Markaziy osiyo xalqlarining etnopsixologiyasi


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 383,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix13.01.2023
ölçüsü383,05 Kb.
#98505
1   2   3
45-47

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–16_Issue-3_November_2022 
46 
narsalarni singdiradi.Qozoq libosi ko‘chmanchi,yarim o‘troq va o‘troq aholi 
qatlamlarining faoliyatiga moslashtirilgan.Unda xalqning jo‘shqin turmush tarzi,ishlab 
chiqarish darajasi,estetik ideallari o‘z ifodasini topgan. 
Qirg‘iz milliy liboslari odamlarning yashash sharoitlari,estetikasi va ehtiyojlariga 
moslashtirilgan.Ayniqsa qirg‘izlarda milliy bosh kiyim-elechekning ahamiyati 
beqiyosdir. 
Turkman milliy kiyimlari keng ko‘rinishda bo‘lib,bunday kiyimlar ko‘chmanchi 
tarzdagi hayot uchun juda monand,yilning issiq va sovuq mavsumlarida tana haroratini 
me‘yorida ushlab turish imkonini beradi. 
Tojiklarda mamlakat iqlimi turlicha ekanligi kiyimlarga ta‘sir ko‘rsatgan.Har bir 
hududda ob-havoga mos kiyimdan foydalaniladi.
O‘zbeklarning ham milliy kiyimlari ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib,an‘naviy 
turmush tarzi,tabiiy-geografik muhit va xo‘jalik an‘analar bilan bog‘liq. 
O‘zbeklarning asosiy ildizi turkiylardan boshlanganligi sababli ularda turkiylikka 
xos jangovarlik, mardlik, bag‘rikenglik, sahovatpeshalik, hojatbarorlik hislatlari 
o‘zining yorqin ifodasini topgan.Biz buni ayniqsa xalqimizning to‘y-tantanalarga 
o‘chligida, yillar mobaynida yig‘ib-terib elga tarqatishida zavq-shavq olishida, motam 
va a‘za marosimlarini uyushgan holda o‘tkazishida ko‘rish mumkin. 
O‘zbek milliy mentalitetiga xos jihatlardan yana biri jamiyat hayoti,insonlar 
turmush tarzini ko‘proq an‘ana,urf-odatlar orqali boshqarilishidir.Misol uchun to‘y 
marosimlarining ko‘p qismi mavjud urf-odat orqali o‘tkaziladi. 
Birgina O‘zbekiston hududining turli viloyatlarida ham o‘ziga xos psixologik 
qiyofa mavjudligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.Misol tariqasida oladigan bo‘lsak, 
O‘zbekiston hududida 12 ta viloyat mavjud bo‘lsa,har bir viloyatdagi aholining 
mehnatsevarligi turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.Masalan:Buxoroliklar 
ham,Qashqadaryo va Surxondaryoliklar ham,vodiy aholisi ham,hammasi mehnatkash 
xalq.Lekin ularning shu mehnatsevarligi faoliyatning turli sohalarida turlicha namoyon 
bo‘ladi.Buxoroda 
asosan 
dehqonchilik,chorvachilik 
bilan 
shug‘ullanish,Surxondaryoda asosan chorvachilik,vodiy hududida esa dehqonchilik 
bilan shug‘ullanish asosiy faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi.Bu faoliyat asosan ular 
yashayotgan hudud sharoitlari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. 
O'zbek xalqi xarakterida bir qarich yeriga yopishib olishlik, "kindik qoni 
to‘kilgan" yerni tark etmaslik xususiyatlari bor. Bu xarakter xususiyatlarining vujudga 
kelishi o‘zbek xalqi tarixiy taraqqiyotidagi o‘ziga xos xususiyatlar bilan bog‘liq. 
Masalan, Markaziy Osiyo, xususan, xozirgi O'zbekiston xududida mavjud bo‘lgan bir 
necha feodal davlatlar, xonliklarning siyosiy-iqtisodiy jihatdan parchalanganligi, ular 
o‘rtasidagi tez-tez bo‘lib turadigan qonli to‘qnashuvlar, xo‘jalik yurgizishdagi 
patriarxal usullarning mavjudligi, urug‘-aymoqchilik urf-odatlarining saqlanib qolishi 



Yüklə 383,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə