Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   274
chorvachilik kitob

Umumiy kombinatsion qobiliyat 
bir qator va zotga mansub hayvonlar 
boshqa qator va zot hayvonlari bilan juftlanganda geterozis samaradorligiga 
erishadi. 
Maxsus kombinatsion qobiliyat 
bir qatorga mansub hayvonlar boshqa qator, 
aniq qator hayvonlari bilan juftlangandagina geterozis samarasini beradi. 
Inbred depressiya va geterozis ro‘y berishi bo‘yicha farazlar. 
Ushbu 
savolga dastlab Ch. Darvin javob topgan «chetdan changlanish ijobiy ta‟sir etadi, 
o„zidan changlanish zararli» degan. Uning sababi deb chatishtirishda erkak va 
urg„ochi hayvonlar gametalari ishtirok etib ular biologik jihatdan bir –birlaridan 
farqlanadilar. Inbridingda gametalar biologik jihatdan o„xshash bo„lib, shuning 
uchun hayotchanligi past avlod paydo bo„ladi. Darvin har xil jinsiy hujayralar 
qo„shilishining ijobiyligini, bir xil jinsiy hujayralar qo„shilishining zararligini 
aytgan, lekin farq sabablari to„la ochib bermagan. Keyinchalik inbred depressiya va 
geterozis hodisasi turlicha farazlarda o„z aksini topdi, ular genlarning o„zaro 
munosabatiga asoslangan: letal genlar farazi, ijobiy dominant genlar additiv 
harakati farazi, genlarni noallal o„zaro munosabati(epistaz, komplementarlik va 
boshqalar), o„ta dominantlik, fiziologik muvozanat, genetik tenglik va boshqalar. 
Eng ko„p tarqalganlari: 
1. O’tadominantlik farazi. 
Ushbu farazga ko„ra inbred depressiya va 
geterozis hodisasi dominant genlarining turli xil harakatiga bog„liq: 
A)
Mutatsiya oqibatida paydo bo„ladigan resessiv genlar organizmga salbiy 
ta‟sir ko„rsatadi. 
B)
F1 geterozislarda dominant ijobiy genlar ota-onasiga nisbatan ko„p bo„lib, 
ular belgilarni avlodda bo„rttirishga xizmat qiladi.(noallel genlarning additiv 
harakati). 
V)
geterozigotalarda 
noallel 
dominant 
genlar 
bir-birlarini 
to„ldiradi(komplementlar o„zaro munosabat). 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə