|
![](/i/favi32.png) Ma’ruza №12. Kon atmosferasi. RejaShaxtada metan portlashiga portlatish ishlari, elektr uskunalari, mexanik uskunalarMa\'ruza-12.Shaxtada metan portlashiga portlatish ishlari, elektr uskunalari, mexanik uskunalar,
payvandlash uskunalarining buzilib qolganligi sabab bo'lishi mumkin.
Shaxtalarda metanning xavfli darajada to'planib qolishi va uning portlashi bilan
kurashishning asosiy yo'li metanning xavfli konsentratsiyalarini yig'ilib qolishiga yo'l
qo'ymaslikdir. Yotish burchagi 5° dan ortiq bo'lgan qatlamlardagi lavalar qoidaga muvofiq
yuqoriga yo'nalgan oqim bilan shamollatilishi kerak. Tayyorlov laxmlari zaboylarini
shamollatish qismlab to'ldiruvchi usul bilan ventilyatorlar bilan amalga oshirilishi kerak.
Shamollatish metanni laxmlarda quyidagi konsentratsiyalarda suyultirishni ta'minlab
beradi: pastga yo'nalgan lavalarda - 1% gacha; shaxta qanotidan umumiy pastga yo'nalgan
oqimlarda - 0,75% gacha, boshqa qazish va tayyorlov zaboylaridan tushuvchi oqimlarda - 0,5%
gacha. Qazish va tayyorlov laxmlari zaboylarida metan 2% va undan ko'p bo'lganda metan
konsentarsiyasi 1% ga tushguncha barcha ishlar to'xtatiladi. Portlashga xavfsiz va uchqunga
xavfli elektr uskunalar va yoritish apparatlari qo'llaniladi. Laxmlardagi elektr parmalash va
avtogen bilan bajariladigan ishlarga laxm toza havo oqimi bilan shamollatilganidan so'ng ruxsat
etiladi.
Portlatish ishlariga patronlashtirilib himoyalangan portlovchi moddalar va portlatish
mashinalariga portlashga xavfsiz qilib ishlangandagina ruxsat etiladi. Portlatish ishlarining hajmi
maksimal darajada qisqartirilgan bo'lishi kerak. Qatlamlarni skvajinalar yordamida
metansizlantirish metanning mavjud konsentratsiyasini kamaytirish uchun bir usul hisoblanadi.
Shaxtada yuz berishi mumkin bo'lgan metanning portlash avariyasidan insonlarni himoyalash
uchun qo'shimcha chiqish yo'llari, maxsus kameralar va havo oqimining yo'nalishini o'zgartish
manbalari bo'lishi kerak. Bu bilan albatta o'sha shaxtalarda ishlaydigan ishchilar tanish bo'lishi
ya'ni bular haqida ma'lumotga ega bo'lishi kerak.
Hech bo'lmasa bitta qatlamida metan aniqlangan shaxtalarda gazli rejimga o'tiladi. Bu
rejimda boshqa qatlamlarda ham metan bor-yo'qligi muntazam tekshirilib turiladi.
Ko'mir konlarini oldindan gazsizlashtirish
Ko'p miqdorda gaz ajraladigan shaxtalarda kon atmosferasining tarkibini yaxshi bo'lishini
ta'minlash uchun ventilyatsiya vositalaridan foydalanish bir qancha qiyinchiliklar tug'diradi.
Bunday hollarda ko'p gaz ajralib chiqadigan qatlamlar "shaxtalarda gazsizlashtirish ishlarining
xavfsiz olib borilishi yo'riqnomasi" ga binoan gazsizlashtiriladi. Gazsizlashtirish qazish zaboyiga
parallel burg'ulangan skvajinlar yordamida vakuum-nasoslar orqali amalga oshiriladi.
Skvajinalar orasidagi masofa tajriba yo'li bilan belgilanadi.
Gazsizlashtirish skvajinalari alohida hollarda ko'mir qatlamlaridagi 40% gacha gazni
so'rib oladi. Qazib olinadigan qatlamlarning ustida va ostidagi qatlamlarni gazsizlashtirish qazib
olinadigan qatlamning shtreklaridan burg'ulangan skvajinalar orqali amalga oshiriladi.
Gazsizlashtirish skvajinalaridan so'riv olingan gaz metall quvurlar orqali yer yuzasiga yo'naladi.
U yerda gazlar yonuvchi gaz yoki boshqa maqsadlarda ishlatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|