Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   274
chorvachilik kitob

Konstitutsiya- 
hayvonlarni tashqi tuzilishi, ularning ichki a‟zolari va 
to„qimalarining tuzilishi va faoliyatining majmuasidir. 
Ye.A.Borisenko bo„yicha hayvonlarni morfofiziologik va bioximik 
xususiyatlari bo„lib, irsiyat va tashqi muhit ta‟sirida shakllanib, mahsuldorlik va 
tashqi muhitga javob bilan belgilanadi.( Fenotin = genotip+ muhit). Zootexniyada 
konstitutsiyaning turli tasniflari ta‟rif qilingan, ularning ichida asoslangan va 
ahamiyatga ega P.N.Kuleshov tomonidan tavsiya qilingan tasnif hisoblanadi. U 
tananinng asosiy qismlari va a‟zolarining mahsulot yo„nalishiga qarab farq qilishni 
isbotlagan. 
Sut yo„nalishidagi qoramollar, sutdor qo„ylar terisi yupqa, pishiq, egiluvchan; 
muskullari zich, yog„i kam; suyagi qattiq va ingichka; sut bezlari yaxshi 
rivojlangan, ichki a‟zolari(ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish) kuchli 
rivojlangan. Go„sht yo„nalishidagi qoramollarda esa terisi yupqa, bo„sh, yog„ 
qatlami qalin, muskullari yaxshi rivojlangan; suyagi ingichka, lekin bo„sh; ichki 
a‟zolari, ayniqsa ovqat hazm qilish va sut ishlab chiqarish a‟zolari kuchli 
rivojlanmagan.
1.2-rasm. Qo‘y tanasi tuzilish sxemasi. 
 
1-sut yo„nalishidagi qo„y; 2-merenoz; 3-go„sht yo„nalishidagi qo„y. 
Jundor qo„ylar( shu yo„nalishdagi qoramollar) terisi kuchli rivojlangan, qalin; 
zich, o„rtacha rivojlangan muskullarga; ichki a‟zolarning yaxshi rivojlanganligi, 
chunki bu hayvonlar aksariyat dag„al oziqalar bilan oziqlanadi; harakatchanligi 
bilan ajralib turadi. 
Yuqoridagilarga asoslanib P.N.Kuleshov hayvonlar tuzilishining dag„alligi 
(qo„pol), nozikligi, zichligi yoki bo„shligiga qarab 4 xil konstitutsiya tipini ajratgan. 
Nozik zich. 
Bu tipga sut yo„nalishidagi qoramollar va salt miniluvchi otlar 
kiradi. Ularda modda almashinuvi yuqori bo„lib, sekin semiradi; ko„zg„aluvchan 


17 
nerv sistemasi, egiluvchan, ingichka, qalin, yaltiroq jun bilan qoplangan. Boshi 
yengil, buyni yupqa. Ko„kragi ensiz, chuqur, uzun va yaxshi rivojlangan. Oyoqlari 
ingichka mustahkam. Tuyog„i qattiq, oyoqlari uzun. Muskulaturasi qoniqarli 
rivojlangan. Teri osti yog„ qatlami kuchsiz rivojlangan. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə