Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 61,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix22.03.2024
ölçüsü61,79 Kb.
#184087
  1   2   3   4   5   6
Ilm-fan va innovatsiya 0409



ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
43 
TARBIYA FANINI O‘QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYA 
MATERIALLARIDAN FOYDALANISH
Egamberdiyeva Shaxloxon Sayfiddin qizi 
Farg’ona Davlat Universiteti Boshlang’ich ta'lim va 
 sport tarbiyaviy ishi yònalishi IV kurs talabasi 
egamberdiyevashahlo551@gmail.com
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7874516
 
Annotatsiya
: Mazkur maqolada boshlang’ich sinflarda tarbiya fanini o‘rgatish jarayonida 
axborot texnologiya materiallaridan foydalanish bayon qilinadi.Umumta’lim maktablarining 
boshlang’ich sinflarida tarbiya fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarini qo‘llash va 
interaktiv metodlardan foydalanish orqali dars mashg’ulotlarini sifatini oshirish taklif 
qilingan. 
Umumta’lim maktablarida tabiat darslarida AKT texnologiyalari va materiallaridan keng va 
buning natijasida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga hamda dars jarayonini yanada qiziqarli 
tashkil etishga qaratilgan metodlar haqida fikr yuritilgan. O‘qituvchilar foydalanishi
mumkin bo‘lgan va foydalanib kelinayotgan materiallar keltirilgan. AKT texnologiyalari dars 
sifatini oshiribgina qolmay, dars jarayonida o‘quvchilarni ko‘proq ma’lumot egallashlariga 
hamda faollikka undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o‘zini tahlil qilishni va amaliyotda 
qo‘llashni o‘rgatadi. Ta’limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. 
Shunday ekan, ta’lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda 
ta’limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘gri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini 
hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, 
milliy g’oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma’naviy boyitishdan
iboratligi ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar:
innovatsion texnologiyalar, axborot kommunikatsion texnologiyalari, mantiqiy 
fiklash, prezintatsiya, interaktiv metod, aqliy hujum, uslub. 
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining tarbiyasi bilan yetarlicha 
shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi 
uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish toʻxtovsiz 
ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar 
yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh 
avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa jamiyat 
uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intizomlar tizimiga ega boʻlishi 
lozim.
1
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga 
qaratilgan amaliy pedagogik jarayondir. 
1
www..scientificprogress.uz 



Yüklə 61,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə