Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


O‘zbekistonda chorva bosh sonlarining oshishi



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274
chorvachilik kitob

 
O‘zbekistonda chorva bosh sonlarining oshishi. 
(yil boshida, ming bosh) 
Hayvonlar 
turi 
Yillar 
1917 
1941 
1961 
1991 
2012 
Jami qoramollar 
1342 
1672,3 
2231,7 
4508,8 
9642.0 
Shu jumladan sigirlar 
487 
621,6 
873,9 
1856,4 
3878,2 
Qo„y va echkilar 
3821 
5792,0 
8901,0 
9229,6 
16187,1 
Otlar
517 
456,8 
200,8 
105,2 
184,6 
Parrandalar

5458,3 
7810,3 
36025,6 
42731,2 
Qoramollar bosh sonining mustaqillik yillarida jadal o„sganligiga guvoh 
bo„lamiz, yoki u 113,8 % ni tashkil etgan. Shu jumladan sigirlar sonini tez suratlar 
bilan o„sib borishi ijobiy ko„rsatkich hisoblanadi, yoki 20 yilda ular soni 108,9 %
ko„payib, poda tarkibining 40,3 % ni tashkil qilib, to„liq zootexnikaviy talablar 
darajasida deyish mumkin. Qoramollarning barchasi fermer, dehqon va shaxsiy 
yordamchi xo„jaliklar evaziga to„g„ri keladi. 
Qo„y va echkilar mustaqillik yillari 75,4 % ga ko„payib, ularning asosiy qismi 
xususiy mulkka asoslangan xo„jaliklarda, bir qismi xukumat qarori bilan 
qoldirilgan korako„lchilik shirkat xo„jaliklari evaziga to„gri keladi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatda go„sht yetishtirish 98,3 % ga, sut yetishtirish 
123 % ga ortishi quvonarli hol hisoblanadi. 
Tuxum yetishtirishning biroz kamayishi sanoat parrandachiligida mulk 
shaklining o„zgarishi yoki barcha parrandachilik korxonalarining to„lik quvvatlar 
bilan ishlamasligi hisoblanadi. Hozirgi kunda bu sohani jadal rivojlanishi uchun 



barcha sharoitlar yaratib berilgan. Yirik parrandachilik korxonalari bilan birga 
kichik parrandachilik va fermer xo„jaliklari tez rivojlanib bormoqda. 
Mahsulotlar 
Yillar 
1960 
1990 
2012 
Go„sht (tirik vaznda, ming tonna) 
359,6 
789,1 
1564,2 
Sut, ming tonna 
847,6 
3034,2 
6766,2 
Tuxum, mln.dona 
457,8 
2452,9 
3441,7 
Jun, ming tonna 
12,9 
24,4 
26,5 
Qorakul, ming dona 
1892,0 
1483,0 
934,9 
Pilla, ming tonna 
14,6 
33,0 
25,0 
Keyingi yillarda chorvachilikni rivojlantirish uch ildizga suyangan holda olib 
borilishi shart. Birinchi navbatda mamlakatimizda mustahkam yem-xashak bazasini 
yaratishdan iborat bo„lib, bu masalani amalga oshirish uchun almashlab ekish, 
oraliq va takroriy ekinlar ekishni joriy etish. Xashaki ekinlar hosildorligini oshirish 
evaziga har gektar xashaki ekin maydonidan 100-150 s. oziqa birligi olishni 
ta‟minlash kerak. 
Fermalarni nasldor mollar bilan ta‟minlash uchun barcha mulk shaklidagi 
chorvachilik xo„jaliklariga naslchilik ishlarini andozalar asosida yo„lga qo„yish 
Turli mulk shaklidagi xo„jaliklarda yangi jadal texnologiyalarni joriy qilish 
asosida jahon andozalari darajasida ishlab chiqarishni tashkil qilish. 
Ayniqsa fermer xo„jaliklarida yangi jahon tajribasida sinovdan o„tgan 
texnologiyalarni joriy qilish bu sohani faqat obro„yini oshiradi. 
Mamlakatda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni ko„paytirish uchun 
hayvonlarning mahsuldorligini keskin oshirishni taqozo etadi. 
Buning uchun mamlakatda har bir sigirdan sog„ib olinayotgan sutni dastlab 
hech bo„lmaganda 3000 kg.ga yetkazish, 2 barobar sut yetishtirishni ko„paytirish 
imkonini beradi va xalqimizning sut mahsulotlariga bo„lgan talabini to„liq 
qondirishni ta‟minlaydi. 
Go„sht uchun topshiriladigan chorva hayvonlarining o„rtacha vaznini oshirish 
bu borada bosh omil bo„lmog„i kerak yoki qoramollar vaznini 400-450 kg, 
qo„ylarni 50 kg, chuchqalarni 120-130 kg.ga yetkazib go„shtga topshirish, kamida 2 
barobar go„sht yetishtirishni ko„paytirib xalqimiz talabini qondiradi. 
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi «Shaxsiy 
yordamchi, fermer va dehqon xo„jaliklarida chorva mollarini ko„paytirishni 
rag„barlantirish chora-tadbirlari to„g„risidagi», 21 aprel 2008 yildagi “Shahsiy 
yordamchi, dehqon va fermer xo‟jaliklarida chorva mollar ko‟paytirishni 
ragbatlantirishni kuchaytirush hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni 
kengaytirish borasidagi qo‟shimcha chora –tadirlar to‟g‟risida”gi qarorlari 
mamlakatimizda chorvachilikni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib 
berdi. Ushbu qaror barcha toifadagi xo„jaliklarda chorva mahsulotlari yetishtirishni 
ko„paytirish va ijtimoiy masalalarni hal etish imkoniyatlarini ochib berdi. 




Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə