Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


I.2 Qishloq xo‘jalik hayvonlarining ekstereri



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274
chorvachilik kitob

 
I.2 Qishloq xo‘jalik hayvonlarining ekstereri, 
 intereri va konstitutsiyasi. 
Qadim zamonlardan buyon kishilar xonaki hayvonlarni tana tuzilishiga qarab 
baholanganlar, asosan shu ko„rsatkich bo„yicha hayvonlarni urchitishga 
qoldirganlar. Tana va uning qismlari yaxshi rivojlangan, kelishgan hayvonlarni 
urchitishga qoldirish, ularning mahsuldorligini oshirishga sabab bo„lgan, ya‟ni 
yelini mo„tanosib rivojlangan, hajmdor bo„lsa sersutlikka sabab bo„lgan, yoki juni
o„sgan va mayin bo„lsa serjunlikni ta‟minlagan va hokazo. Lekin bu jarayon ongli 
kechmagan. Bejiz mashxur turkman shoiri bir bedovni saylab olar bo„lsangiz 
siynasi, sag„rini kelishin ko„ring demagan. 
Keyinchalik hayvonlarni tana tuzilishi maqsadli tanlash orqali amalga oshirilib 
o„zi uchun kerakli tana tuzilishiga mos mahsulot yo„nalishidagi hayvonlarni 
shakllantirishga erishadilar, sut va go„sht yo„nalishidagi qoramollar; salt miniluvchi 
va og„ir yuk tortuvchi otlar; jun, barra teri, po„stinbop teri, go„sht-yog„ beruvchi 
qo„ylar; go„sht va yog„ yo„nalishidagi cho„chqalar; tuxum va go„sht yo„nalishidagi 
parrandalar va hokazo. 
Hayvonlar tashqi tuzilishini baholash nazariy va amaliy ahamiyatga ega, ya‟ni 
ajdodlari tana tuzilishi tahlili asosida avlod ko„rsatkichlarini faraz qilish, tana qism 
va a‟zolarnini mahsuldorlik ko„rsatkichlari bilan bog„lash muhim ahamiyat kasb 
etadi. 


13 
Eksterer 
– tashqi tuzilishi(tashqi shakl) bo„lib, hayvonlarda ma‟lum 
sharoitda irsiyat ta‟sirida shakllanib, yosh ulg„ayishi bilan o„zgardi. 
Eksterer to„g„risida fan qishloq xo„jalik hayvonlarini ularning tashqi 
tuzilishiga qarab xo„jalik va nasl qiymatini aniqlashni ta‟minlaydi. 
Hayvonning tashqi tuzilishi, uning tanasining ayrim qismlarini rivojlanishiga 
qarab qaysi mahsuldorlik yo„nalishiga mansubligini aniqlash imkonini beradi. 
Masalan : 
A) 
sut yo„nalishidagi qoramollarda go„shtdor qoramollarga nisbatan muskul 
va yog„ to„qimalari yaxshi rivojlangan. Tanasi uchbuchak, ba‟zi suyaklari bo„rtib 
turadi, teri yupqa burmali, egiluvchan, oson tortiladi. Ularda sut hosil qilish a‟zolari 
va qorni juda yaxshi rivojlangan. Boshi uzun va tor. Kuragi unchalik yaxshi
rivojlanmagan(eni torroq). Oyoqlari mustahkam, to„g„ri qo„yilgan, go„shtdor 
qoramollarga nisbatan biroz uzunroq bo„ladi. 
B
) go„shtdor qoramollar tanasi chuqur va keng, kuchli rivojlangan muskul va 
teri osti qatlamiga ega. Terisi yumshoq, nozik. Boshi yengil, kalta, keng. Buyni 
kalta, yo„g„on. Ko„kragi keng va chuqur. Yag„rini, beli, biqini uzun, keng va 
go„shtdor. Orqa qismi uzun, keng, tekis bo„lib muskullar bilan to„lishgan. Oyoqlari 
kaltaroq bo„lib, keng qo„yilgan, ko„pincha biroz egilgan bo„ladi. 
Tashqi tana tuzilishi hayvonlarning jinsiga qarab ham farqlanadi. Qishloq 
xo„jalik hayvonlarining ba‟zi tana a‟zolari jinsiy belgi bo„lib hisoblanadi. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə