Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   274
chorvachilik kitob

Nozik bo‘sh.
Bu tipga go„shtdor qoramollar va yog„ tipidagi cho„chqalar 
kiradi. Ularda modda almashinuvi sekin kechadi, natijada ular tez semirib, yog„ 
to„playdi, nerv sistemasi sekin ko„zg„aluvchan, biroz hayot faoliyati bo„shashgan, 
terisi yupqa, bo„sh, siyrak, nozik, yumshoq jun bilan qoplangan. Boshi yengil
kalta. Buyni kalta yo„g„on. Ko„kragi kalta, keng, chuqur, dumaloq. Suyagi 
ingichka, yengil. Tuyog„i yumshoq, chidamli emas. Oyoqlari kalta. Muskullari 
kuchli rivojlangan, teri osti yog„ qatlami qalin.
Dag‘al zich.
Bu tipga ish qoramollari va og„ir yuk tortuvchi otlar kiradi. Bu 
hayvonlar o„rtacha ko„zg„aluvchan nerv sistemasiga ega, hayotchan va ishchan 
bo„ladi, harakatchan, chidamli va sharoitga o„ta talabchan bo„lmaydi.
Terisi zich, qalin, yo„g„on jun tolalari bilan qoplangan. Kallasi katta, dag„al. 
Buyni kalta, yo„g„on. Tanasining oldingi uchdan bir qismi kuchli rivojlangan. 
Suyaklari qalin, yo„g„on, qattiq. Bug„inlari va tuyoqlari qattiq. Muskulaturasi 
yaxshi rivojlangan, zich va kuchli. Teri osti yog„ qatlami yaxshi rivojlanmagan. 
Dag‘al bo‘sh.
Bunday hayvonlar barcha yo„nalishdagi hayvonlarda uchrab
ular kech yetiluvchan, oziqaga yomon xaq to„laydi, kam harakat, tez kasallikga 
chalinadi, shuning uchun xo„jalik nuqtai-nazaridan maqsadga muvofiq emas. 
Ularda nerv sistemasi bo„sh, modda almashinuvi past, pushtdorligi qoniqarsiz; 
terisi qalin, bo„sh, hamirsimon, dag„al jun tolalari bilan qoplangan. Suyagi 
yo„g„on, bo„sh. Tuyoqlari qattiq emas. Muskullari yaxshi rivojlangan, biroq bo„sh. 
U.Dyuret
tomonidan ishlab chiqarishda kam qo„llaniladigan tasnif asosiga 
hayvonlar ekstereri bilan ularning organizmida kechadigan gaz almashinuvi va 
oksidlanishi-qaytarilishi jarayonlarining o„zviy bog„liqligi asos qilib olish va ovqat 
hazm qilish tiplarini ajratgan, uchinchi qilib aralash tipni kiritgan(rasm). 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə