Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   274
chorvachilik kitob

Uglevodlar.
O‟simlik quruq moddasining qariyib 75% ni tashkil qiladi.
Uglevodlar hujayra suyuqligida qant, plastidlarda-kraxmal, hujayra kobig„ida esa 
kletchatka gemiosellyuloza va pektin moddalar holida uchraydi. O‟simlik hujayrasi 
qarishi bilan uning kobig„ida lignin moddasi ko„payadi. Hayvon organizmida 
uglevodlar juda kam (1%) uchrab glyukoza va glikogen holida bo„ladi. Uglevodlar 
organizmda energiya manbai vazifasini o„taydi, ortib qolganlari jigar va
muskullarda kraxmal-glikogen sifatida zahiraga aylanadi. 
Hayvon mahsulotlaridan faqat sutda uglevod ko„p bo„lib 4-7,0% tashkil etadi. 
Xom kletchatka
turli moddalar aralashmasi: sellyuloza, pentozan, geksazan, 
lignin, kutin, subirin va kamgina azotli, hamda mineral tarkibidan iborat; o„simlik 
hujayralari bir-biri bilan pektin yordamida yopishadi. Xom kletchatkaning 
kimyoviy tarkibi o„simlik yoshligida sellyulozadan, yoshi kattayishi bilan hujayra 
qobig„i 
qalinlashib 
lignin 
va 
pentozan 
ortadi. 
Kletchatkaning 
daraxtlashishi(dag„allashishi) o„simliklar poyasida barglariga nisbatan kuchli 
kechadi, kletchatka ildizmevalarda kam dag„allashadi. 
Oziqalardan eng ko„p kletchatka somonda bo„lib 40-45% ni, ildizmevalarda 
bor-yug„i 0,4-2 % ni tashkil qiladi. 


50 
Kletchatkaning oziqada ko„pligi uning tuyimligi pastligidan dalolat, bunday 
oziqalardan oshqozonda mikroorganizmlar to„yimli moddalarni osonlikcha iste‟mol 
qila olmaydi. 
Azotsiz ekstrativ moddalar
(AEM) – unga oziqaning yog„ va xom 
kletchatkadan tashqari barcha azotsiz qismi kiradi, ular kraxmal,qand va 
pentozalardir. 
Kraxmal-
o„simliklar zaxira moddasi bo„lib don, meva va ildizmevalar quruq 
moddasining 60-70% tashkil qiladi. Kraxmal poya va barglarda kam 2% atrofida 
uchraydi. Kraxmalning bir turi-inulin-ko„p miqdorda yer nokida uchraydi. Hayvon 
kraxmali-glikogen jigarda to„planib uning og„irligini 4% gacha tashkil qilishi 
mumkin. 
Qand 
o„simliklarda 
monosaxaridlar (glyukoza va fruktoza) va 
disaxaridlar(maltoza va shakar qamishi) holida uchraydi. 
Qand,qand lavlagi, sabzi va oq juxorida 22% gacha to„planishi mumkin. 
Hayvonlarda yagona qand vakili-laktoza hisoblanadi. 
Pentozanlar 
– kletchatka hosil bo„lishida oralik vazifani bajaradi, shuning 
uchun azotsiz ekstrativ moddalar, dag„al xashak va somonda uchraydi. 
Oziqalar tuyimli moddalar manbai bo„lib, ba‟zilari proteinga boy bo„lsa, 
boshqalari esa azotsiz ekstrativ moddalarga boy bo„ladi. 
Oziqalarning kimyoviy tarkibi ularning tuyimliligiga asos bo„ladi, unga qarab 
hayvonlarga yedirish imkoniyatlari tug„iladi. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə