Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274
chorvachilik kitob


разделов, 
разведения 
и 
кормления 
сельскохозяйственных животных, скотоводство, овцеводство, коневодство, 
свиноводство, птицеводство и переработка продуктов животноводства. 
Учебное пособие написан на латинском шрифте, понятном языке и 
включает в себе контрольные вопросы, тестовые задания, задачи для 
самостоятельной работы и усвоению материалов. 
Учебным пособием могут пользоваться в фермерских, дехканских и 
личных подсобных хозяйствах. 
Annotation 
The manual
has been prepared for
undergraduate
higher education institutions in 
areas of
gardening
5621100

agrochemical
and 
soil science 5620100

plant 
breeding and seed-growing
5620400
,
agroeconomics 5340100
,
accounting and 
auditing 5340900

Textbook
can be
used in
farming a
nd 
subsidiary farming. The 
manual
assembled in
compliance
with the standard
program
and 
consists
of the 
following sections

breeding and
feeding
of farm animals,
cattle
, sheep, horse, 
pig

poultry farming 
and processing of
livestock products.
Sections
include the 
breeding
of farm animals
, feed 
and feeding
of farm animals
, technology, 
animal 
production
and processing
.
The manual is written
in the Latin
font,
plain 
language
and includes
quizzes
, tests, 
assignment
for self-study
and assimilation 
of
material. 



KIRISH
 
CHORVACHILIKNING HOLATI VA RIVOJLANISHI. 
Chorvachilik qishloq xo„jaligining ajralmas bir qismi bo„lib, xalq xo„jaligida 
alohida ahamiyat kasb etadi. 
Chorvachilikdan insonlar uchun zarur oziq-ovqat bo„lgan sut, go„sht va tuxum 
mahsulotlari olinadi. Bu ko„rsatkich orqali mamlakat aholisining farovonligi haqida 
fikr yuritish mumkin. 
Bundan tashqari chorvachilik sanoat uchun xomashyo manbai hisoblanadi. 
Ularga jun, teri, barra teri, shox, tuyoq va boshqa mahsulotlar kiradi. 
Chorva hayvonlari va parrandalari chiqindilari mahalliy ug„it sifatida yer 
unumdorligini oshirishda beqiyos o„rin tutadi. Masalan: bir sigirdan bir yilda 
olingan gung bilan 1ga yerni mahalliy ug„itga bo„lgan talabini qondirish mumkin. 
Shu boisdan chorvachilikning asosiy vazifasi chorvachilik mahsulotlarini 
ko„paytirish evaziga xalqning oziq-ovqat, sanoatni esa xomashyo bilan 
ta‟minlashdan iboratdir. Buning uchun tabiiy oziq-ovqat zonasining barcha 
xalqalarini mustahkam bog„lanishiga erishish kerak. Bu zanjir tuproq – o„simlik – 
o‟git -hayvon – odamdan iborat bo„lib, doimo fan va texnika yangiliklariga muhtoj. 
Qishlok xo„jalik – dehqonchilik va chorvachilik sohalari bir-biri bilan uzviy 
bog„lik bo„lib, bir-birini tuldiradi, ular bir-birisiz ijobiy natijalarga hech qachon 
erishaolmaydilar. 
Tabiiy manbaalar va ekilgan yerlardan olingan mahsulotlarning 75 % inson 
to„gridan-to„gri iste‟mol qila olmaydi, Shuning uchun ularni albatta qishloq 
xo„jaligi hayvonlari va parrandalarining tanasi orqali o„tkazilib sut, go„sht, tuxum 
kabi noyob mahsulotlar olinadi. 
O„z navbatida hayvonlar va parrandalar iste‟mol qilgan oziqalari tarkibidagi 
40 % organik va 70 % mineral moddalarni tanasiga singdira olmay tashqi muhitga 
chiqarib yuboradilar, Bu chiqindilar gung sifatida tuproqdagi mikroorganizmlar 
uchun oziqa bo„lib, uning unumdorligini oshirishda asosiy omil bo„lib qoladi. 
Mustaqil O„zbekiston xalq xo„jaligining ajralmas qismi, qishloq xo„jaligining 
rivojlanishi, xalqimiz farovonligini ta‟minlashda alohida o„rin tutadi. 
Bu borada mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov qishloq xo„jaligida tub 
islohotlarni o„tkazishda sobitqadamlik bilan olib borayotgan siyosati, qishloq 
xo„jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko„paytirishda bosh omil bo„lmoqda. 
Prezidentimiz I.A.Karimovning bu boradagi farmonlari va Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari bu sohadagi islohotlarni bosqichma-bosqich olib 
borishning imkoniyatlarini ochib berdi. 
O„zbekiston Oliy Majlisining 1 chaqirik X sessiyasida mamlakat Prezidenti 
I.A.Karimovning «Qishloq xo„jaligida islohotlarni chuqurlashtirish serobchilik 



manbai» mavzusida qilgan ma‟ruzasida qishloq xo„jaligining yosh mustaqil davlat 
iqtisodi va siyosatidagi ahamiyatiga bafurja to„xtab o„tdilar. 
O„zbekistonda umumiy aholining 49 % qishloq xo„jaligi bilan bog„liqligi bu 
sohaning dolzarbligidan dalolat beradi. Bundan tashqari Prezidentimiz qishloq 
xo„jaligida yerga, hayvonlarga, asosiy ishlab chiqarish vositalariga egalikni 
ta‟minlash kerakligi to„g„risida gapirdilar. 
O„zbekiston Oliy Majlisining 1 chaqirik XI sessiyasida yangi qonunlar – «Yer 
to„grisidagi qonun», «Qishloq shirkat xo„jaliklari to„g„risidagi qonun», «Fermer 
xo„jaligi to„grisidagi qonun», «Dehqon xo„jaligi to„grisidagi qonun»lar qabul 
qilinishi qishloq xo„jaligini, shu jumladan chorvachilikni yanada rivojlantirish 
imkoniyatlarini ochib berdi. 
O„zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimiz Oliy Majlisining 1 
chaqirik XIV sessiyasida «O„zbekiston XXI asrga intilmoqda» mavzusida qilgan
ma‟ruzasida respublikamiz mustaqilligining 8 yilida qilingan ishlar sarhisob qilinib, 
XXI asrda qilinishi zarur ishlar o„z aksini topgan. 
Ayniqsa mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy o„zgarishlar chuqur tahlil 
qilib borilgan. 
Prezident farmonlari bilan bir katorda Vazirlar Maxkamasining qarorlari 
qishloq xo„jaligida islohotlarni o„tkazishda asosiy omillardan biri bo„lib 
hisoblanadi. 
1991 yil 30 dekabrda 315-sonli qaror «Respublikada dehkon (fermer) 
xo„jaliklarini yanada rivojlantirish va mustaxkamlash choralari haqida». 
1993 yil 15 martdagi «Respublikada chorvachilikdagi iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish chora-tadbirlari haqida». 
Mamlakatda yetishtirilayotgan go„shtning 94 %, sutning 96 % xususiy sektor 
xissasiga to„gri kelmoqda. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi «Shaxsiy 
yordamchi, dehkon va fermer xo„jaliklarida chorva mollarini ko„paytirishni rag 
„batlantirish chora-tadbirlari to„grisida» gi PK-308 qarori ikkinchi bandiga asosan 
ma‟qullangan «2006-2010 yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehkon va fermer 
xo„jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko„paytirishni 
rag„batlantirish dasturi»da esa shu maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalar 
belgilangan: 
- 2010 yilda qoramollar sonini 2005 yildagiga nisbatan shaxsiy yordamchi va 
dehkon xo„jaliklarida 40,2 % yoki 2422,5 ming boshga ko„paytirib, 8450 ming 
boshga, fermer xo„jaliklarida 98 % ko„paytirib, 655 ming boshga yetkazish; 
- shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo„jaliklariga zooveterinariya va 
boshqa servis xizmatlari ko„rsatuvchi infratuzilmalar tarmog„ini rivojlantirish 
maqsadida, besh yil davomida qo„shimcha 575 ta zooveterinariya 
shahobchalari,330 ta sun‟iy urug„lantirish punktlari tashkil qilib, zooveterinariya 
shahobchalari sonini 2343 taga, sun‟iy urug„lantirish punktlari sonini 884 taga 
yetkazish; 



- naslchilik xo„jalik maqomi berilgan fermer xo„jaliklarida hamda zoti 
yaxshilangan qoramollarni ko„paytirish bilan shug„ullanayotgan fermer 
xo„jaliklarida besh yil davomida 100,8 mingta naslli va zoti yaxshilangan mol 
yetishtirib, ularni auksionlar orqali shaxsiy yordamchi, dehkon va fermer 
xo„jaliklariga sotish belgilangan. 
1994 yil 21 yanvar 74-sonli «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, 
xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora- 
tadbirlari to„grisida» gi qarorni kursatish mumkin. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining «Shaxsiy yordamchi, dehkon va 
fermer xo„jaliklarida chorva mollarini ko„paytirishni rag„batlantirish chora-
tadbirlari haqida» gi qarori chorva rivojiga katta ta‟sir o„tkazmoqda. 
O„zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan 
«Veterinariya to„grisida»gi, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «Naslchilik 
to„grisida»gi qonunlari chorvachilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega 
bo„ldi. Respublika Vazirlar Maxkamasining 1993 yil 15 martdagi «Respublika 
chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to„grisida»gi, 
1999 yil 23 fevraldagi «Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish 
hamda dehkon, fermer xo„jaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini 
himoya qilish choralari to„grisida»gi, 2006 yil 23 martdagi «Shaxsiy yordamchi, 
dehkon va fermer xo„jaliklarida chorva mollarini ko„paytirishni rag„batlantirish 
chora-tadbirlari to„grisida»gi qarorlari esa sohani taraqqiy ettirish jarayonida asosiy 
dastur bo„lib xizmat qilmoqda. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachiliknining rivojlanishi o„ziga xos 
xislatlarga ega. Ular mulkni davlat tasarrufidan chiqarilib xususiylashtirilishi, turli 
mulk shaklidagi chorvachilik xo„jaliklarining faoliyat ko„rsatishi, chorva 
mahsulotlariga davlat xarid narxlarini va rejalarini bekor qilinishi, barcha 
chorvachilik xo„jaliklari o„rtasida odil, erkin raqobatni tashkil qilishdan iboratdir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachilik fermalari davlat rejasi asosida emas, 
mahsulot ishlab chiqarishni bozor talabidan kelib chiqib tashkil qiladi. Bu esa 
bozorda chorvachilik mahsulotlarni talab va taklif nisbatida olib borishni taqozo 
etadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O„zbekistonda shaxsiy yordamchi,dehkon va 
fermer xo„jaliklari faoliyat ko„rsatishlari mumkin, Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
ishlab chiqarilgan mahsulot nisbatida xususiy mulkning ulushi ortib boraveradi. Bu 
esa bozorda sifatli va arzon chorva mahsulotlari turlarini ta‟minlaydi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha turdagi mulk shaklidagi xo„jaliklarning 
erkin raqobat qilishlari uchun xuquqiy va iqtisodiy asoslar yaratib beriladi. 
Barcha mulk shaklidagi xo„jaliklarda ishlab chiqarishni to„gri tashkil qilish 
natijasida 
chorvachilik 
mahsulotlarining 
tannarxini 
kamaytirish, 
bozor 
imkoniyatlaridan kelib chiqib sotishni tashkil qilish, hamda asosiy chorva 
mahsulotlarini xo„jalikning o„zida qayta ishlab tayyor mahsulot xolida sotishni 



taqozo etadi. Bu borada yangi mahsulotlar turlarini tayyorlash, ularning sifatini 
jahon andozalari talablariga javob beradigan holatga keltirishni talab etadi. 
O„zbekistonda chorvachilikni rivojlanishi uchun mustaqillik yillarida barcha 
shart-sharoitlar yaratib berildi, Uning xuquqiy va iqtisodiy asoslarini xukumat 
tomonidan yaratilishi chorvadorlarni erkin faoliyat ko„rsatishlari uchun 
imkoniyatlar yaratib berdi. 
Mamlakat chorvachiligida sifat o„zgarishlar ro„y bermoqda yoki mulk davlat 
tasarrufidan chiqarib xususiylashtirilmoqda, bu esa o„zining ijobiy natijalarini 
bermoqda. Ko„plab fermalar xissadorlik, xususiy mulkka aylandi, yangidan 
minglab fermer va dehqon xo„jaliklari barpo etilmoqda. 
Mamlakatimizda chorvachilikning taqdirini, albatta xususiy mulkka 
asoslangan chorvachilik xo„jaliklari tashkil qilishi aniq. Hozirgi kunda 
mamlakatimizda 214 000 dan ortiq fermer, shundan 13000 tasi chorvachilik va 3 
mln.dan ko„proq dehqon xo„jaliklari mavjud bo„lib, ular chorvachilik bilan 
shug„ullanmoqdalar, Shuning uchun yildan-yilga chorva bosh sonlari ko„payib, 
chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko„payib bormoqda, bu asosan 
xususiy mulkka asoslangan chorvachilik xo„jaliklari evaziga ro„y bermoqda. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə