34
Qon singdirish chatishtirishi.
Uning maqsadi bir zotni ikkinchi bir zot bilan butunlay yangilashdan iborat.
Ko„pincha bu usul mahalliy zotlarni tubdan yaxshilashda qo„l keladi. Ushbu
maqsadda oldindan yaxshilovchi deb saylangan zot erkak nasldor hayvonlari yoki
ularning urug„lari keltiriladi.
Yaxshilanuvchi zot urg„ochi hayvonlari tanlanib
yaxshilovchi zot nasldor
hayvonlari yaxshilovchi zot nasldor erkak hayvonlari bilan juftlanadi va (F2) I
,bo„g„in chatishma hayvonlari olinadi, ular yana yaxshilovchi zot erkak nasldor
hayvonlari bilan juftlanib(F3)III bo„g„in
chatishma hayvonlar olinadi, bu jarayon
qo„yilgan maqsadga binoan davom ettirilishi yoki talabga javob beradigan
chatishma hayvonlar «o„z ichida» urchitiladi.
Ushbu chatishtirish mobaynida yaxshilanuvchi zotga taalluqli bo„lgan
hayotchanlik,
kasalliklarga chidamlilik, konstitutsiyasining mustahkamligi,
sharoitga yaxshi moslashishi kabi hislatlarni yo„qotib qo„ymaslikka harakat qilish
kerak.
Zotdorlik – chatishma hayvonni olishda qatnashgan
zotlarning nisbati bilan
belgilanadi.
Aniqlashda ota va onaning chatishma hayvon olishdagi tengligi inobatga
olinadi.
Barcha chatishtirish natijasida dastlab I bo„g„in chatishma hayvonlar olinadi,
hokazo.
Qon qo‘yish chatishtirishi.
Ushbu chatishtirishning maqsadi zotni butunlay yangilash bo„lmasdan, uning
alohida olgan bir xususiyatini yaxshilashdan iborat
va zotning asosiy belgilari
saqlanib qolinadi. Bu chatishtirish usulida belgisi yaxshilanuvchi zotga mos zavod
erkak nasldor hayvonlari bilan 3-4 bo„g„in juftlanadi, natijada yaxshilovchi zot
ta‟siri so„nadi. Kerak bo„lsa ushbu chatishtirish yana qaytarilishi mumkin. Jahonda
ushbu usuldan ko„pchilik chorvachilik
sohalarida foydalaniladi, otlarga sof zotli
salt miniluvchi, go„shtdor qoramollarga shortgorn va gereford, sutdor mollarga
golland, jundor qo„ylarga merinoslar qoni qo„yilgan.
Dostları ilə paylaş: