Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Hayvonlarning o‘sish va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   274
chorvachilik kitob

Hayvonlarning o‘sish va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. 
Hayvonlar o„sish va rivojlanishiga irsiyatdan tashqari qator omillar ta‟sir 
etadi:
 
Ona organizmining ta’siri, 
ya‟ni homila uchun «tashqi muhit» vazifasini 
bajaradi. Yirik, baquvvat onalar o„z homilasini tuyimli moddalar bilan yaxshi 
ta‟min etishi natijasida homila yirik tug„iladi. 
Ichki sekretsiya bezlari, 
ular nerv sistemasi ta‟sirida bo„ladi. Qalqonsimon 
bez gormoni organizmda modda almashinuvini kuchaytirib hayvonning o„sish va 
rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Jinsiy bezlarini olib tashlanishi organizmda 
qator o„zgarishlarga sabab bo„ladi, ular yuvosh bo„lib, tez semiradi. Gipofiz o„sish 
gormoni ishlab chiqaradi, bundan tashqari bu gormon jinsiy va sut ajratib 
chiqarishni ta‟minlaydi. 
Oshqozon osti bezi gormoni(insulin) uglevod almashinuvida qatnashib, 
ontogenezga katta ta‟sir o„tkazadi. 
Oziqlantirish ta’siri. 
N.P. Chirvinskiy (1909) hayvonlarga homila davrida va 
tug„ilgandan keyin tuyimli moddalarni yetishmasligi ularning skeleti va ichki 
a‟zolarining o„sishga salbiy ta‟sirini qayd qilgan. 
Qo„ylarni faqat dag„al oziqalar bilan oziqlantirib o„stirganda uning 
ichaklarining uzunligi tana uzunligidan 44-51 marta, yaxshi oziqlantirilganda, ya‟ni
ratsionga yem qo„shib boqilganda faqat 33-38 marta uzun bo„lgan xolos. 
N.P. Chirvinskiy
yetarli oziqlantirmaslik skeletning hamma qismlarining 
rivojlanishiga bir xilda ta‟sir etmasdan, shu davrda jadal o„sadigan skelet 
qismlarida o„z izini qoldiradi degan. Shunday ilmiy ma‟lumotni A.A.Maligonov 
(1925) qoramollarda qayd etgan, ya‟ni bunday holat hamma a‟zo va to„qimalarda 
ro„y berar ekan. 
Shu qarashlar asosida 
Chirvinskiy-Maligonov qonuniyati 
shakllangan – 
tuyimli moddalar yetishmasligi shu davrda jadal o„sadigan a‟zo va to„qimalarning 
o„sishga salbiy ta‟sir ko„rsatidi. 
Tuyoqlilarda homila davrida tayanch suyaklari jadal o„sadi, oziqalar 
yetishmasligi, onasining kasallanishi homilaning oyoq suyaklarini kalta bo„lib 
tug„ilishiga sabab bo„ladi, bunday hayvonlar tug„ilganda tanasi uzun, kallasi katta 
va kichik bo„ladi. Bu holat 
embrionalizm 
deb ataladi. Tug„ilgandan keyin tuyimli 
moddalar yetishmasligi yoki yosh hayvonning kasallanishi rivojlanmay qolishga 
(o„q suyaklari) sabab bo„ladi, unga 
infantilizm
deyiladi. Bunday hayvonlar tanasi 
yangi tug„ilgan hayvon tanasini eslatadi. Bunday hayvonlar jinsiy balog„at yoshida 
ham shunday boqilsa ular jinsiy jihatdan ham to„laqonli bo„lmaydilar. 
Neoteniya



23 
A.A.Maligonov bo„yicha – bu tana o„sishdan qolgani holda, jinsiy faoliyati 
me‟yorda bo„lishiga aytiladi. 
Embrionaliz va infantilizm asoratlarini keyinchalik to„liq tuzatish imkoniyati 
bo„lmaydi, shuning uchun ularning oldini olish choralarini ko„rish kerak. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə