Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   274
chorvachilik kitob

Nafas olish tipi
tanasi tor, uzun uncha chuqur bo„lmagan ko„krak qafasi, 
qobirg„alari qiya qo„yilgan, terisi yupqa, zich, egiluvchan va harakatchan; suyaklari 
ingichka va yengil, muskullari zich; modda almashinuvining tez kechishi bilan 
ta‟riflanadi. Ushbu tipga sutdor qoramollar, serjun qo„ylar va salt miniluvchi otlar 
kiradi. 
Ovqat hazm qilish
tipiga mansub hayvonlar keng, ko„kragi keng, chuqur, kalta 
bo„lib, qobirg„alari tik qo„yilgan; terisi yupqa, bo„sh; muskul va teri osti yog„ qatlami 
kuchli rivojlangan; upka hajmi kichik; suyaklari ingichka; ularda modda almashinuvi 
sust kechadi. Bu tipga qoramollar va qo„ylar, og„ir yuk tortuvchi otlar kiradi.
Hayvonlarning konstitutsiyasi bilan ularning sog„ligi, mahsuldorligi, tez 
yetiluvchanligi, burdoqilanishi, harakatchanligi, serpushtligi, chidamliligi, uzoq 
yashashi, sharoitga moslashishi xususiyatlari o„zviy bog„langan bo„ladi. Shuning 
uchun ham yuqoridagi belgilar naslchilik ishiga asos qilib olinadi. Akademik 
M.F.Ivanov an‟anaviy konstitutsiya tasnifiga mustahkam tipni qo„shgan. Bu tip 


18 
ta‟rifi bilan zich tipga yaqin turib barcha yo„nalishdagi hayvonlarga xos 
hisoblanadi. Bunday tipga mansub hayvonlar mustahkam tana, o„rtacha nerv 
ko„zg„aluvchanligi bilan ta‟riflanib o„zoq vaqt yuqori mahsuldorlik va 
pushtdorlikka ega bo„lishlari kerak. 
Konstitutsiyadagi salbiy belgilar oziqlantirish va saqlash me‟yorlarini qo„pol 
buzilishi va naslchilik ishlarini reja bo„yicha olib bormaslik oqibatida ro„y beradi.
Tana tuzilishi va konstitutsiyaga salbiy ta‟sir kursatuvchi naslchilik ishidagi 
nuqsonlarga qo„yidagilar kiradi: 
A)
Qator bo„g„inlarda qarindosh urchitishni qo„llash; 
B)
Bir yoqlama tanlash va juftlash;
V)
Hayvonlarni juftlashda ularning konstitutsiyasi xususiyatlariga e‟tibor 
bermaslik; 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə