Markaziy osiyo xalqlarining etnopsixologiyasi


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 383,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix13.01.2023
ölçüsü383,05 Kb.
#98505
1   2   3
45-47

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–16_Issue-3_November_2022 
47 
va nihoyat dehqonchilik qilish uchun sug‘oriladigan, yaroqli yerlarning cheklanganligi 
kabi omillar, o‘zbek xalqi xarakteridagi shu xislatlarni vujudga keltirib chiqaradi. 
Tarix - avlodlarning birining o‘rniga ikkinchisining kelishidan iboratdir. Ularning 
har biri avvalgi avlodlar qoldirgan barcha materiallaridan, boyliklaridan, ishlab 
chiqaruvchi kuchlardan foydalanadi. Natijada avlodlararo vorislik paydo bo‘ladi. 
Milliy udumlar umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. Milliy xarakter 
umumbashariy xususiyatlarga zid bo‘lmaydi. Shuning uchun ham uni boshqa millat va 
elatlar xarakteridan ajratib qo‘yish yoki qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas. Har bir 
xalq boshqa xalq bilan yaqin ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlarga 
kirishganda undan o‘zida yo‘q narsalarni oladi va o‘zidan ham ularda bo‘lmagan 
narsalarni beradi. 
Lekin boshqa xalqlardan olingan bu xarakter xislatlari, millat vakillari tomonidan 
o‘zlashtirilganda, aynan o‘zgarishsiz ko‘chirma olmay, o‘ziga xos milliy ifodani oladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. T.U.Salimov ,,Jahon xalqlari etnologiyasi’’.Toshkent-2020 
2. B.M.Umarov ,,Psixologiya’’.Toshkent ,,Voris-nashriyot’’-2012 
3. V.M.Karimova ,,Psixologiya’’.A.Qodiriy nomidagi ,,Xalq merosi’’ nashriyoti- 
2002 
 

Yüklə 383,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə