Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


G)  Qator bo„g„inlarda me‟yorda oziqlantirmaslik;  D)



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   274
chorvachilik kitob

G) 
Qator bo„g„inlarda me‟yorda oziqlantirmaslik; 
D)
Surunkali kasalliklar; 
Ye) 
Hayvonlarni yetarli sayr qildirmaslik. 
Bularning hammasi hayvon va uning avlodlarida o„z izini qoldiradi. 
Noziklashgan hayvonlar oziqalarga, saqlash sharoitlariga talabchan, 
kasalliklarga chalinuvchan, pushtdorligi past bo„ladi. 
Konstitutsiyasi noziklashgan hayvonlarni podadan chiqarish tadbirlari 
o„tkazilishi kerak. 
Konstitutsiya tushunchasidan tashqari zootexniyada hayvonlar holatini 
ta‟riflovchi konditsiya tushunchasi ham mavjud. Konditsiya hayvonning faqat 
semizligi bo„lmay, balki uning umumiy holatini aks ettiradi. Konditsiya hayvon 
hayoti davomida, ba‟zan yil davomida ham o„zgarib turishi mumkin. Quyidagi 
konditsiya xillarini ajratish mumkin: 
A) Zavod konditsiya
(nasl), hayvonlar o„rta semizlikda bo„lib, semirib 
ketmagan, harakatchan, tetik bo„lib yuqori mahsuldor va pushtdorlikka ega bo„ladi. 
Bu holatga hayvonlarni me‟yorda oziqlantirish, saqlash va sayr qildirish bilan 
erishiladi. 
B)
Mashq konditsiya
(asosan otlarda), maxsus mashqlar asosida tanadan 
ortiqcha suv chiqariladi; muskullari yaxshi rivojlangan, mustahkam, ishlash 
qobiliyatiga ega; bunday otlar organizmi har qanday sinovlarga tayyor bo„lib, og„ir 
mashaqqatlarga ham chidaydi.
V) Ish konditsiya
(otlar, xo„kizlar), bunday hayvonlar muskullari yaxshi 
mashq qildirilgan bo„lib, semizligi o„rtacha, ishga o„rgatilgan bo„ladi. 
G

Ko‘rgazma konditsiya
ajoyib tashqi ko„rinishi; junlari yaltiroq; semizligi 
o„rtadan yuqori. 
D

Bo‘rdoqi-so‘qim konditsiya
(go„shtdor hayvonlar), hayvonlar juda semiz, 
tanasi aylanasimon, ko„rgazma konditsiyasiga yetib qoladi. 
Ye

Och konditsiya 
oriq hayvonlarga xos. Bunday holga yul qo„yib 
bo„lmaydi, ba‟zan oziqa me‟yorining kamligi yoki ratsionning tenglashtirilmasligi, 
og„ir ish, yoki surunkali kasallik orqasidan kelib chiqishi mumkin. 


19 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə