Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a


QAROQCHILAR XAZINANI O'G'IRLAB KETDILAR



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə30/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

YIGIRMA OLTINCHI BOB
QAROQCHILAR XAZINANI O'G'IRLAB KETDILAR

Ertasi tushga yaqin, bolalar o'z asboblarini olib kelish uchun o'sha qurigan daraxt yoniga bordilar. Tom bo'lsa, ichida jinlari bor uyga tezroq yetib olmoqchi, Gek esa bu ishga uncha oshiqmas edi.


- Tom deyman, - deb so'z boshladi Gek, - bugun kmi nima, bilasanmi?
Tom o'z ichida sekin-asta bir haftaning hamma kunlarini sanab chiqdi-da, hayron bo'lib darhol o'rtog'iga qaradi.

  • Voy, voy, voy! Esimdaii chiqarib qo'yibinan-ku, Gek.

  • Men ham buni o'ylamaganman va bugun juma ekani hozirgina esirnga tushdi.

  • Obbo qurib ketsin-ey! Mana shunday ishda ehtiyot bo'lish kerak, Gek. Biz bu ishni juma kuni qilib qo'yib baloga qolayozgan ekanmiz.

  • To'g'ri, shunday bo'lar edik. Albatta baloga yo'liqar edik, degin. Balki baxtli kunlar bordir, lekin harholda juma kuni emas.

  • Buni har qanday ahmoq biladi. Buni bilgan faqat sengina emas, Gek.

  • Buni faqat men bilaman dedhnmi? Gap faqat juma kunining o'zida ham emas-da! Men bugun kechasi juda yomon tush ko'rib chiqdim... Tushimda kalamushlarni ko'rdim.

  • Bee. Bu juda yomon tush. Kalamush ko'rding, albatta bir falokat bo'ladi. Nima qildi, kalamushlar bir-birlari bilan urushdilarmi?

-Yo'q.
- Ha. Unday bo'lsa durust. Basharti kalamushlar bir-birlari bilan urushmasalar, demak yuz beradigan falokatning yaqin o'rtada bo'lmasligini bildiradi. Faqat falokatga yo'liqib qolmaslik uchun juda ehtiyot bo"lish kerak. Kel, bugun shu islnmizni qo'yaylikda, biroz o'ynaylik. Gek, sen Robin Gudni bilasanmi?

  • Yo'q, Robin Gnd deganing kim?

  • U Angliyada bir zamonlar yasbagan eng ulug' kishilardan biri... ya'ni, masalan, engyaxsbi qaroqchi edi.

  • Ha, ha, qani men ham o'shanday bo'lsam! Xo'sh, u kimlarni talar edi?

  • Faqat domlalarni, sud amaldorlarini va podsho hamda boylarnigina talab, kambag'allarga hech tegmas edi. Kambag'allarni ko'rganida qo'ldan kelganicha ularni sevib, yordamlashib yurar edi.

- Juda ham yaxshi kishi bo'lgan ekan-da.
-Yaxshiligini ta'riflab bitirib boimaydi. Unday saxiy kishi dunyoda hech bo'lmagan. Hozir bo'lsa bunday kishilar mutlaqo yo'q, inening so'zimga ishonaver. U bir qoii orqasiga bog'lanib qo'yilgan holda faqat bir qo'li bilan butnn Angliya halqi orasidan xohlagan kishisini urib yiqita olar edi. O'zining kamoni bilan bo'lsa bir mil uzoqlikda o'n sentlik chaqani urib tushirar edi. Agar- o'qi chaqaning bir chetrog'iga tegib qolgan bo'lsa, xafa bo'lib yig'lar edi. Ana shunday qilib hozir Robin Gud o'yinini o'ynayzniz. Bu juda yaxshi o'yin, men senga o'rgatib qo'yaman.
- Durust, men ham roziman.
Bular kun bo'yi Robin Gud o'yinini o'ynadilar. O'yinda davom etar ekanlar, damba-dam ajinalar bor uyga ko'z tashlab qo'yar va ertasi ularni nima kutib turgani to'g'risida o'ylamas edilar. Kun botishga yaqinlashganda. ular uylariga qarab jo'nadilar. Yo'lda daraxtlarning uzun-uzun ko'lankalai'hii bosib o'ta-o"ta, o'rinon ichiga kirib ko'zdan g'oyib bo'ldilar.
Shanba kuni, tushdan keyinroq bolalar yana o'sha qurigan daraxt oldiga keldilar. Ular daraxtlar ko'lankasida biroz yotib, so'zlashib, tamaki chekishib oldilar-da, keyin, biror narsa topishga ishonchlari bo'lmasa ham, kavlangan chuqur ichiiii biroz timirskilab turdilar. Tomning aytishicha, ba'zi bir kishilar shu tariqa dunyo axtarib, yerni kavlab-kavlab zerik-kanlaridan keyin xazinaning chiqishiga oz qolganini bilmay, tashlab ketar ekanlar. Keyin bularning orqasidan boshqa bir kishi kelar ekanda, bir marta kerki urish bilan besh-olti qarich chamasi yerdan haligi xazinani topib olar ekanlar. Biroq bolalarning bu galgi g'ayratlari ham bekorga ketdi, ular kerki va bel-kuraklarini yelkalariga tashlab, jo'nab ketdilar. Ular nazarlarida baxt bilan hazilkashlik qilmay, xazinani axtarib topish yo'lidagi bor shartlarning hammasini halollik bilan bajarganliklarini o'ylab borar edilar. Nihoyat, ular o'sha «ajinalik» uy yoniga ham yetib ketdilar.
Bu ayni tush vaqtidagi jimjitlik ular uchun qo'rqinchli bo'lib ko'rindi. Ular sekin-asta eshik yoniga yaqin borib, qo'rqib-qaltiraganlari holda ichkariga qaradilar. Uyning ichida taxta pol o'rniga o'tlar o'sib yotar, derazalarining oynasi yo'q, zinalari sinib ketgan edi: ship va devorlarining hammasini o'rgimchak uyalari qoplagan edi. Bolalar o'zlarini dadil tutib, ichkariga kirdilar. Ular o'zaro sekingina shivirlashib so'zlashar, yuraklari o'ynab, har bu tiq etgan tovushni diqqat bilan tinglar edilar. Biror narsaning tovushi quloqqa chalinib qolsa, qochib qolish uchun ham tayyor edilar.
Biroq, sekin-asta bu yerning sharoitiga ko'nikib, qo'rqmaydigan bo'lib qoldilar. Ular qiziqib, uy ichini tomosha qilib yurar, shu bilan o'zlarining botirliklariga hayron qolar va buning uchun faxrlanar edilar: keyin ular yuqorini ham chiqib ko'rmoqchi bo'ldilar. Bu bilan ular o'zlarining qochish yo'llarini to'sar edilar, biroq ular bir-birlariga dalda berib, nihoyat kutganlariday natija kelib chiqqanday bo'lib, qo'llaridagi asboblarini bir burchakka yig'ishtirib qo'ydilar-da, yuqoriga chiqdilar; unda ham xuddi pastdagidek xarobaga duch keldilar. Ular uyning bir burchagida kichkina bir hujra ko'rib, unda biror g'animat bordir, deb ishongan edilar, biroq kutganlariday bo'lib chiqmadi. Hujra bo'sh edi. Endi ular juda dadil, hech narsadan qo'rqinay yurardilar. Endigina pastga tushib, ish boshlamoqchi bo'lib turgan edilar, Tom birdan:

  • Tss! - deb qo'ydi.

  • Niina gap? - dedi Gek, qo'rqqanidan rangi oppoq oqarib.

  • Tss! Anovi joyda... eshitayapsanmi?

  • Ha, ha. Voy-bo'-y-y! Kel, qochaqolaylik.

  • Qayoqqa qochar eding, tinch tur, nafasingni chiqarma, ular eshikka yaqinlashib kelayotirlar.

Bolalarniiig ikkalasi ham eshik yorig'idan biror narsa ko'ramizmi deb yerga cho'zilishib, qo'rqqanlaridan damlarini chiqarmay yotar edilar.
-Ana, to'xtadilar... yo'q... tag'in yurib kelayotirlar... ana, kelib qoldilar. Bijirlay bermasang-chi, Gek, - eshitib qoladilar. Oh, qayoqdan ham shu yerga kehb qoldim.
Eshikdan ikki kishi kirib keldi. Ulardan biri so'nggi vaqtlarda har zamon-har zamonda shaharda ko'rinib qoladigan ispaniyalik jingalak chol edi, ikkinchisini bolalar tanunadi.
«Ikkinchi»si iflos, ust-boshlari uvada, ko'rimsiz bashara, juda ham chirkin bir vujud edi. Ispaniyalik chol bir plashga o'ralib olgan, soch-soqollari oqargan va hurpaygan, keng yoyiq qalpog'i ostidan oppoq uzun jingalak sochlari osilib tushib turar, ko'k ko'zlari ko'zoynak bilan qoplangan edi. Ular kirib kela-yotganlarida, «ikkinchi»si o'z o'rtog'iga nimalarnidir pichirlab so'zlab kelar edi. Ikkovlari ham orqalarini devorga o'girib, yuzlarini eshikka qaratib o'tirib oldilar.
Gapirib kelayotgan odam hikoyasida davom etdi. Sekin-asta u ehtiyot bo'lishni ham unutib, tovushini baland qo'yib so'zlay boshladi.
- Yo'q, - der edi u, - men hammasini o'ylab qaradim,
bu ish menga ma'qul emas. Bu juda xavfli ish.
- Xavfli emish, - dedi bolalarni juda hayron qoJdirib «jingalak», - o'ziiig ham juda shaltoq ekansaa-da.'
Bu tovushni eshitar ekan, bolalar qo'rqib qichqirib yuborayozdilar. Bu tovush Joning tovushi edi. Ikkovlari ham biroz jim turganlaridan keyin, Jo yana:

  • Ana unisi qanday qo'rqinchli edi, shunday bo'lsa ham o'tib ketdi-ku, - dedi.

  • U butunlay boshqacha edi. Unisi - bu yerdan ancha uzoqda, daryoning bosh tomonida.

  • Bu yerga kunduz kuni kelishning o'zi naqadar qo'rqinchli, bizlarga har qanday kishining ko'zi tushishi bilanoq, darhol shubhalanadi.

  • Bilaman, bilaman! Lekin shunday ahmoqona ishni qilib qo'yganimdan keyin darhol yashirinish uchun yaqin o'rtada qulay joy topolmadim-da! O'zim-ning ham umuman bu yerda qolishga tobim yo'q. Bu yerdan kecha kechqurunoq chiqib ketar edim, lekin birovga sezdirmay chiqib ketish to'g'risida o'ylash ham mumkin emas edi, negaki anavi juvonmarg ikkita bola xuddi uyning oldidagi tepada o'ynab o'tirishardi.

Hindining bu so'zlarini eshitar ekan, «juvonmarg ikki bola»ning badanlari jimirlashib ketdi. O'ylagan ishlarini juma kuni qilmay, bir kunni kutmoqchi bo'lganlari ham juda yaxshi bo'lgan edi. Bular o'z ko'ngillarida shu ishlarini biror yil orqaga qoldirmaganlari uchun achinar edilar.
Haligi daydilar xaltalaridan ovqat olib yeya boshladilar. Hindi Jo ancha vaqt o'ylanib o'tirganidan keyin:
- Menga qara, hoy bola, - dedi, - sen qaytib o'sha suv bo'yiga bor, sening uchun eng qulay yer o'sha. O'sha yerga borib mendaii bir xabar bo'lishini kutib tur. Men bo'lsam, fursatni topib, shahar ichiga kirib, undagi ahvolni bilib chiqaman. Avval hamma yerni yaxshilab tekshirib g'ovur-g’uvur bosilganiiii bilgandan keyiii, bu qo'rqinchli ishni boshlasak bo'ladi. Undan key in ikkovimiz Texasga qarab qochib qolamiz.
Ikkinchi kishi bu gapdan juda niamnun bo'ldi. Keyin ikkovlari ham og'izlarini katta ochib esnay boshladilar, hindi esa sherigiga qarab:
- Poyloqchi bo'laverib o'lgudek uyqhn kelayapti, endi navbat seniki, - dedi.
U yerda o'sib yotgan o't ustiga g'ujanak bo'lib yotib oldi-da, darrov xurrak ota ketdi. O'rtog'i uni bir-ikki marta turtib qo'ygan edi, xurragi bosildi. Keyin poylab o'tirgani ham tumshug'ini pastga egib uxlab qoldi, endi bularning ikkovi ham xurrak tortishardi. Bolalar endi biroz erkin nafas oldilar.

  • Endi biz qutuldik! - deb shivirlardi Tom. - Yur endi tezroq!

  • Yo'q, yo'q, - dedi Gek. - Agar ular uyg'onib qolsalar, men turgan joyhnda qotib qolaman.

Tom yalinar, Gek esa sira ko'nmas edi. Oxiri, Tom sekingina o'rnidan turib, yolg'iz o'zi keta boshladi. Lekin u birinchi qadam qo'yishi bilanoq oyog'i ostida bir narsa qattiq g'ijirlab ketdi. Tom qo'rqqanidan o'sha yerning o'zida o'tirib qolib, yana qaytib qo'zg'alishga jur'at qilolmay qoldi. Daqiqalar judayam sekin o'tib borardi. Bolalarning nazarida go'yo vaqt butunlay to'xtab, abadiylik davri boshlangandek edi. Nihoyat ular quyoshning botayotganini ko'rib, shodlanib ketdilar.
Endi xurrak tortuvchilar ikki kishi emas, faqat bittagina edi. Hindi Jo boshini ko'tarib o'tirdi-da, atrofiga ko'z tashladi. Keyin o'zining o'rtog'iga ko'zi tushdi. Uning boshi egilib, tizzasiga tegib turardi. Jo uni k o'rib, zaharxanda qilib qo'ydi. Keyin uni oyog'i bilan bir tepib qo'ydi-da:

  • Tur o'rningdan! Zap poyloqchi ekansan-ku!..

  • Nabotki men uxlab qolgan bo'lsain-a?

  • Xayr, gunoh qilishga qilding. Qani, do'stim, endi yo'lga tushishiiniz kerak. Bizda hali ozgina zapas ham borku! Pulni niina qilamiz.

  • Bilmadim, har safargidek shu yerda qoldirib ketsak qanday bo'lar ekan? Biz janubga qarab jo'nagunimizcha, u bizga kerak bo'lmaydi-ku! Olti yuz ellik dollar kumushni doim yelkamizda ko'tarib yurish tag'in qiyin.

  • Shunday... lekin yana qaytib shu yerga kelib yurishga tobim yo'q...

  • Hech gap emas, har safargidek bir kuni kechasi kehb ketamiz-da... shunday qilganhniz yaxshi.

  • Bu to'g'ri, lekin bunda bir gap bor,.do'stim: biz anavi ishimizni balki tezda bitirinasmiz, qayoqdan bilasan, hali nimalar bo'ladi. Pullarimiz bo'lsa yaxshigina yashirilgan emas. Kel, undan ko'ra pullarimizni yaxshilab chuqurroq yerga ko'mib qo'yaylik.

  • Yaxshi maslahat, - dedi o'rtog'i va uyning narigi tomoniga o'tdi-yu, tiz cho'kib, o'choqning orqa tomonidagi g'ishtdan bittasini ko'tarib, uning ichidan bir qop oldi. Qopning ichidan yoqimli kumush tovushi eshitildi. U qop ichidan o'ziga yiginna-o'ttiz dollar oldi va o'rtog'iga ham o'shancha olib berdi-da, qopni hindiga uzatdi. Hindi uyning bir burchagida tiz cho'kib, pichog'i bilan yerni kavlay boshladi.

Bolalar buni ko'rib qo'rquvni eslaridan chiqarib yubordilar. Ular o'sha ikki kishining har bir harakatini sinchiklab kuzatib turar edilar. Axir, qanday baxt! Bmiday dunyo, bunchalik pullarni bular xayollariga ham keltirmagan edilar. Olti yuz dollar-a! Bu pul shularga o'xshagan bolalardan oltitasini boy qihb yuborishga hain yetadi. Xazinaning o'zi to'ppa-to'g'ri qoiga kirib turardi.
Endi qayerni kavlash kerakligini o'ylab o'tirishning ham hojati yo'q.
Bolalarning ikkalasi ham tirsaklari bilan damba-dam bir-birlarini turtib qo'yardilar va har qaysisi bu turtkilarning: « r qalay endi, bu yerga kelganimizga xursand bo'ldingmi?- degan ma'noni anglatganini tushunar edi.
Hindining pichog'i qandaydir bir qattiq narsaga borib tegdi.

  • Eha! - dedi u.

  • Nima bor ekan bu yerda? - deb so'radi o'rtog'i.

  • Chirik taxta shekilli... Yo'q, sandiqchaga o'xshaydi. Buyoqqa kel, olishib yubor! Ko'raylik-chi, nima ekan. To'xta, to'xta, men uning ustini teshib yubordim.

U, qo'lini yashikka tiqdi-da, darhol tortib oldi.
- Menga qara, bu hammasi pul ekan-ku!
Qo'llariga bir hovuch tillani olib, ikkalasi ham engashib qarab turishardi. Buning hammasi oltin edi. Bolalar yuqoridan qarab turib, bu ikkala daydidan ham ortiqroq hovliqar edilar.
- Sandiqchani tezroq kavlab olish kerak, - dedi Jonmg o'rtog'i. - Men boya ana u burchakda, ko'k o'tlar orasida, zang bosgan bir eski kerki ko'rgan edim, borib o'shani
olib kelayin.
U yugurib borib bolalar qo'yib ketgan kerki bilan belkurakni olib keldi. Hindi kerkini qo'liga olib, sinch-kovlab unga qarab chiqdi, boshini chayqab qo'ydi va o'zicha bir narsa deb ming'illadi-da, kavlay boshladi.
Tezlikda sandiqni kavlab oldilar. Sandiqcha uncha katta eraas, usti temir bilan qoplangan, juda pishiq bo'lsa ham, lekin ko'p zamonlar yer ostida yotib chirib ketgan edi.
Bu ikkala daydi bir necha daqiqa davomida shodliklari ichlariga sig'may, topgan dunyolarini tomosha qilib o'tirdilar.

  • Do'stirn, buning ichida juda pul ko'p, - dedi hindi Jo, bir necha ming dollar bor.

  • Kishilarning aytishlaricha, bir zamonlar shu yerlarda Merrel degan shayka tentib yiirar ekan, - dedi •'ikkiiichisi-...

  • Men ham shunday deb eshitgan edim, bu xazinalarni shu yerga o'shalar yashirib ketgan bo'lsalar kerak.

- Endi sen ana u ishingni qilmasang ham bo'ladi.
Hindining qovog'i solinib ketdi.

  • Sen meni bilmaysan yoki shu ishning boshidan oyog;igacha tushunib yetmagansan. Bunda gap o'g'ri-likda emas, gap o'ch olishda. - Shu so'zlar bilan uning ko'zlarida g'azab o'ti yonib ketdi. - Ana shu ishni tamom qilsak, keyin Texasga qarab ketaveramiz. Endi sen uyingga, xotining Nensi va bolalaring oldiga borib mendan xabar kutib tur.

  • Durust, sening aytganingcha boisin. Buni-chi, buni nima qilamiz, yana ko'mib qo'yamizmi?

  • Ha. - (Yuqorida bolalar shodlanib ketdilar). -

  • Yo'q, ulug' saxem no mi bilan qasamyod qilamanki, yo'q, - (Yuqoridagilarni zo'r qayg'u bosdi). - Mening esimdan chiqayozgan: belkurakda yangigina qazilgan tuproq belgisi bor. - (Bolalar qo'rqqanlaridan ko'zlarining oldini qorong'ilik bosib ketdi.) - Bu belkurak bilan kerki bu yerdan nima qilib yotibdi? Undagi yangigina qazilgan tuproq yuqi qayerdan tekkan? Bularni kim bu yerga olib kelgan va olib kelgan kishining o'zi qayoqqa ketgan? Sen bu yerda hech kimni ko'rmading va eshitmadingmi? Endi yana bu pullarni shu yerga ko'mamizmi? Biror kishi kelsin-da, yerning yangigina qazilganini ko'rib, kavlab olib ketsinmi? Yo'q, biz buni mening g'orimga olib borib

qo'yamiz.
- To'g'ri, to'g'ri! Men bu haqda o'ylab ham ko"r-mabman. Qaysi g'orga? Birinchi g'orgami?
- Yo'q, ikkinchi g'orga, xocli ostiga ko'mamiz.
Birinchisi bo'lmaydi, juda ko'zga tashlanib turadi.
- Yaxshi. Endi qorong'i bo'lib qoldi. Boraversak ham bo'ladi.
Hindi Jo o'rnidan turib, u derazadan bu derazaning yoniga borib atrofga ko'z solib qaradi.
- Bu kerki bilan belkurakni bu yerga kiiii olib keldi ekan? Sen ninia deb o'ylaysan, yuqorida birov yo'qmikan?
Bolalarning kayflari uchib ketdi. Hindi Jo qo'lini pichog'iga qo'yib, bir nafas qat'iyatsizlik bilan turdi-da, keyin zinaga qarab yurdi. Bolalar bolaxonada kichkina hujra borligini eslariga tusbirgan bo'lsalar ham, lekin o'rinlaridan qo'zg'alishga yurakiari dov bermadi. Jonhig og'ir qadamlari ostida narvonning bosqichlari g'irchillab ketdi.
Bolalarda yuz bergan chidab bo'lniaslik qo'rquv, nihoyat ularda jur'at tug'dirdi: uiar endigina hujraga qarab qochmoqchi bo'lib turgan edilar, birdan chirib qolgan narvon Joning og'ir gavdasini ko'tarolniay qarsillab sinib ketdi, hindi Jo narvonning mayda-chuyda bo'laklari bilan yerga dunialab tushdi. U ingrab va so'kinib o'rnidan turdi, o'rtog'i esa unga qarab dedi:
- O'sha yoqqa chiqishning nhna keragi bor edi? U yerda birov o'tirgan bo'lsa, o'tiraversin, bizning nhna ishhniz bor? Agar o'sha yerdan o'zini tashlab, yiqihb o'lmoqchi boisa, unga ham qai-shiligimiz yo'q. Chorak soatdan keyin juda qorong'i bo'lib qoladi, o'shanda orqamizdan quvishni istasa, quvaversin. Men shunday deb o'ylayman, bu narsalarni olib kelgan kishilar, bizlarni ko'rishib, shaytonlarmi yoki jinlarmi deb jonlaii boricha hanuz qochib ketayotgan bo'lsalar kerak.
Jo biroz ming'illadi-da, o'rtog'ining: «Endi axtarib o'tu-ishga vaqt yo'q, kunning yorug' vaqtidan foydalanib yo'lga chiqish kerak" degan maslahatiga rozi bo'ldi.
Ko'p o'tmay, ular uydan sekingina chiqdilar-da, qalinlashib kelayotgan qorong'ilik pardasi ichida qimmatbaho sandiqchaiii olib, daryo bo'yiga jo'nadilar. Tom bilan Gek uzoq yotganlaridan va qo'rqqanlaridan badanlari bo'shashgan holda o'rinlaridan turdilar va endi biroz erkin nafas olib, uyniiig yog'och devorlari orasidan mo'ralab. baligilarning orqasidan qarab qoldilar. Ularning orqalaridan poylab borish kerak edimi, deysizmi? Uni asta so'zlamang. Bizning qahramonlarimiz bo'yinlari uzilmay, sog'-salomat pastga tushib olganlariga shodlanar edilar. Ular tepalikdan oshib uylariga qarab jo'nadilar. Yo'lda ketar ekanlar, ular ko'p so'zlashmas edilar, ikkovlari ham aqlsizliklari uchun o'zlaridaii o'zlari ranjib borardilar. Belkurak bilaii kerki olib kelib qo'yganlari ham bularga katta zarar bo'ldi, agar shu asboblar ko'rinmasa, hindi Jo bu yerdan hadiksiramas edi. U o'z oltin-kumushlarini yana shu yerning o'ziga ko'mib qo'yib, birovdan «o'ch olish» uchun ketar edi-yu, qaytib kelmas edi. Shu yerga keltirib qo'yishlari yomon bo'ldi-da. Bular ispaniyalik kishi shahar ichiga kirib, undagi ahvolni bilib, keyin o'zining o'ch olish ishini yuzaga chiqarish uchun muvofiq payt topishini ta'qib etishib, so'ngra uni o'zlari aytgan ikkinchi sonli g'orgacha kuzatib bormoqchi bo'lgan edilar. Birdan Tomning xayolida qo'rqinchli bir fikr tug'ildi:

  • Gek deyuiaii, bularnhig o'ch oiaman, degan kishilari biz bo'lmaylik tag'in?

  • Qo'y, qo'y, so'zlama! - dedi Gek, qo'rqqanidan taxta bo'lib.

Bular hamma narsani mulohaza qilib ko'rdilar va shaharga yaqinlashib qolganlarida hindi balki boshqa kishidan shubhalangandir, yoki Tomning o'zidangina shubhalanishi mumkin, chunki unga qarshi guvohlik bergan faqat Tomning o'zi edi, degan qarorga keldilar.
Xavf faqatgina Tomgagina tegishli degan flkr uni ovuntirmas, ko'pchilik bilan bo'lsam unchalik xavf-xatarda qolmas edim, deb o'ylar edi Tom.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə