Markaziy Osiyo


Foydali qazilmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]



Yüklə 372,91 Kb.
səhifə9/38
tarix19.12.2023
ölçüsü372,91 Kb.
#152803
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
geografiya

Foydali qazilmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]


Afrikada xilma-xil foydali qazilmalar bor. Bulardan koʻplari dunyodagi eng katta konlardir. Foydali qazilma konlari turli geologik davrlar yotqiziklarida uchraydi. Afrikaning asosiy mineral boyliklari kembriydan oldin va kembriy davrida hosil boʻlgan. Marganets rudalari, boksit, oltin, qalay, niobiy va asbest konlari kembriydan oldingi jinslar tarkibida uchraydi. JAR, Esvatini va Zimbabveda xrizotil-asbest konlari, JARda surma va korund konlari, dunyodagi uran aralash eng boy oltin konlari, Zimbabveda xromit va oltin konlari, Gvineyada boksit konlari, Ganada marganets rudasi, boksit va oltin konlari, Kongoda kumush, Nigeriyada kumush va kolumbit, Madagaskar o.da grafit bor. Markaziy Afrikaning mis mintaqasi kembriy davrida hosil boʻlgan jinslar orasida Zambiyada koʻp uchraydi. Bu yerda mis bilan birgalikda kobalt, uran, rux, Namibiyada vanadiy, berilliy va litiy konlari, Marokashda kobalt va polimetall konlari bor. Janubiy Afrikadagi kumush, xromit, marganets, temir rudalari, titanmagnetit va flyuorit konlari quyi paleozoyda hosil boʻlgan. JAR va Kongo Demokratik Respublikasidagi tub olmos, JAR va Zimbabvedagi koʻmir konlari, Sahroi Kabirning Jazoirga qarashli qismidagi neft konlari, Misrdagi marganets konlari mezozoy (yura va boʻr davrlari)da hosil boʻlgan. Atlantika sohilidan Misrgacha choʻzilgan keng maydonda fosforit, Marokashda marganets rudasi, Marokash, Jazoir va Tunisda temir, qoʻrgʻoshin, rux konlari mavjud.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Ekvator chizigʻi materikni teng ikki qismga boʻlib turganidan Afrikaning ekvatordan shim. va janubiy tomondagi qismlari bir xil iqlim mintaqalariga ega: ekvator iqlimi zonasidan keyin ekvator musson iqlimi, tropik va subtropik iqlim zonalari keladi. Ekvatordan shim. va janubiy tomonda yil fasllari bir-biriga teskaridir, yaʼni shimolida yoz boʻlganida janubida qish boʻladi va aksincha, Janubiy yarim sharda yezda oylik oʻrtacha temperatura 30°dan ortiq boʻlganda, shim. qismida pasayib 10°,25°ga tushadi. Yozda Afrikaning shim. yarmida oʻrtacha oylik temperatura 25ye, 30° (Sahroi Ka-birda), janubiy yarmida esa 25ye, eng janubida 12ye boʻladi. Afrikadagi Tripoli shahri (Liviya) yaqinida Yer yuzida eng yuqori temperatura (58°) qayd kilingan. Kongo botigʻi va Gvineya qoʻltigʻining shim. sohilida juda koʻp (yiliga 1500-2000 mm) yogʻin tushadi. Afrikada eng seryogʻin joy Debunja (Kamerun togʻi etagi)da, yiliga 9655 mm yogʻin tushadi. Yogʻin miqdori, Sudanda janubidan shimolga tomon kamayib boradi. Qolgan rayonlarda ekvatorga hamda Hind okeaniga yaqinlashgan sari ortadi (200 mm dan 1500 mm gacha); Sahroi Kabirda, Kalaxarining janubi-gʻarbida va Namib choʻlida, iqlimni sovitib yuboradigan Bengela oqimi taʼsiri natijasida ahyon-ahyondagina bir oz yomgʻir (100-200 mm) yogʻadi. Afrikaning shim. va janubiy chekkalarida yomgʻir qishda (yiliga 600-700 mm) yogʻadi.

Yüklə 372,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə