Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274
chorvachilik kitob

I . BOB 
 
QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI URCHITISH. 
 
I.1 Uy hayvonlarining kelib chiqishi va evolutsiyasi. 
Qishloq xo„jalik hayvonlarining kelib chiqishini o„rganish nazariy va amaliy 
ahamiyat kasb etadi. Hayvonlarning kelib chiqishini o„rganish bilan ulardagi 
evolutsion jarayonda ro„y bergan o„zgarishni ilg„ash bilan birga amaliy ahamiyat 
kasb etadi, ya‟ni yovvoyi ajdodlardan foydalanib yangi zotlar yaratish, 
mavjudlarini takomillashtirish imkoniyatlarini beradi. 
Qishloq xo„jalik hayvonlarini qo„lga o„rgatish va xonakilashtirish bundan 10-
12 ming burun ibtidoiy odamlarning yovvoyi hayvonlarni ovlashidan boshlangan. 
Ovdan bo„shashgan va yarador hayvonlarning olib kelinishi, yosh yovvoyi 
hayvonlarni turli usullar bilan ushlab ularni qo„ra yoki g„orlarda saqlash qo„lga 
o„rgatishning boshlanishidan dalolat, odamlar ushbu hayvonlarni asosan zaxira 
go„sht va hayrat uchun saqlaganlar. 
Qo„lga o„rgatilgan hayvonlarni odamlar himoya qilgan, oziqlantirilgan, 
asragan, lekin ko„pchilik hollarda ular tutqunlikda avlod bermaganlar, ayrimlaridan 
shunday sharoitda ham avlod olingan. Yosh hayvonlar osonroq qo„lga o„rgangan. 
Uy 
 
hayvonlarining kelib chiqish mintaqalari ularning yovvoyi ajdodlarini 
tarqalishiga qarab ro„y bergan. Asosiy xonakilashtirish mintaqalari bo„lib Yefrat va 
Tigr daryolari vodiysi, Hindiston, Hindixitoy, Xitoy, Shimoliy-Sharqiy Afrika-Nil 
daryosining quyi oqimi, Kavkaz orti, Dnepr daryosining quyi oqimi, Eron va O‟rta 
Osiyo hisoblanadi. 
Ko„pchilik hayvonlar Osiyoda qo„lga o„rgatilib, xonakilashtirilgan(it, 
qoramol, ot, qutos, echki, qo„y, cho„chqa, bug„u, ikki o„rkachli tuya, tovuqlar, 
tovuslar, kaptarlar, g„ozlar, o„rdaklar, asalari va ipak qurti, Yevropada- it, qoramol, 
ot, qo„y, quyon, cho„chqa, g„oz, o„rdak va asalarilar hisoblanadi. Amerikada 
lamalar, kurkalar va muskus o„rdaklari, Avstraliyada esa faqat nandu tuyaqushlari 
xonakilashtirilgan). 
Yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirilishi qator fanlar va usullar yordamida 
ikkilamchi ko„rsatgichlar asosida o„rganiladi: arxeologik, anatomik, fiziologik, 
etnografik. 
Arxeolglar qo„rg„onlar, ibtidoiy kulbalar joylarini qazish natijasida topilmalar 
chiqqan qatlamlar asosida xonakilashtirilish yoshini aniqlaydilar. 
Anatomlar esa qazilmalarda topilgan suyaklarni hayvonlarning suyaklari bilan 
solishtirib o„xshashligini va evolutsiya davomidagi o„zgarishlarni bilib oladilar. 
Fiziologik usul yordamida xonaki hayvonlar bilan yovvoyi ajdodlarining oqsil 
tarkibi, qoni bilan solishtirib ularning kelib chiqishini aniqlash mumkin. 
Etnografik usul esa ajdodlarimizning hayvonlarning tasviri tog„, qoya 
toshlariga va turli madaniy turmush ashyolarga tushirishiga qarab aniqlanadi, ya‟ni 
qoya tasvirlar hozirgi hayvonlar tana tuzilishi bilan solishtirib turiladi. 
Hayvonlar quyidagi guruhlarga bo„linadi: 


10 
A) Yovvoyi hayvonlar-tabiat mahsuloti bo„lib, himoya tusi, ko„zgaluvchan 
nerv tipi, kam mahsuloti va kech yetilishi bilan ta‟riflanadi. 
B) Qo„lga o„rgatilgan hayvonlar-tutqunlikda ko„payishi va avlod qoldirish 
imkoniyatlaridan mahrum(fillar, ov burgutlari). 
V) Uy hayvonlari – xonakilashtirilgan va inson mehnati singgan hayvonlar. 
G) Qishloq xo„jalik hayvonlari – xonaki hayvonlar bo„lib, insonlarning chorva 
mahsulotlariga bo„lgan talablarini qondirish maqsadida ishlab chiqarishda 
foydalanadilar. 
Ibtidoiy odamlar dastlab osonlikcha qo„lga o„rgatish mumkin bo„lgan mayda 
hayvonlarni xonakilashtirishgan. Itlardan keyin 7-8 ming burun qo„y va echkilar 
qo„lga urgatilgan. Qo„ylarning yovvoyi ajdodlari bo„lib muflon, arhar va argali 
hisoblanadi. Echkilar qilichsimon va parsimon shoxli, hamda ibeks yovvoyi
echkilaridan kelib chiqqan. Bundan 5-6 yil ilgari Osiyo va Yevropa tung„izlari 
xonakilashtirilgan. 
Qoramollar eramizdan 5 ming yil oldin xonakilashtirilgan, uning ajdodi – tur 
hisoblanadi, faqatgina 4-5 ming yil burun otlar xonakilashtirilgan. Otlarning ajdodi 
bo„lib Prjevalskiy oti va tarpan hisoblanadi. Eshshaklar yovvoyi Afrika 
eshshaklaridan kelib chiqqan. 
Eramizdan 
3-2 
ming 
yil 
oldin 
ikki 
o„rkachli(bakterian), 
bir 
o„rkachli(dramedar) tuyalar xonakilashtirilgan. Shimol bug„ulari esa otlardan 
oldin yovvoyi shimol bug„usidan kelib chiqqan. Quyonlar eramizdan oldingi I 
asrda yovvoyi quyonlardan, xonaki o„rdaklar eramizdan oldingi I asrda yovvoyi-
baqirok o„rdaklarni xonakilashtirish natijasida, g„ozlar yovvoyi kulrang g„ozdan, 
kaptarlar yovvoyi kaptarlar, asalarilar yovvoyi asalaridan, karp baliqlar esa zog„ora 
baliqdan kelib chiqqan. 
Xonakilashtirishdan keyin evvolutsion jarayonda hayvonlar keskin o„zgarib 
o„zlarining yovvoyi ajdodlaridan ancha farqlanadilar. Hayvonlar tirik vazni,
mahsuldorligi, tana tuzilishi va tana qismlarining nisbati bilan har xillikga 
erishganlar. Ularning yovvoyi ajdodlari tabiiy tanlash oqibatida bir xillikda bo„ladi. 
Xonaki hayvonlar vazni ba‟zilarida yovvoyi xillariga nisbatan oshgan bo„lsa, 
ba‟zilarida kamayganligiga guvoh bo„lamiz. Romanov va qorako„l qo„ylari tirik 
vazni hisor qo„ylariga nisbatan 2 barobar kam. Simmental zotli qoramollar jersey 
zotli qoramollarga nisbatan qariyib ikki barobar ko„p tosh bosadi. Skelet o„zgarib, 
u yengil, suyaklari bo„shashib, nimjonlashgan. Xonaki hayvonlar o„z qismi 
qisqargan (qoramol, cho„chqa, it). Shox yovvoyi hayvonlarda yirik bo„lib himoya 
vazifasini o„tagan(turda uning uzunligi 1,5 m, vazni 15 kg bo„lgan), hozirgi 
hayvonlarda u kichrayib, ba‟zilarida yuqolib ketgan(aberdin-anguss zoti). 
Mushaklari bo„shashgan, noziklashgan, ba‟zi hayvonlarda yog„ bilan 
qoplangan(marmar go„sht). Teri yupqalashgani bilan teri osti kletchatkasi kuchli 
rivojlangan, ayniqsa bu hol go„sht yo„nalishidagi hayvonlarga taalluqli(cho„chqa, 
qo„y, qoramol). Terida burmachalar paydo bo„lgan. 


11 
Ichki a‟zolar qator o„zgarishlarga uchragan. Hayvonlarning mo„l-ko„l 
oziqlantirish, ayniqsa yemdan ko„p foydalanish cho„chqalarga ichak kaltalashib, 
qoramol va quyonlarda o„zaygan. 
Yurak hajmi kichiraygan(arhar yuragi xonaki qo„y yuragidan 2 barobar 
hajmi), o„pka, buyrak faoliyati ancha susaygan. Yovvoyi hayvon asosan bir xil 
himoya tusiga ega bo„lgan bo„lsa, xonaki hayvonlarda rang-baranglik uchraydi, 
oqdan tortib olagacha. Yovvoyi hayvonlar juni dag„al bo„lgan, xonaki qo„ylar juni 
uzun va mayinlashgan, ba‟zi hayvonlarda jun butunlay yo„qotilgan(junsiz 
cho„chqalar). Mayin junli qo„ylarda bir xil faqat tivitdan iborat jun qirqib olinadi. 
Evolutsion jarayonda hayvonlar mahsuldorligi keskin oshgan, unga jussaning 
kattalashishi, ayrim tana qismlarining keskin rivojlanishi(orqa, bel, biqin) 
hayvonlardan ko„p sifatli, nozik, shirador go„sht olish imkonini yaratib bergan. 
Yovvoyi hayvonlar faqat o„z bolalarini boqishga yetarli sut ishlab chiqarganlar
xonaki hayvonlarda sut(sigirlar) 8-12 marta, tovuqlar tuxumdorligi 10-15 barobar, 
qo„ylarning jun mahsuldorligi bir necha barobar ortgan. 
Xonakilashgan hayvonlarda jinsiy va jismoniy balog„at yoshi ikki barobar 
kamaygan, yoki ular tez yetiluvchan bo„lganlar. Jinsiy faoliyatining mavsumiyligi 
yo„qotilib, yil davomida bola olish mumkin bo„lib, hayvonlarning pushtdorligi 
oshgan. To„ng„izlar bir yilda bir marta tug„ib 4-6 cho„chqa bolasi bergan bo„lsa, 
xonaki cho„chqalar bir yilda 2-2,5 marta tugib 20-25 cho„chqa bolasi beradi. 
Xonakilashtirish jarayonida hayvonlar asab faoliyati ham o„zgarishga uchradi. Ular 
kam harakat, yuvvosh bo„lib, xurkaklik va g„araz fe‟llarini, hamda yovvoyi 
hayvonlar ba‟zi shartli va shartsiz reflekslarini yo„qotgan. 
Xonakilashtirish jarayonida ro„y bergan o„zgarishlarning sababi quyidagilar 
hisoblanadi: 
1.
Harakatlanishning 
chegaralanishi. 
Hayvonlarning 
erkinlikni 
yo„qotishi(chegaralangan joyda saqlash) organizmdagi o„zgarishlarga sabab 
bo„lgan, muskullar ishi susayganligi uchun ko„proq yog‟ 
2.
to‟planadi, skelet bo„shashdi, yurak, upka va boshqa a‟zolar faoliyatining 
pasayishiga sabab bo„ldi. 
3.
Oziqlantirish sharoitining o„zgarishi. Oziqlantirish me‟yori va xilining 
hayvon talablariga to„liq javob berishi ularning mo„tanosib rivojlanishi va yuqori 
mahsuldorligiga sabab bo„ldi. 
4.
Hayvonlarni odamlar o„z himoyasiga olishi, ularning bo„shashishiga, 
tabiiy tanlash ta‟sirining yo„qolishiga olib keldi. 
5.
Insonlar hayvonlarni tanlash natijasida o„zi uchun kerakli hayvonlarga 
erishdi. 
6.
Hayvonlarni bir jug„rofiy xududdan boshqa xududga, bir qit‟adan ikkinchi 
qit‟aga olib o„tilishi ularning evolutsion jarayoniga sezilarli ta‟sir ko„rsatadi. 
7.
Hayvonlarni favqulodda turli tur, zot, xillarini chatishtirish ularning 
shakllanishiga sabab bo„ldi. 


12 
8.
Oxirgi XIX asr oxiri va XX asrda hayvonlarni ongli tanlash va juftlash, 
yosh hayvonlarni maqsadli o„stirish ularning shakllanishida asosiy o„rin to„tadi. 
Hayvonlar evolutsion jarayonida inson harakatlantiruvchi kuch bo„lib 
maydonga tushgan. 
Yer yuzidagi 1500 mingdan ortiq turdagi mavjudoddan inson faqat qishloq 
xo„jalik ishlab chiqarishga faqat 60 turinigina jalb qila oldi xolos, shularga ipak 
qurti, asalari va karp balig„i ham kiradi. 
Xonakilashtirilgan hayvonlar ikki tipga mansub: 
A) Xordalilar tipi, umurtqalilar kenja tipi; sut emizuvchilar, qushlar va baliqlar 
sinfi, sut emizuvchilar sinfidan. 
Jufttuyoqlilar turkumiga(qoramol, qo„tos, gayal, banteng, buyvol, shimol 
bug„isi, echki, tuya, lama, qo„y va cho„chqa); 
Yirtqichlar turkumi (it, mushuk); kemiruvchilar otryadi (quyonlar); qushlar 
sinfidan (tovuq, tovus, tustovuq, sesarka, kurka). Suvda suzuvchi parrandalar 
turkumidan (o„rdak va g„oz). Kaptardoshlar turkumidan (kaptar). 
B) Bug„inoyoqlilar tipi, hashoratlar sinfi, pardaqanotlilar turkimi(asalari); 
tangacha qanotlilar turkumi (ipak qurti). Tabiatda hali foydalanilmagan hayvonot 
olami vakillari mavjud, shu boisdan xonakilshtirish jarayoni tugallangan deyish 
qiyin. Bu jarayon ba‟zi mo„ynali hayvonlar, bug„ular, loslar, tuyaqushlar, bedonalar 
va boshqalarda davom etmoqda. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə