47
2.1.1.Tasvir
Ozuqalar va hayvon tanasi kimyoviy tarkibining tasviri
(V.N. Bakanov va V.K. Menkin bo‘yicha).
Suv-
ozuqa va hayvon hujayrasining tarkibiy qismi hisoblanib; u kechadigan
barcha modda almashinuvi va biokimyoviy jarayonlarda qatnashadi. Yosh
organizmda modda almashinuvi
jarayonlari jadal kechadi, shuning uchun suv
ko„proq talab qilinadi.
Suv tanada qondan tortib barcha suyuqliklarning tarkibiga kiradi.
Hayvon
tanasining yarmi suvdan iborat, uning miqdori yangi tug„ilgan
hayvonlarda 80% bo„lsa, voyaga yetganida 50-60 % ni tashkil qiladi, tana
semirishi bilan suv miqdori kamayib yog„ nisbati ortib boradi.
Turli ozuqalarda 5% dan 95% gacha suv bo„ladi.
Uning miqdori pichan,
somon, yemda kam bo„lib, ko„k va shirali oziqalarda yuqori bo„ladi.
Hayvonlarni suvga bo„lgan talabining bir qismi oziqalar tarkibidagi suv
hisobiga qondiriladi.
Uy hayvonlarining turi va fiziologik holatiga qarab ichimlik suviga bo„lgan
talabi turlicha bo„ladi: 1 kg ozuqaning quruq moddasi hisobiga cho„chqalar 7-8,
qoramollar 4-7, qo„ylar 2-3, tovuqlar 1-1,5 l suv sarflaydilar.
Ozuqalar quruq
moddasi mineral va organik qismlardan tashkil topgan,
mineral moddalarga-
kalsiy, fosfor, magniy, kaliy, temir, mis, kobalt va boshqalar, organik moddalar esa
protein, yog„, kletchatka,AEM va ayrim vitaminlar kiradi.
Mineral moddalar
hayvonning barcha a‟zo va to„qimalarining, shuningdek
chorva mahsulotlarinining tarkibiy qismiga kiradi. Ayniqsa ular yosh hayvonning
o„sish va rivojlanishi, voyaga yetgan hayvonlarni pushtdorligini oshirishga xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: