35
chatishtirishda hayvon bosh ko„p bo„lishi qarindosh urchitishga yo„l qo„ymasdan,
tizimlar shakllantirish imkonini beradi.
Ushbu chatishtirish usulida turli hayvon va parranda zotlari yaratilgan.
Ukraina ok cho„chqa zoti muallifi akademik M.F.Ivanov qo„yidagilarni
e‟tiborga olgan:
1.Maqsadni aniq qo„yish va unga intilish;
2.Chatishtirish uchun mos zotlarni saylab olish;
3.Tanlash san‟ati, mos hayvonlarni juftlash;
4.Me‟yordagi oziqlantirish va
saqlash sharoitlarini yaratish;
5.Qarindosh urchitishdan oqilona foydalanish;
6.Ayovsiz puchakka chiqarish(90% gacha) asl hayvonlarni tanlab olish;
7.Kerakli bosh samarani ta‟minlash, yangi tizimlarni
shakllantirish, qarindosh
urchitishga majbur bo„lmaslik, dastlabki zotlardan foydalanishga yo„l qo„ymaslik.
Almashlab chatishtirish.
Bu chatishtirishda ikki mos zot qatnashib, har bug„inda
zotlar nasldor erkak
hayvonlari almashib keladi. Ushbu chatishtirish usuli sermahsul,
sharoitga yaxshi
moslashgan, hayotchan hayvonlar olish, ya‟ni
geterozis ishtirok etishni, ba‟zi
hollarda yangi zot yaratishga imkon yaratadi.(anglo-normand ot zoti).
Monand zotlarni tanlash muhim ahamiyat kasb etib, chatishtirishda nafaqat sof
urg„ochi hayvonlardan foydalanib qolmasdan, chatishma urg„ochi
hayvonlardan
ham foydalanish imkoniyati tug„iladi. Bunday chatishtirish chatishma
hayvonlarning asl belgilarini o„zida aks ettirishi bilan ajralib turadi.
Ushbu
chatishtirishda samaraga erishish uchun zootexnika hisob-kitoblarini to„liq yuritish
kerak. Bu chatishtirish usuli ko„proq bug„inlar tez almashadigan-cho„chqachilik,
qo„ychilik va parrandachilikda keng qo„llaniladi .
Dostları ilə paylaş: