Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   274
chorvachilik kitob

Sut davri(qoramollarda 3-4 oy) 
sut bilan oziqlantirish tugaguncha davom 
etadi, shu davrda asosan sut bilan uning oxirida esa o„simlik oziqalarini iste‟mol 
qila boshlaydi, oshqozon-ichak tizimi va unda mikroorganizmlar rivojlanadi. 
Muskullar, suyaklar, to„qima va a‟zolar jadal rivojlanadi. Davr oxirida to„liq 
o„simlik oziqalari yeyishga o„tadi. 
Jinsiy balog‘at davri – 
ichki sekresiya bezlari faoliyat ko„rsatib, organizm tez 
rivojlanib, jinsiy balog„at ro„y beradi. Hayvonlar ko„payish qobiliyatiga ega 
bo„ladi; jinsiy bezlar o„sishi poyoniga yetadi; ularda jinsiy faoliyat muntazam ro„y 
beradi; ikkilamchi jinsiy a‟zolar to„liq shakllanib, hayvonning o„ziga xos 
xususiyatlari shakllanadi. Organizmning umumiy o„sish jadalligi pasayadi. 
Voyaga yetgan davri –
organizmning barcha faoliyatining va yuqori 
mahsuldorlikni gullab-yashashi, saqlash va foydalanish me‟yorlariga bog„liq. Faol 
modda almashinuvi va jinsiy faoliyat kechadi. Tez yetiluvchan hayvonlarda, kech 
yetiluvchan hayvonlarga nisbatan ertaroq kechadi. 
Qarilik –
hayvonlarda modda almashinuvining va jinsiy faoliyatining 
susayishi, ham mahsuldorlikni pasayishi bilan ta‟riflanadi.
Organizm bo„shashib uni o„limga yaqinlashtiradi, u tez yetiluvchan 
hayvonlarda ertaroq, kech yetiluvchan hayvonlarda esa kechroq ro„y beradi. 
O’sishning notekisligi.
Bu qonuniyat tanada organizmda to„qima va 
a‟zolarning bir vaqtda shakllanmaganligi, ularning har xil tezlik va davomiylikda 
o„sish va rivojlanishiga bog„liq. Barcha qishloq xo„jalik hayvonlari ontogenezining 
dastlabki paytida uzunligi, keyinchalik uning o„sishida har xillik ro„y beradi(o„k va 
atrof skelet), natijada hayvon tipi aniqlanadi: 


21 
A) 
Tuyoqlilarda bo„g„ozlikning ikkinchi yarmida tayanch suyaklari(oyoq 
suyaklari), tug„ilgandan keyin esa o„q suyaklari jadal o„sadi. Bu jarayon evolutsion 
taraqqiyot ta‟siri bo„lib, yangi tug„ilgan hayvonlarning chopishini ta‟minlaydi, 
ya‟ni onasiga yetib yurish va yirtqichlardan qutilish imkonini beradi. Tug„ilgandan 
keyin o„lg„ayish davrda esa tana mo„tanosibligi tezlikda o„zgaradi.(rasm ) 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə