Markaziy Osiyo



Yüklə 372,91 Kb.
səhifə17/38
tarix19.12.2023
ölçüsü372,91 Kb.
#152803
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
geografiya

Geologik tuzilishi
Sharkiy Mikroneziya va Polineziya orollari mayda marjon atollaridan iborat. Gʻarbiy Mikroneziya va Melaneziya orollari bur-mali choʻkindi svitalar, intruziv va, ayniqsa, effuziv jinslardan tuzilgan boʻlib, Tinch okean tubining gʻarbiy chekkasidagi alp geosinklinalida joylashgan. Bu orollar mezozoy va kaynozoyda burmalangan ulkan tizmalarning suv ustidagi qismlaridir. Bu yerdagi hozirgi zamon vulkanizmi va zilzilalar togʻ hosil boʻlish harakatining davom etayotganligidan darak beradi. Tinch okean markaziy qismidagi orollar neogen oxiri — antropogen boshida yoriklar boʻylab oqib chiqqan bazaltli vulkan tizmalaridir. Gavayi, Samoa, Markiz, Jamiyat, Kuk, Tubuai orollari, Pasxa va boshqa mayda orollar vulkan natijasida hosil boʻlgan. Pekin koʻpgina vulkan choʻqqilari suv ostida boʻlib, ularning usti marjon bilan qoplangan. Marshall, Karolina, Gilbert, Ellis, Tokelau, Feniks, Layn, Tuamotu, Nauru, Oshen va boshqa mayda orollar marjon orollaridir. Okeaniyada foydali qazilmalardan koʻproq nikel, fosfat, neft, oltin, kumir, mis uchraydi.
Iqlimi
Okeaniya orollarining aksari qismi ikkala yarim sharning tropik iklim mintaqasida joylashgan; Avstraliya va Osiyoga yaqin ekvatorial kengliklardagi orollarda iklim subekvatorial, 180-meridiandan gʻarbda ekvatorial iklim. Tropik chizigʻidan shimol va janubida esa subtropik iklim. Yangi Zelandiyaning Janubiy oroli moʻʼtadil mintaqada. Eng issiq oyning oʻrtacha temperaturasi shimolida 25°(avgust), janubida 16°(fevral), eng sovuqoyniki shimolida 16° (fevral), janubida 5° (avgust). Ekvatorial zonada oʻrtacha oylik temperatura 26—28°. Okeaniyada temperaturaning sutkalik farqi kam. Yillik yogʻin passat shamollari esadigan tropik mintaqalarda 1000 mm dan kam. Ammo yirik vulkan orollarining shamolga roʻpara yon bagʻirlarida 10 000 mm ga yetadi. Okeaniyaning gʻarbiy qismida, ekvatordan shimolida yezda kuchli tropik dovullar boʻlib turadi. Yangi Gvineya va Yangi Zelandiyadagi togʻlarda muzliklar (umumiy maydoni 1000 km²) bor. Dare va koʻllar Okeaniyaning, asosan, gʻarbiy qismidagi togʻli yirik orollarida joylashgan. Eng katta daryolari: Flay, Digul (600 km) — Yangi Gvineyada. Okeaniyada mayda koʻl koʻp; eng kattasi — Yangi Zelandiyadagi Taupo koʻli. Vulkanli orollarda qaynoq va shoʻr suvli koʻllar, geyzerlar bor.

Yüklə 372,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə