Ma’ruza-10 Avtomatlashtirilgan loihaga yondashuvlar



Yüklə 8,63 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü8,63 Kb.
#181638
Ma\'ruza-10


Ma’ruza-10 Avtomatlashtirilgan loihaga yondashuvlar
Agar loyihalash jarayonida yuqori ierarxik sathdagi masalalar echimi pastki ierarxik sathdagi masalalar echimidan oldin bajarilsa, bunday loyihalash “tushish”
yo’nalishidagi loyihalash deb ataladi. Aksincha, pastki sathdagi masalalar yuqori sathdagi masalardan oldin bajarilsa "chiqish" yo’nalishidagi loyihalash deyiladi.
Bunday loyihalash turlari o’z afzallik va kamchiliklariga ega. "Tushish" yo’nalishidagi loyihalashda sistema o’zining elementlari hali aniq bo’lmagan sharoitlarda
ishlab chiqiladi va ularning imkoniyat va xususiyatlari
taxminiy xarakterga ega bo’ladi. "Chiqish" yo’nalishidagi loyihalashda esa aksincha,
elementlar sistemadan oldin loyihalandi va sistemani loyihalashda elementlar taxminiy xarakterga ega bo’lmaydi.
Ikkala usulda ham to’liq dastlabki informatsiyaning yo’qligi sababli potentsial mumkin bo’lgan optimal texnik natijalardan chetga chiqishlar ro’y beradi. Shu sababli, amalda loyihalashda ikkala usulning ketma-ketligi, takrorlanishidan foydalaniladi (interatsion usul). Misol uchun unifikatsiyalashtirilgan va andozalashtirilgan elementlar mavjud bo’lgan hollarda "chiqish" yo’nalishida loyihalash o’rinli bo’ladi. Shuning uchun loyihalash jarayonida unifikatsiyalashtirish va andozalashtirish ishlariga katta ahamiyat beriladi.
Endi loyihalash ob’ektlarining tavsiflash turlari va ular parametrlarining tasnifi masalalarini ko’rib chiqaylik. Umuman olganda, loyihlash ob’ektining yakuniy
tavsifi sifatida shu ob’ektni ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo’lgan, konstruktorlik hujjatlar yagona sistemasi talablariga to’liq javob
beradigan sxemalar, konstruktsiyalar va texnologik xujjatlarning to’la komplekti qo’llanadi. Yakuniy tavsif, ya’ni yakuniy loyihaviy echim, oraliq loyihaviy
echimlardan tashkil topadi va ular ham albatta konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi talablariga mos tuziladi. Albatta ular yakuniy tavsiflarga bog’liq
talablardir. Lekin loyihalash jarayoni ichiga nazar solsak har bir oraliq protsedura va echimlar o’zining spetsifik formalarida va tillarida bajariladi. Avtomatlashtirilgan
loyihalash operatsiyalari va protseduralarini bajarishda bunday tavsiflar asosida loyihalash ob’ektining matematik modellari yotadi. Sababi avtomatlashtirilgan loyihalash jarayonining asosiy texnik vositasi elektron hisoblash mashinalari - faqatgina formallashtirilgan matematik modellar asosida lozim operatsiyalarni bajarishi mumkin.
Matematik model deganda matematik ob’ektlar to’plami va ular o’rtasidagi munosabatlar tushuniladi. Matematik modellar vositasida loyihalash obe’ektining asosiy
xususiyatlari tavsiflanadi.
Sistemali yondashuvda MM turkumida ob’ekt xususiyatlari quyidagilarda ifodalanadi: sistema xususiyatlari, sistema elementlarining xususiyatlari va tashqi muhit xususiyatlari. Bu xususiyatlarning raqamli ifodalari parametrlar deb ataladi. Sistema, sistema elementlari va tashqi muhit xususiyatlarining sonli miqdorlarini mos ravishda ob’ektning chiqish, ichki va tashqi parametrlari deb ataymiz. Misol uchun porshenli
kompressor uchun quyidagilarni keltirsa bo’ladi:
Chiqish parametrlari - kopressor unumdorligi, dvigatel quvvati, maksimal bosim miqdori, tsikllar soni, yonilg’i sarfi;
Ichki parametrlari - klapanlardagi havoga qarshilik koeffitsientlari, ishqalanish koeffitsienti, porshen sathining geometrik o’lchamlari.
Tashqi parametrlar - tashqi muhit temperaturasi, bosimi, chiqish sistemasining qarshiligi.
Chiqish, ichki va tashqi parametrlar sonlarini m,n,l lar bilan, bu parametrlar vektorlarini mos ravishda Y=(y1,y2,…,ym), X=(x1,x2,...,xn), Q=(q1,q2,…,qn) bilan
belgilab, ular o’rtasidagi munosabatni quyidagicha ifodalasa bo’ladi. (7-rasm)

Rasmda ko’rsatilganidek sistema xususiyati uning tashqi va ichki parametrlariga bog’liq va bu bog’liqni quyidagicha yozsa bo’ladi:
U = F (X,Q) (6)
Кeltirilgan munosabat loyihalash ob’ektining matematik modeliga misoli bo’la oladi. Bunday model yordamida ob’ektning chiqish parametrini X va Q vektorlar parametrlari orqali osongina aniqlasa bo’ladi. Lekin bunday modellarni faqat oddiy ob’ektlar uchun oson chiqarsa bo’ladi. Кo’pincha loyihalash ob’ektida sodir bo’ladigan jarayonlar quyidagi umumlashgan munosabat bilan ifodalanadi.
L v(z) = Q(z) (7)
Bunda L - jarayonga mos operator (integral,differentsial...,); Z - mustaqil (ixtiyoriy) o’zgaruvchi parametr vektori (bu parametr umuman olganda o’z ichiga vaqtni va fazoviy koordinatlarni oladi); v(z) – mustaqil o’zgaruvchanlarga nisbatan berilgan funktsiya. v – fazoviy o’zgaruvchilar vektori.
Ular loyihalash ob’ektini fizik va informatsion holatini ifodalaydi.
Misol uchun Nyuton qonuninidagi (mdv/dt = Ғ) tezlik v va kuch Ғ fazoviy o’zgaruvchilar hisoblanadi.
Amalda texnik topshiriqlarda loyihalanadigan ob’ektga nisbatan ma’lum texnik talablar berilgan bo’ladi.
Loyihalash jarayonida mana shu talablar har doim inobatga olib boriladi. Loyihalanadigan ob’ektga bo’lgan bir nechta talablar natijasini vektor formada birlashtirib truboprovoddagi bosimning yo’qotilishi, dvigateldagi
yonilg’i sarfi; 9 ga foydali ish koeffitsienti, dvigatel quvvati, kuchaytgirgich koeffitsienti; 10 ga optik sistemaning fokus oralig’i, kuchaytgichning rezonans chastotasi.
Yüklə 8,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə