Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Hayvonlarni kelib chiqishiga qarab baholash va tanlash



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   274
chorvachilik kitob

Hayvonlarni kelib chiqishiga qarab baholash va tanlash. 
Asosan shajaraga 
qarab amalga oshiriladi. Shajara hayvonning kelib chiqishi bir tartibda yozilgan 
ma‟lumot. 


27 
Shajara kerak: hayvonlarning zotdorligini aniqlash uchun, ajdodlar 
mahsuldorligini aniqlash uchun, qarindosh urchitishni bilish uchun, nasl belgilarini 
shakllanishini bilish uchun, juftlashni samaradorligini aniqlash uchun, hayvonlarni 
yosh paytida tanlash uchun, juftlashni rejalashtirish uchun. 
Hayvonni kelib chiqishi haqidagi ma‟lumotlar shajara katagiga joylashtiriladi, 
u asosan 4 qatorda beriladi, to„rtinchi qatorda 16 ajdod ma‟lumotlari keltiriladi. 
Kataklarning chap tomonida ona, o„ng tomonida ota ajdodlar ma‟lumotlari 
beriladi. 
Pastga qarab har qatorda ajdodlar soni ko„payib boradi, unda hayvon laqabi va
raqami, yoshi, vazni, o„lchamlari va mahsuldorligi o„z aksini topadi. 
Kelib chiqishga qarab tanlash asosan yosh hayvonlarda ko„proq qo„llaniladi, 
chunki hali o„z va avlodlarining mahsuldorlik ko„rsatkichlari yo„q. Kelib chiqishga 
qarab tanlash asl ajdodlardan yaxshi avlod olishni taqozo etadi. 
Hayvonlarni o‘z mahsuldorligiga qarab tanlash. 
Bu bosqichda hayvonning 
tana tuzilishi, tirik vazni, mahsuldorligi va pushtdorligiga qarab tanlanadi. Buning 
uchun barcha ko„rsatkichlar xolis hisobga olinishi shart. 
Hayvonlarni avlodlarining sifati bo‘yicha baholash va tanlash. 
Hayvonlarni tanlashda oxirgi bosqich bo„lib, hal qiluvchi o„rin to„tadi. Ushbu usul 
yordamida asl podani yaxshilovchi hayvonlarni tanlab olish mumkin. Birinchi 
navbatda bu usul erkak nasldor hayvonlarda o„tkaziladi, chunki ulardan ko„plab 
avlodlar olinadi. Erkak nasldor hayvonlar qo„yidagi bosqichlarda tanlanadi: 
1.
 
Kelib chiqishiga qarab tanlash; 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə