Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   274
chorvachilik kitob

Saqlash sharoitining ta’siri.
Hayvon o„sish va rivojlanishiga quyosh nuri
harorat, namlik va havoda gazlar tarkibi; atmosferaning elektrlanganligi, bosim va 
boshqa zoogigiyenik omillar ta‟sir ko„rsatadi. 
Qishda yosh hayvonlarni yetarli oziqlantirish bilan birga quruq, sovuq, havo 
harorati kam binolarda saqlash baquvvat, nafas va qon aylanish, ovqat hazm qilish, 
a‟zolarda yaxshi rivojlangan hayvonlar o„stirilib, ular qoni tarkibida gemoglobin 
ko„proq bo„lishini ta‟minlaydi. Zoogigiyenik talablarning buzilishi hayvonlarni 
o„sishi va rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Hayvon tanasini va uning ba‟zi qismlarni o„sish va rivojlanishga mashq 
qildirish ijobiy ta‟sir ko„rsatadi( mashq, uqalash, sayr qildirish) hayvonlarni doimiy 
mashq yoki sayr qildirish ularning suyak va muskullarini mustahkamlaydi, nafas 
olish va qon aylanish tizimlari faoliyatini kuchaytiradi, modda almashuvi kuchayib 
o„sish va rivojlanish yaxshilanadi. G‟unajinlar yelinini 3-4 oylik bug„ozlikdan 
tuqquncha o„qalash ularning to„qqanidan keyin sut mahsuldorligini 15% ortishini 
ta‟minlaydi. 
 
Qishloq xo‘jalik hayvonlarining o‘sishini hisoblash. 
Har doim hayvonlarning o„sishi ularni davriy ravishda tortib va o„lchash 
orqali nazorat etib boriladi. Ma‟lumotlar aniq bo„lishi uchun hayvonlar ertalab
oziqlantirib, sug„orilguncha amalga oshiriladi. Qoramol va otlar tug„ilganida, 
1,2,3,6,9,12,18 va 24 oyligida, voyaga yetgandan keyin yilda bir marta; cho„chqalar 
tug„ilganda, 1,2,4,6,9,12,18 va 24 oyligida, qo„ylar esa tug„ilganda, 1,4,12 va 24 
oyligida tortiladi. Olingan ma‟lumotlar asosida mutloq va nisbiy o„sish aniqlanadi. 
Mutloq o‘sish, 
o„sish tezligi bo„lib(vazn yoki o„lcham), ma‟lum davrda 
qo„shilgan vazn. U qo„ydagi formula yordamida aniqlanadi 
D = Wt -Wo
, agarda 
kunlik vazn ortishini aniqlash kerak bo„lsa 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə