Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   274
chorvachilik kitob

Makroelementlar –
hayvon me‟yorda yashashi uchun zarur mineral moddalar, 
ular mikroelementlarga qaraganda ko„proq talab etiladi. 
Kalsiy.
Barcha mineral moddalarga nisbatan hayvon tanasida ko„proq 
uchraydi; 99% kalsiy skelet va tishda bo„ladi; suyak kuli 38% kalsiy, 17% fosfor va 
1% magniydan iborat. Suyak tarkibi bir xil bo„lmay organizmga mineral moddalar 
tushishi va vitamin D ga bog„liq. 
Yosh organizmda kalsiy, fosfor yoki vitamin D yetishmasa suyaklashish 
yaxshi kechmaydi, raxit ro„y beradi; suyaklar qiyshayadi, bo„g„inlar yiriklashadi; 
voyaga yetgan hayvonlarda suyaklar yumshoqlashadi – osteomolyasiya hodisasi 
bo„ladi. Ko„pincha mineral moddalar almashinuvining buzilishi sersut sigirlarda 
uchraydi; oxirgi dum umurtqalari yumshaydi yoki butunlay yo„qolib ketadi, tishlari 
qimirlab qoladi. 
Sersut sigirlar paraqalqon bezi faoliyati buzilishi u ishlab chiqaradigan 
gormonlar suyakdan kalsiy va fosforning chiqishini kuchaytiradi va tuqqandan 
tug„im parezi kasalligiga duchor bo„ladi; qonda kalsiy keskin kamayib ketadi, sigir 
qaltiraydi, ba‟zan xushi ketib, shol bo„lib qoladi. 
Mineral moddalar almashinuvining buzilishi tovuqlar suyagi va 
tumshug„ining yumshashi, oyoqlar qiyshayishi, tuxum po„stlog„ining yuqalashishi 
va tuxum mahsuldorligi pasayishiga sabab bo„ladi. 
Kalsiy manbai bo„lib ko„k o„tlar, ayniqsa dukkakli o„tlar va suyakka boy 
hayvonot oziqalari – baliq, suyak, go„sht-suyak uni, va sut hisoblanadi. 
Amalda qishloq xo„jalik hayvonlariga mineral oziqa qo„shimchasi sifatida 
bo„r, maydalangan oxaktosh, dikalsiyfosfat beriladi. 
Mineral qo„shimchalarni yedirishda organizmga tushayotgan kalsiy va fosfor 
nisbatiga e‟tibor berish kerak, aks holda xunuk oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Hayvonlar ratsionida kalsiyning fosforga nisbati 1,2-2:1 ga bo„lish ma‟qul. 
Fosfor. 
Tananing 80% fosfori suyaklar va tishda bo„ladi; qolganlari 
fosfoproteinlar, nuklein kislotalar va fosfolipidlar tarkibida bo„ladi. U uglevod va 


58 
energiya almashinuvida muhim o„rin tutadi, hamda geksozafosfatlar va 
adenozinfosfatlar tarkibiga kiradi. 
Fosfor almashinuvi kalsiy almashuvi bilan bog„liq ya‟ni uning yetishmasligi 
yosh hayvonlarda raxit, voyaga yetganlarida osteomolyasiya kasalligini keltirib 
chiqaradi. Fosfor yetishmasligi,bo„g„inlar qisirlaydi, muskullar bo„shashadi, o„sish 
sekinlashib, sut mahsuldorligi pasayadi; fosfor yetishmasligining belgisi ishtahani 
yo„qolishi: hayvon yog„och, suyak va lattalarni va yeb bo„lmaydigan narsalarni 
chaynaydi. Shuningdek fosfor yetishmasligini qonda uning me‟yorini
kamayishidan bilsa bo„ladi. 
Qoramollarda fosfor yetishmasligi yem oziqalarni kam iste‟mol qilganda ro„y 
beradi, qo„ylarda bu hol kam kuzatiladi, chunki yaylov o„tlari tarkibida fosfor ko„p. 
Fosforga sut, boshoqli donlar, baliq va suyak uni boy hisoblanadi; pichan va 
somonda fosfor kam. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə