|
Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevichchorvachilik kitobII.1.
Oziqalar to‘yimligi
Hayvon organizmining oziqlanishi – uning morfologik va funksional
o„zgarishining omili hisoblanadi. Bu ta‟rif Ch.Darvinniki bo„lib keyinchalik
fiziologlar va zootexniklar tomonidan tasdiqlangan.
I.P.Pavlov tajribalari natijasida turli oziqalarning hayvon oshqozon – ichak
tizimi va ovqat hazm qilish fermentlarining faolligiga ta‟siri ochib berilgan.
Hayvonlar ovqat hazm qilish tizimini shakllanishida oziqalar muhim o„rin
tutadi. N.P.Chirvinskiy ma‟lumotlariga qaraganda qo„zilar onasidan ajratilgandan
keyin faqat dag„al oziqalar bilan oziqlantirilganda ichaklari tanasiga nisbatan 44-51
marta, yem qo„shib oziqlantirganda esa faqat 33-38 marta uzun; oshqozon hajmi 1
kg tirik vaznga 800-900 va 270 ml ni tashkil etgan.
Oziqlantirish ta‟sirida qon aylanish, nafas a‟zolari rivojlanib, hajmli
oziqalarni ko„p iste‟mol qilgan hayvonlar ko„kragi yaxshi rivojlanib, qorni hajmli,
yonbosh do„ngliklari orasi keng, tanasi uzun bo„lishi qayd etilgan.
Oziqlantirish organizmda modda almashinuv jarayonlariga ta‟sir etib sog„lom
bo„lish va yuqori mahsulot sifatini ta‟minlaydi.
Yetarli oziqlanmagan hayvonlarda
har doim har xil yuqumsiz kasalliklar
ko„zgalishi xavfi mavjud, hamda uning
mahsuldorligini kamaytirib, xo„jalikda
foydalinish davomiyligini qisqartiradi.
Oziqlantirish hayvonlarning o„sish
va rivojlanishi, vazni va mahsuldorligini
ta‟minlaydi.(rasm)
To„la qiymatli oziqalantirmaslik
hayvonning o„sish va rivojlanishiga
salbiy ta‟sir etadi, hayvonlar tanasi
yaxshi rivojlanmay, ensiz, kalta, sayoz
bo„lishi natijasida mahsuldorligi past
bo„ladi. Bejiz akademik M.I.Ivanov
«oziqa
va
oziqlantirish
hayvon
organizmiga uning zoti va kelib
chiqishiga
nisbatan
ko„proq ta‟sir
ko„rsatadi » deb aytmagan.
Hayvon organizmida modda almashinuvi tashqi muhitdan qabul qilgan oziqa,
suv va havo ishtirokida ro„y beradi.
Tashqi muhitdan hayvon qabul qilib olgan oziqalar uning organizmida fizik va
bioximik o„zgarishlarga uchraganidan keyin bir qismi o„zlashtirib olinadi, qolgan
qismi tezak, siydik, ichak gazlari va nafas bilan chiqariladigan karbonat angidrid
gazi bilan chiqib ketadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|