Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Inbridingni salbiy ta’sirini qo‘yidagicha susaytirish mumkin



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   274
chorvachilik kitob

Inbridingni salbiy ta’sirini qo‘yidagicha susaytirish mumkin: 
A)
«qonni yangilash»- bir zotga mansub qarindosh bo„lmagan hayvon bilan 
juftlash; 
B)
Boshqa zot hayvonlari bilan juftlash; 
V)
Qattiq tanlash; 
G)
Inbred hayvonlarni yaxshi oziqlantirish va saqlash; 
D)
Qarindosh hayvonlar juftlanganda, erkak va urg„ochi hayvonlarning turli 
sharoitda o„stirilganligi inobatga olish. 
Turli turga mansub hayvonlar inbridingga turlicha javob beradi. Inbridingga 
otlar va cho„chqalar juda sezuvchan bo„lib, qoramollar va qo„ylarda unchalik 
bo„lmaydi. Parrandalarda 4-5 bo„g„in qon aralashishi ro„y bersa pushtdorligi
cho„chqalar esa hayotchanligini yo„qotadi. 
O‟simlikshunos va chorvadorlar qachonlardir qarindosh bo„lmagan(autbred) 
yoki boshqa zot(krossbriding), boshqa tur(gibritizatsiya) hayvonlarni juftlash 
natijasida baquvvat va hayotchan avlodlar olish isbotlagan. Bu holat geterozis deb 
ataladi. (ushbu terminni 1914 yilida Djon Shell taklif etgan).
Geterozis
– 
avlodning ota – onaga nisbatan rivojlanishi, konstitutsional mustahkamligi, 
kasalliklarga chidamliligi, oziqalardan foydalanish va mahsuldorligi bo„yicha 
ustunligi hisoblanib, yuqori geterozigotalik natijasida ro„y beradi. U hamma 
noqarindosh hayvonlar juftlanganda yoki hamma belgilar bo„yicha ro„y 
beravermaydi(skelet tuzilishi, tus, jun va barra teri sifati, jingalaklik, sutning 
yog„liligi va oqsilliligi). 
Geterozis birinchi bo„g„inda mavj urub, keyingi bo„g„inlarda susayib boradi 
va oxiri yuqoladi. 
Geterozis ko„pincha inbriding sezuvchan bo„lgan belgilarda ro„y 
beradi(hayotchanlik, sut mahsuldorlik, tuxum mahsuldorligi va boshqalar). Ushbu 
belgilar past irsiy koeffitsientga ega bo„lib ularga genlarning noaddativ va tashqi 
muhit ta‟sir o„tkazadi. Ba‟zi belgilar inbrid depressiya va geterozis ta‟sirida kam 
o„zgaradi(oziqadan foydalanish, nimta sifati, junning uzunligi, ingichkaligi, tuxum 
vazni va boshqalar), chunki ularda irsiyat koeffitsienti yuqori bo„lib, additiv genlar 


31 
ishtirokida shakllanadi; ularga tashqi muhit kam ta‟sir o„tkazadi. Bu holatlardan 
oqilona foydalanish hayvonlardan mo„l va sifatli mahsulotlar olishni ta‟minlaydi. 
Alohida hayvon, butun guruhlarning moslik yoki kombinatsion qobiliyati- 
chatishtirishda qatnashayotgan hayvonlarning juftlash natijasida yuqori hayotchan, 
mahsuldor, geterozis avlod olish demakdir. Juftlanayotgan hayvonlarning 
kombinatsion qobiliyatini saqlash uchun turli qator va zotga mansub hayvonlar
urug„lantirilganda olingan avlodlar baholanadi (yirik vazni, sutdorligi, tuxumdorligi 
bo„yicha). Kombinatsion qobiliyat umumiy va maxsus bo„ladi. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə