Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə32/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

HINDI JONING KULBASIDA

Tom bilau Gek o'sha oqshomdayoq o'ylagan xavfli ishlarini qilib koTmoqchi bo'ldilar. Ular soat to'qqizgacha qovoqxonaning oldida aylanib yurdilar. Birovi katta ko'cha tomonidagi esbikni poylasa, ikkincbisi boshi berk ko'cbaga chiqadigan esbikni kuzatar edi. Torko'cha ichida hech kim koTinmasdi. Oshxonaga kirgan va chiqqanlar orasida ana u ispaniyalikka o'xshash kisbi ko'rinmas edi.


Kecha bulutsiz boiadigandek ko'rinar edi. Tom, agar qorong'i bo'lsa, o'rtog'ining derazasi yaqiniga kelib miyovlamoqchi bo'ldi-da, uyiga qarab ketdi. O'rtog'i kelib miyovlab chaqirsa u chiqadi-da, ikkovlari borib, kalitlarni solib ko'ra boshlaydilar. Lekin kecha oydin bo'ldi, shuning uchun Gek soat o'n ikkidan keyin kuzatuvchilik ishini yig'ishtirib qo'ydi-yu, bo"sh bir qand bochkasining ichiga kirib uyquga ketdi.
Seshanba kuni bolalarning ishlari yana o'ngidan kelmadi. Chorsbanba kuni ham shunday bo'ldi. Ammo payshanba kuni kechasi juda qorong'i bo'ladiganga o'xshab turar edi. Tom qo'liga xolasining eski fonusini va uni yopib yurish uchun bir sochiq olib, uydan chiqdi. Fonusni Gek yotib yuradigan bochkaning ichiga yashirib qo'ydi-da, ikkovlari ham poylab yura boshladilar. Yarim kechaga bir soat qolganda, qovoqxonani berkitib, chh-oqlarmi o'chirdilar. Boshqa uylardagi chiroqlar bo'lsa allaqachon o'chgan. Ispaniyalik ko'rinmas edi. Umuman hozirgi sharoit bular uchun juda qulay edi. Keehaning qorong'iligidan hech narsani ko'rib bo'lmasdi. Jimlikni har zamonda uzoqlardan eshitiladigan momaqaldiroqning gurul-lashigina buzar edi.
Tom fonusini oldi, bochkaning ichida yoqdi, sochiq bilan mahkam qilib o'radi, shu holda qahramonlarimiz qovoqxona tornonga qarab jo'nadilar. Gek qovoqxonaning katta ko'cha toinonidagi eshigi yonida poylab qoldi, Tom bo'lsa paypaslab torko'chaning ichiga qarab yurib ketdi. Qorong'ilik va jimjitlik ichida Gekni dahshatli vahima bosib ketdi. U endi shunday qorong'ilik ichida fonus yorug'ining bir marta yarqirab ko'rinib ketishini istay boshladi. Garchi to'satdau chiroq yorug'i ko'rmishi bUaii u qo'rqib ketsa ham, lekin bu bilan Tomning hali tirik ekaniga ishongan bo'lar edi.
Tom yo'q bo'lib ketganidan beii bir necha soatlar q'tib ketgandek ko'rinar edi.
«Aftidan, uning uchun yomon bh' narsa yuz bergan bo'lsa kerak. Balki u hayajonlanganidan va qo'rqqanidan o'lib ham qolgandir», - deb o'ylar edi Gek.
Shunday tashvishli xayollar ichida Gek sekin-asta torko'chaga yaqinlashib borar ekan, ko'z oldiga har xil yomon narsalar ko'rinar va damba-dam biror falokat yuz berishidan xavfsirar edi. U zo'rg'a nafas olar, yuragi bo'lsa shunday qattiq urar ediki, Gek: -Birdan chiroq yorug'i ko'rindi-da, oldidan Tom yugurganicha o'tib keta turib:
- Yugur, qochib qol, tezroq o'zingni qutqar! – deb shivirladi.
Takrorlab o'tirishga to'g'ri kelmadi. Tom so'zini ta-mom qilmasdanoq Gek allaqachon shataloq otib qolgan edi. Bolalar shaharning narigi chekkasidagi eski qushxonaga yetgunlaricha to'xtamay yugurib ketdilar. Ular ayvon tagiga kirib yashirinishga ulgurmagan ham edilarki, birdan havo guldurab, chaqmoq chaqdi-da, jala quyib yubordi. Tom nafasini biroz rostlab olgandan keyin so'zlay boshladi:
- Oh, Gek, qanday qo'rqinchli bilsang. Men kalitlardan ikkitasini solib ko'rdim. Mumkin qadar tovush chiqarmaslikka tirishdim, biroq, shuncha ehtiyot qilishimga qaramay, ular sharaqlar edi. O'zim ham sezmasdan eshikni itarib yuborgan edim, eshik ochilib ketdi. U quluflanmagan ekan. Men sakrab turdim-da, aochiqni ham tushirib yuborib, keyin... hoy, buyuk Sezarning sharpasi...

  • Xo'sh, keyin nima bo'ldi, Tom?

  • Gek! Men xuddi hindi Joning qo'liga tushib qolayozdim.

  • Rostdanmi?

  • Rost.

  • U o'sha hujrada, qo'llarini ikki yoqqa tashlab yerda cho'zilib uxlab yotgan ekan.

  • Xo'sh, keyin nima qilding uyg'ondimi, u?

  • Yo'q, u hatto qimirlamadi ham. Aftidan mast bo'lsa kerak. Men sochiqni oldim-da, qochib qoldim.

  • Shunday vaqtda sochiq esingga kelganini qara!

  • Sochiqni yo'qotib qo'ysam, xolamdan kaltakka o'lardim.

  • Menga qara Tom, sandiqchani-chi, sandiqchani ko'rmadingmi?

  • Ana bu gapingni qara, Gek! Shunday vaqtda qarab turishga fursat bo'ladimi? Yerda, hindi Joning yonida, bir tunnka quticha bilan bir bo'sh shisha yotar edi, undan boshqa na sandiq, na xoch ko'rdim. Yana o'sha uy ichida ikkita kichkina bochka bilan juda ko'p shisha ko'rdim. Endi u yerda qanday jmlar yurishini bildingmi?

  • Xo'sh, qanday jmlar yurar ekan?

  • Araqning jini-da! Balki Hushyorlik jamiyatiga qarashli shunday yerlarda doimo shunday «jini bor» uylar bo'ladigandir-da? Sen qanday deb o'ylaysan, Gek?

  • Shunday bo'lishi ham mumkin. Kim buni shunday deb o'ylar edi. Tom deyman, hindi Jo mast bo'lib yotgan bo'lsa, hozir sandiqchani olish uchun juda qulay vaqt ekan-da!

  • Borib ko'r bo'lmasa... Gek bir seskanib ketdi.

  • Yo'q, bormayman.

- Mening ham borgini yo'q, Gek. Hindi Joning oldida birgina shisha yotgan bo'lsa, bu - oz. Uning oldida aqalli uchta shisha bo'shab yotgan bo'lsa, unda balki borsa bo'lar edi.
Ular anchagacha jiin turdilar-da, keyin Tom:

  • Bilasanmi, Gek. - dedi, - bu hindining shu uyda yo'qligini aniq bilmagunimizcha bu ishga urin-maymiz, negaki juda qo'rqinchli. Agarda har kuni kechasi poylab yursak, uning birdamas-birda uydan chiqib ketayotganini ko'rib qolamiz. Shundagina biz darhol yugurib kirib, sandiqchani olib qochishimiz mumkin.

  • Bo'ldi bo'lmasa, men har kuni tong otguncha poylab yurishga ham roziman, faqat qolgan ishni bo'yningga olsang bo'lgani.

  • Durust, men ham roziman. Faqat sen bizning ko'chadan o'ta turib, miyovlab qo'ysang bo'ldi. Basharti anchagacha uyg'onmasam, derazaga ozroq qum sochib yuborsang, men darhol sezib, yugurib chiqaman.

  • Endi gap shu, bilib qo'y, shartimizdan qaytmaymiz.

  • Qani, Gek, momaqaldiroq va jala tindi, endi men uyga borayin. Tong otarga ham ozgina qoldi, ko'p bo'lsa ikki soat qolgandir. Sen endi o'sha yerni poylab yur, durustmi?

  • Xo'p, xo'p, men bu qovoqxonaning oldida bir yilgacha bo'lsa ham aylanib yuraveraman. Kunduzi uxlayman, kechalari bo'lsa poylab yuraman.

  • To'g'ri, Gek. Biroq, sen qayerda yotasan?

- Men Rojers pichanxonasida yotaman. U menga hech narsa demaydi. Ularning negri Jek amaki ham menga indamaydi. Ba'zida o'sha Jekka men suv keltirib beraman. Ba'zida u menga, ovqati bor mahalda, ovqat ham beradi. U juda yaxshi kishi-da, Tom, u meni juda yaxshi ko'radi, chunki men uning oldida tuinshug'imni yuqori ko'tarib, takabburlik qilaverinayman. Hatto ba'zi vaqtda men u bilan bir tovoqdan osh yegan vaqtlarim ham bo'ldi. Men unday takabbur emasman. Faqat sen buni hech kimga aytma. Ochlik bu yomon narsa, och, och qolsang shunday ishlarni qilasanki, to;q bo'lsang bunday ishlar yetti uxlab tushingga ham kirmas edi.
- Yaxshi, Gek, men seni kunduz kunlari bezovta qilniayman. Agarda seni uyg'otadigan bo'lsam, juda zarur vaqtlardagina uyg'otaman. Basharti sen kechasi biror narsani sezib qolgudek bo'lsang, darhol derazaning tagiga kelib miyovlasang bas.


YIGIRMA TO'QQIZINCHI BOB

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə