning uchun turli xil hayvonlarni ularning biologik xususiyatlarini inobatga 
olib har xil oziqalar proteinidan samarali foydalanishi uchun ratsion energiya, 
protein, aminokislotalar, vitamin va mineral moddalar bilan tenglashtirilishi shart. 
Parrandachilik va cho„chqachilikda sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan 
oqsilsiz oziqa qo„shimchalaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə