|
Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevichchorvachilik kitob
II BOB
QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI OZIQLANTIRISH
Ozuqalar- hayvonlarning turli tuyimli va mineral moddalarga bo„lgan talabini
qondirib, ularning sog„ligi, hamda mahsuloti sifatiga salbiy ta‟sir qilmasligi lozim.
Ozuqalar hayvonlar mahsuldorligi, serpushtligi va salomatligida o„z aksini
topadi.
Hayvonlar mahsuldorligini 70% ozuqalarga bog„liq. Shuning uchun har bir
xo„jalikda mo„l-ko„l yem-xashak bazasini yaratish hayvonlardan yuqori mahsulot
olish garovi hisoblanadi.
O‟zbekistondagi fermer xo„jaliklarida 1 bosh shartli qoramol uchun 3500-
4000 ozuqa birligi tayyorlash, chorva hayvonlarini to„kis ozuqalar bilan ta‟minlash
imkoniyatini yaratib beradi.
Buning uchun har bir xo„jalikda yil boshida hayvonlarning ozuqalarga
bo„lgan talabi aniqlanib, shu asosda oziqa ekinlari joylashtiriladi.
Oziqa ekinlarining yangi tur, navlarini joriy qilish, xashaki ekinlarni
o„stirishning yangi texnologiyalaridan foydalanish natijasida har gektar yerdan 100-
150 s oziqa birligi yetishtirish choralarini ko„rish kerak.
O‟zbekistonda sug„oriladigan yerlarning chegaralanganligi oqibatida yem-
xashak ekinlari uchun yetarli maydonlar ajratishning imkoniyati yo„q, shuning
uchun ko„proq oziqalarni oraliq va takroriy ekinlar hisobiga yetishtirish taqozo
etadi, ularning har gektaridan 250-300 s hosil olsa bo„ladi.
Asosiy xashaki ekinlar bedadan pichan holida 100-150 s, makkajo„xori poya
hisobida 300-400 s, lavlagidan 400-500 s hosil olish talab etiladi.
Tayyorlangan oziqalarni o„z vaqtida yig„ishtirish, tashish, saqlash ularning
sifatiga ta‟sir ko„rsatadi, buning uchun har bir oziqani ko„rsatilgan yuriqlar asosida
saqlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Yem-xashaklarni yedirishdan oldin hayvonlarga tayyorlab berish ulardan
samarali foydalanishning muhim omilidir.
Qishloq xo„jalik hayvonlariga talab qilinadigan ozuqa me‟yorlari:
Sigirlarning mahsuldorligi
3000 kg bo„lganda-42 s ozuqa birligi;
4000 kg bo„lganda-47 s ozuqa birligi;
5000 kg bo„lganda-60 s ozuqa birligi.
42 s oziqa birligi quyidagi oziqalardan tashkil topadi: pichan-1,4 t, somon-1,5
t, senaj-1,9 t, silos-2,4 t, ko„q ut-6,6 t, yem ozo„qalar 870 kg.
1 bosh qo„yga 1 yilga 5,0 s oziqa birligi; 1bosh otga yiliga 30 s oziqa birligi;
1 bosh tuyaga bir yilga 27 s oziqa birligi; 1 bosh urg„ochi cho„chqaga 15 s oziqa
birligi talab etiladi.
|
|
|