Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   274
chorvachilik kitob

2.
 
Homila oldi davri – 
ovqat hazm qilish, qon aylanish sistemalari, 
muskullar, o„q va atrof skelet shakllanib, suyaklashish jarayoni kechib, sut bezlari
paydo bo„ladi. Homila asosan bachadon suyuqligi bilan oziqlanadi. Bu davr 
qoramollarda-26, qo„y va cho„chqalarda-17 kun davom etadi. 
3.
 
Homila davri – 
homila to„liq shakllangan, plasentaga yopishib ona 
qonidagi moddalar hisobiga yashaydi. Vazni va o„lchamlari jadal ortadi; skeletning 
suyaklashishi va o„sishi, to„qima va a‟zolarda murakkablashishi davom etadi, miya 
yarim sharlari va harakat, nafas olish, harakatni boshqarish miya markazlari 
rivojlanadi; jun qoplami paydo bo„ladi. Qoramollarda-220, qo„ylarda-100, 
cho„chqalarda-80 kun davom etadi. 


20 
Embrion murtak va homila oldi davrida jadal o„sadi. Qoramollarda 
bug„ozlikning birinchi oyida homila 600 marta, ikkinchi oyida 43,3 marta ortgani 
holda 9 oyda faqat 1,4 marta ortadi xolos. 
Bu davrda asosiy qonuniyat davr o„tishi bilan o„sish tezligi pasayib boradi. 
Embrional davrning oxirida homila tug„ilib, organizm butunlay yangi sharoitda
yashashga majbur bo„ladi, ya‟ni postembrional davr boshlanadi. 
Postembrional davrda o‘sish va rivojlanish. 
Yangi tug„ilgan qulunlar 40-60; buzoqlar 25-40; qo„zilar3-5; cho„chqa 
bolalari 1-1,5 kg, quyon bolalari 50 g, jo„jalar 36-40 g tosh bosadi. Postembrional 
davrda ham hayvonlarning tashqi muhitga, hayot sharoitiga talabi o„zgaradi va 5 
davrni o„z ichiga oladi (P.D. Pshenichniy bo„yicha): 
Yangi tug‘ilganlik( tug‘ilgandan 10-20 kunlikgacha).
Yashash sharoiti 
keskin o„zgargan. Ona organizmidan tashqarida yashashga ko„nikadi. O‟pka bilan 
nafas ola boshlaydi; ovqat hazm qilish, siydik ajratish a‟zolarni o„zgacha ishlay 
boshladi; qon hosil bo„lish manbalari harakatga keladi; mustaqil tana haroratini 
ta‟minlaydi; tanani tashqi muhit bilan bog„lovchi va himoya shartli reflekslari 
paydo bo„ladi. Yagona oziqa – ona suti hisoblanadi. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə