Markaziy osiyo xalqlarining etnopsixologiyasi



Yüklə 383,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix13.01.2023
ölçüsü383,05 Kb.
#98505
  1   2   3
45-47



JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–16_Issue-3_November_2022 
45 
MARKAZIY OSIYO XALQLARINING ETNOPSIXOLOGIYASI 
 
Zulayho Saminjonova 
Farg‘ona davlat universiteti amaliy psixologiya yo‘nalishi talabasi 
 
Annotatsiya 
Ma‘lumki 
etnopsixologik xususiyatlarning o‘ziga xos tomonlarini 
mujassamlashtiruvchi va uni namoyon etuvchi shu etnik birlik vakillaridir.Etnik birlik 
vakillarida etnologik xususiyatlarning shakllanishi ko‘p jihatdan ular yashayotgan 
hayot tarzi bilan bog‘liq.Markaziy Osiyo hududida ham juda ko‘p etnik birlik vakillari 
istiqomat qiladi.Aynan shu etnik vakillarning milliy psixologik qiyofasi to‘g‘risida 
ushbu maqolada fikr yuritiladi. 
Kalit
so

zlar
:etnik psixologiya, milliy psixologik qiyofa, ijtimoiylashuv 
jarayoni, sotsium 
Har bir inson ma‘lum darajada mustaqil yashash va faollik ko‘rsatishga ega bo‘lsa 
ham lekin hayotda u faqat o‘z xohishi va tushunchasi bilan yashab qolmay,shuning 
bilan birgalikda o‘zi yashab turgan sotsial muhit va o‘zi mansub bo‘lgan xalqning 
tajriba,bilim va e‘tiqodlarini ham o‘zlashtirib boradi.Chunki inson o‘zi yashayotgan 
sotsial muhitdan ajralib yashay olmaydi.Har bir avlod vakillari ajdodlarning turmush 
tajribalarini,til va madaniy xususiyatlarini o‘zlashtirib,millat uchun umumiy bo‘lgan 
shart-sharoitlar ostida o‘sib,tarbiyalanib borishi natijasida ularning barchasida shu 
millatga xos bo‘lgan umumiy psixologik xislatlar shakllanadi.Shundan kelib chiqqan 
holda etnik psixologiyada xalqning yashash sharoitlaridan kelib chiqadigan ijtimoiy va 
maishiy odatlar,milliy xarakter,an‘analar,milliy tuyg‘ular,milliy ong va milliy o‘zlikni 
anglash kabilar aks etadi.
Milliy psixologik qiyofa etnik psixologiyaning asosiy komponentlaridan 
hisoblanib,milliy ong bilan birgalikda etnopsixologiyani tashkil qiladi.Milliy 
psixologik qiyofaning ichki tizimi va tuzilmasi masalasi A.I.Goryacheva, 
S.M.Arutyunyan, A.Bagramov, S.M.Junusov, P.D.Parigin, F.N.Filatov va boshqa 
tadqiqotchilar asarlarida,ilmiy ishlarida atroflicha yoritilgan. 
Markaziy Osiyo mintaqasiga Qozog‘iston,Qirg‘iziston,Turkmaniston,Tojikiston 
va O‘zbekiston kiradi.Mintaqada yashovchi aholining milliy psixologik qiyofasini 
yaratishda qisman o‘xshashliklarni ko‘rish mumkin.Masalan:Markaziy Osiyo 
xalqlarini dini, madaniyati, tili, san‘ti, urf-odatlarida yaqinlik mavjud.Birgina 
“Ko‘pkari’’ o‘yinini qozoq,qirg‘iz,o‘zbek,turkman,tojiklar sevib o‘ynaydi. 
Kiyimlarning ko‘rinishida ham har bir xalqning o‘ziga xos urf-odatlari aks etadi. 
Qozoqlarda xalq liboslari ko‘plab avlodlarning san‘ati va iste‘dodi bilan 
yaratilgan,yuzlab va minglab hunarmandlarning mehnati bilan ko‘paygan eng yaxshi 



Yüklə 383,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə