50
Kletchatkaning oziqada ko„pligi uning tuyimligi pastligidan dalolat,
bunday
oziqalardan oshqozonda mikroorganizmlar to„yimli moddalarni osonlikcha iste‟mol
qila olmaydi.
Azotsiz ekstrativ moddalar
(AEM) – unga oziqaning yog„ va xom
kletchatkadan tashqari
barcha azotsiz qismi kiradi, ular kraxmal,qand va
pentozalardir.
Kraxmal-
o„simliklar zaxira moddasi bo„lib don, meva va ildizmevalar quruq
moddasining 60-70% tashkil qiladi. Kraxmal poya va barglarda kam 2% atrofida
uchraydi. Kraxmalning bir turi-inulin-ko„p miqdorda yer nokida uchraydi. Hayvon
kraxmali-glikogen jigarda to„planib uning og„irligini 4%
gacha tashkil qilishi
mumkin.
Qand
o„simliklarda
monosaxaridlar (glyukoza va fruktoza) va
disaxaridlar(maltoza va shakar qamishi) holida uchraydi.
Qand,qand lavlagi, sabzi va oq juxorida 22% gacha to„planishi mumkin.
Hayvonlarda yagona qand vakili-laktoza hisoblanadi.
Pentozanlar
– kletchatka hosil bo„lishida oralik vazifani bajaradi, shuning
uchun azotsiz
ekstrativ moddalar, dag„al xashak va somonda uchraydi.
Oziqalar tuyimli moddalar manbai bo„lib, ba‟zilari proteinga boy bo„lsa,
boshqalari esa azotsiz ekstrativ moddalarga boy bo„ladi.
Oziqalarning kimyoviy tarkibi ularning tuyimliligiga asos bo„ladi, unga qarab
hayvonlarga yedirish imkoniyatlari tug„iladi.
Dostları ilə paylaş: