Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


-rasm. Sut yo‘nalishidagi sigir tana qismlari



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274
chorvachilik kitob

1.1-rasm. Sut yo‘nalishidagi sigir tana qismlari. 
1.-ensa; 2-peshona; 3-tumshuq; 4-pastki jag„; 5-bo„yin; 6-bo„yin usti; 7-ko„krak oldi; 8-
to„sh; 9-yag„rin; 10-kurak; 11-yelka kurak bo„g„ini; 12-tirsak; 13-bilak; 14-bilakuzuk; 15-
kaft; 16-tuyoq; 17-bel; 18-biqin; 19-paypastlab ko„rish nuqtasi; 20-«sut qudug„i»; 21-«Sut 
venasi»; 22-yelin; 23-yonbosh do„ngliklari; 24-dumg„oza; 25-o„tirg„ich do„ngliklari; 26-
son; 27-tizza; 28-sakrash bo„g„ini; 29-dum popigi; 30-boldir. 
Shuningdek tashqi tana tuzilishi hayvonning yoshiga; mustahkamligi va 
sog„ligi; rivojlanganligi; zoti; muayyan xo„jalikda oziqlantirish va saqlash usullari; 
tirik vazniga bog„liq bo„ladi. Hayvonlar tashqi tuzilishi faqat uning mahsuldorlik 


14 
yo„nalishini aniqlab berishi mumkin, lekin mahsulot miqdori va sifatini belgilab 
bera olmaydi. 
Hayvonlar tashqi tuzilishi hayvonlarni baholashda va tanlashda alohida o„rin 
to„tadi. Nasldor hayvonlar yaxshi rivojlangan, mustahkam va sog„lom tanaga, 
ikkilamchi jinsiy belgilar bo„rtib turishi, tanasining alohida qismlari mo„tanosib 
bo„lib mahsulot yo„nalishiga mos bo„lishi kerak. 
Hayvonlar ekstereri ularning yoshi, jinsi asosida alohida tana qismlarining 
rivojlanishiga qarab qo„yidagi usullar yordamida aniqlanadi: ko„z bilan chamalab, 
o„lchash, tana indekslarini hisoblash, grafik va rasmga tushirish bilan o„rganiladi. 
Ko„z bilan chamalab baholashda tananing mo„tanosibligi va alohida tana 
qismlarining rivojlanishi, umumiy ko„rinishi aniqlanadi. Bu yo„l bilan hayvonning 
o„z mahsulot yo„nalishiga mosligi va foydalanish imkoniyatlari belgilanadi. Ushbu 
usulning kamchiligi uning sub„yektivligida, ya‟ni hayvonning barcha ijobiy va 
salbiy belgilarini aniq baholash imkoniyati yo„q. 
Ko„z bilan chamalab baholashda punktir yoki ball tizimi ancha aniq 
hisoblanadi. Sut va sut-go„sht yo„nalishidagi buqalarning 5 yoshgacha har yili, 1 va 
3 laktatsiya yoshidagi sigirlarni laktatsiyasining 2-3 oylarida baholanadi. Agar 
hayvon hayoti davomida ekstereri bo„yicha baholanmagan bo„lsa navbatdagi 
bonitirovka davomida baholanishi mumkin.
Buqalarni ekstereri bo„yicha 30 ballik, sigirlar 10 ballik shkala asosida 
baholanadi. Yosh qoramollar ham 10 ballik shkala bo„yicha baholanadi. 
Tanani alohida qismlarga bo„lib o„rganish ko„z bilan chamalab baholash 
samaradorligini oshiradi. Qoramol tanasi qo„yidagi tana qismlariga bo„linadi: boshi 
va buyni, ko„kragi, yag„rin va beli, tananing o„rta qismi, orqasi, yelin va 
so„rg„ichlar, oyoqlar. Shu qismlarning ijobiy ko„rsatkichlari va nuqsonlarini 
jamlash natijasida ekstererga bus-butun baho berish mumkin.
Qoramollarning ekstererini o„rganishda ularning tana qismlarini o„lchash 
bilan aniq ma‟lumotlar olish mumkin. 
Asosiy o„lchamlar: yag„rin balandligi, bel balandligi, dumg„oza balandligi, 
o„tirg„ich do„ngliklari balandligi, ko„krak kengligi, ko„krak chuqurligi, tananing 
to„g„ri uzunligi, tananing qiya uzunligi, yonbosh suyaklari kengligi, ko„krak va kaft 
aylanasi. Ushbu o„lchamlar Lidtin tayog„i, Vilkens sirkuli va o„lchov lentasi 
yordamida olinadi. O‟lchamlarni to„g„ri olish ularning o„lchash nuqtalarini aniq 
bilish va asbobdan oqilona foydalanishga bog„liq.
Hayvon to„g„ri, xolis, erkin tekis joyga qo„yilib o„lchanadi, uning asosida u 
yoki bu tana qismining rivojlanishi haqida fikr yuritiladi.
Tana indekslarini hisoblash asosida uning xususiyatlarining yaqqol foizlarda 
ifodalanadi. Tana indeksi deb bir yoki bir necha o„lchamning boshqa o„lchamga 
nisbatini foizlarda ifodalanishiga aytiladi. Indeks ko„rsatkichiga qarab har bir tana 
qismining rivojlanishiga xolis baho berishi mumkin. Qoramollarda 10 tana 
indekslari hisoblab chiqarildi.


15 
Grafik usulda hayvonlarning tana o„lchamlari ko„rsatkichlari bir-biriga 
solishtirib chizgida ifodalanadi. Ushbu usul ayrim hayvonlar, guruh, poda, 
yo„nalish, qator, oila, zot hayvonlarning eksterer xususiyatlarini solishtirib ko„rib 
xulosa chiqarish imkonini beradi. 
Rasmga tushurish asosida hayvonning tana tuzilishi xususiyatlarini xohlagan 
mahalda o„rganish mumkin. Ayniqsa buqalarni avlodlarining mahsuldorligi 
bo„yicha baholashda yosh buqachalar katta miqdorda urug„ olib muzlatilib o„zlari 
go„shtga topshirilib yuboriladi. Qizlarning mahsuldorligi hisoblangandan keyin 
buqa yaxshilovchi deb tan olinsa, sigirlarga juftlashda rasm asqotadi. 
Ekstererning o„zgarishi hayvonning yoshiga, jinsiga, oziqlantirish va saqlash 
sharoitiga bog„liq.
Chirvinskiy-Maligonov qonuniyati-ma‟lum davrda yetarli oziqlantirmaslik shu 
davrda jadal o„sadigan a‟zo va qismlarning rivojlanishga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Interer
– hayvonlarni tanasining tuzilishi (ularning ichki morfofiziologik 
xususiyatlari).
Tana tashqi tuzilishi va a‟zo, to„qimalar faoliyati bir biri bilan o„zviy 
bog„langandir, shu boisdan hayvonlarning interer farqi mahsuldorlik yo„nalishini 
aks ettirib, ularning sog„ligini belgilaydi. 
Bir zotga mansub (qora-ola) go„shtdorlik tomonga og„gan sigirlarning vazni 
719 kg, oylik suti 304 kg bo„lgani holda, sutdor tip sigirlarning vazni 664 kg oylik 
suti 571 kg ni tashkil qilib, qoni eritrotsitlar bilan ko„proq tuyingan(7,46 mln/mm³ I 
guruhda esa 6,75 mln/mm³) bo„lgan. Sermahsul sigirlarda eritrotsitlar va 
gemoglobin miqdorining kamligiga qaramasdan yurak urishi va nafas olishining 
tezligi ularda modda almashuvining yuqoriligidan dalolat beradi. 
L.V. Bogdanov tanada aylanayotgan qon miqdori bilan sut mahsuldorigini 
ijobiy korrelyativ bog„lanish isbotlangan.
Muhim interer ko„rsatkichlardan yelindagi to„qimalar nisbati hisoblanadi, 
sersut sigirlarda yelin 75-80% bez to„qimalaridan, faqat 20-25% biriktiruvchi va 
yog„ to„qimalardan tashkil topadi. 
Sut yo„nalishidagi sigirlar terisi yupqa bo„lib, teri osti yog„ qatlami kam 
bo„ladi, bu ko„rsatkich go„sht yo„nalishidagi qoramollarda qalin bo„ladi. 
Ovqat hazm qilish a‟zolarining hajmi va faoliyati sut yo„nalishidagi 
qoramollarda yaxshiroq rivojlanganligi aniqlangan. 
Go„shtning sifati uning morfologik, kimyoviy tarkibi va gistologik tuzilishiga 
bog„liq. Muskul, yog„, suyak va biriktiruvchi to„qimalar nisbatiga qarab go„shtning 
sifati belgilanadi. 
Go„sht tolalarining ingichkaligiga, ular orasida yog„ pardalarining borligini 
gistologik usul bilan aniqlash go„sht sifati haqida fikr yuritish imkoniyatini beradi. 
Chopqir otlarda, serjun qo„ylarda, go„shtdor cho„chqalarda, sertuxum 
tovuqlarda qon oqsilining yuqoriligi, eritrotsitlar sonini ko„pligi, qonning 
gemoglobin bilan yaxshi tuyinganligi ularda modda almashuvining tez kechishidan 
dalolat beradi.


16 
Interer ko„rsatkichlari hayvonlarni baholashda, mahsulot yo„nalishini 
belgilashda, sog„ligi sharoitga moslashuvini aniqlashda muhim o„rin to„tadi. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə