46
Hayvon qabul qilib olgan to„yimli moddalar
organizmda energiya manbai,
ya‟ni tana haroratini saqlab turish uchun, a‟zo va to„qimalar hosil bo„lishi,
mahsulot ishlab chiqarishi, hamda modda almashinuvi
uchun zarur suyuqliqlarga
sarflanadi.
Oziqalar tuyimligi umumiy yoki energetik, oqsil yoki protein,
mineral va
vitamin tuyimliliklarga bo„linadi.
Hayvonlar turi, yoshi, mahsuldorlik yo„nalishi, mahsuldorligiga qarab tuyimli
moddalarga talabi o„zgarib turadi, shu boisdan oziqalar tuyimliligi oziqa va
organizm munosabatida hayvon fiziologik holati
va mahsuldorligiga qarab
belgilanadi.
Oziqalar kimyoviy tarkibini bilish asosida uning tuyimli moddalarining
hayvon mahsulotlariga aylanishi, ularning hazm bo„lishi
va tuyimli moddalarni
o„zlashtirib olishga bog„liq.
Oziqalarning kimyoviy tarkibi.
Turli turdagi hayvonlar har xil oziqalarni iste‟mol qiladilar, ular asosan
o„simlik va hayvonot dunyosidan olinadi.
Oziqalar tarkibida ko„plab
elementlar uchraydi, ularning asosiylari bo„lib
uglerod, vodorod, kislorod va azot hisoblanadi. O‟simliklar quruq moddasining
45% uglerod, 42% kislorod, 6,5% suv, 1,5% azot va 5%
mineral moddalardan
tashkil topgan. Hayvon tanasi esa 63% uglerod, 14% kislorod, 9,5% vodorod, 5%
azot va 8,5 % mineral moddalardan iborat.
XIX asr 60 yillarida barcha oziqalar kimyoviy tarkibi aniqlangan bo„lib,
keyinchalik vitaminlar aniqlangan. Oziqa tarkibiga kiruvchi xom protein, xom
yog„, xom kletchatka, azotsiz ekstrativ moddalar tarkibi to„liq tahlil qilingan.
2.1.1.Jadval
Ozuqalar va hayvon tanasi quruq moddalarining kimyoviy tarkibi
(A.P.Dmitrochenko bo‘yicha)
ozuqa
Hayvon tanasi
Ko„k
beda
Makka
doni
pichan
buqa
Cho„chqa
tovuq
Suv
77,8
13,0
14,3
54,0
58,0
56,0
Quruq modda
22,2
87,0
85,7
46,0
42,0
44,0,
Protein
16,6
10,1
11,3
32,6
35,7
47,7
Yog„
4,0
4,5
2,9
55,2
55,2
40,9
Kletchatka
22,5
2,2
30,7
-
-
-
AEM
47,9
81,6
47,9
2,2
2,5
1,6
kul
8,6
1,6
7,2
10,0
6,6
9,8
Hamma oziqalar suv va quruq moddalardan iborat.
Dostları ilə paylaş: