Kon havosi tarkibida karbonat angidridning 1% bo’lishi
insonda nafas olish
chastotasining oshishiga olib keladi, nafas qisishi va kuchsizlanish paydo bo’ladi, 4-5% karbonat
angidrid bo’lganda esa nafas olish chastotasi uch barobar ortadi, 5-6% karbonat angidrid bo’lsa,
nafas olish juda qiyinlashadi, 10% karbonat angidrid bo’lganda esa hushdan ketish bo’lishi
mumkin, karbonat angidrid 20-25% bo’lganda esa o’limga olib keladi.
Kon havosida С0
2
ning miqdori quyidagilardan oshib ketmasligi kerak: ish joylarida va
kiriluvchi uchastkalarda – 0,5%, kon laxmlarida – 0,75% va kon laxmlarini o’tish va ularni qayta
tiklash olib borilayotganda – 1% dan oshmasligi kerak. Karbonat angidridning mavjudligi
benzinli lampalar, УГ1-3 ko’chma gaz analizatori, ШИ-3, ШИ-5 va ШИ-6 uskunalari
yordamida aniqlanadi. Ushbu uskunalar interferension suratlar aralashmasini o’lchash
prinsipi
asosida ishlaydi. УП-З gaz analizatori 0,1– 10% konsentratsiyali karbonat angidridni 0,1%
aniqlikda o’lchay oladi. ШИ-3 gaz aniqlagich 0 – 6% konsentrasiyali karbonat angidridni 0,25%
aniqlikda o’lchaydi.
С0
2
ning ajralishi bo’yicha karbonat angidridning o’rtacha sutkalik miqdorini
xarakterlovchi absolyut karbonat saqlaganlik aniqlanadi.
Shaxtalar nisbiy karbonat angidrid saqlashiga ko’ra to’rt guruhga ajratiladi:
Shaxtalarning nisbiy ko’mir saqlashi,
m
3
/t
Shaxtalarning karbonat angidrid
saqlaganlik bo’yicha kategoriyalari
5 gacha
I
5 dan 10 gacha
II
10 dan 15 gacha
III
15 dan ortiq
Yuqori kategoriyalar
Uglerod oksidi
(СО), "is gazi" nomli gaz - rangsiz, hidsiz va ta'msiz gaz. Solishtirma
og'irligi 0,97. Juda kuchli zahar, yonadi va portlaydi. Uglerod oksidi kon laxmlarida portlatish
ishlari, yer osti yong'inlari, metanning portlashi va ko'mir changi natijasida hosil bo'ladi.
Kislorod oksididan zaharlanish darajasi uning havo tarkibidagi konsentratsiyasi
va insonning
zaharlangan atmosferadan nafas olish uzoqligiga bog'liq. Kon havosi tarkibida 0,4% uglerod
oksidi bo'lganda inson juda tez zaharlanadi va bu o'lim bilan yakunlanishi mumkin. Xavfsizlik
qoidalariga binoan kon havosi tarkibida uglerod oksidining miqdori 0,0016% dan oshib
ketmasligi kerak. Portlashdan keyin ishchilar zaboyga kirishi ruxsat etilishidan oldin kon
atmosferasida uglerod oksidining miqdori hajm bo'yicha 0,008% dan oshib ketmasligi kerak.
Kon laxmlarida uglerod oksidining mavjudligi ГХ-4 va ГХ-1 gaz aniqlagichlar va ОС-3
termik gaz aniqlagichlari yordamida aniqlanadi.
Vodorod sulfid
(H
2
S) — rangsiz, solishtirma og'irligi 1,19 bo'lgan gaz, shirin ta'mga ega
va hidlangan tuxumning hidiga ega, suvda oson eriydi.
Vodorod sulfid juda zaharli, insonning
nafas olish organlariga va ko'zning shilliq qatlamiga ta'sir qiladi. Kon havosida 0,015% vodorod
sulfidning mavjud bo'lishi kishida bosh og'rig'i va ko'ngil aynishiniga sabab bo'lsa, 0,08 vodorod
sulfid bo'lganda esa o'lim holati yuz beradi.
Xavfsizlik qoidalariga binoan shaxtada vodorod sulfidning miqdori 0,00066% dan oshib
ketmasligi kerak. Shaxtalarda vodorod sulfid organik moddalarga havoning bormasligi tufayli
ularning, mustahkamlagich yog'ochlarning, portlash jarayonlarining ta'sirida paydo bo'ladi.
Vodorod sulfid foydali qazilma va tog' jinslari yoriqlaridan va shaxta suvlaridan ajralib chiqishi
mumkin.
Kon havosi tarkibida vodorod sulfidning mavjudligi 0,00033-0,00066% oraliqda ГХ-4 va
ГХ-1 gaz aniqlagichlari bilan aniqlanadi va o'lchanadi.
Oltingugurtli gaz
(SO
2
) — solishtirma og'irligi 2,2 bo'lgan o'tkir hid va ta'mli rangsiz
yonmaydigan gaz. Juda zaharli, nafas olish organlari va ko'zning shilliq qatlamiga yomon ta'sir
qiladi. SO
2
tarkibida oltingugurt bo'lgan ruda va tog' jinslarida portlatish va yong'in ishlari sodir
bo'lganda hosil bo'ladi. Kon havosida oltingugurtli gazning miqdori 0,05% dan ortiq bo'lsa, u
inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Xavsizlik qoidalariga binoan,
kon havosi tarkibida SO
2
ning miqdori 0,0007% dan oshib ketmasligi kerak. Kon tarkibida SO
2
ning miqdori ГХ-4 va ГХ-
1 gaz aniqlagichlari yordamida o'lchamadi.
Metan
(СН
4
) — hidsiz, ta'msiz va rangsiz kon zaharli gazi, yonadi. Metan odatda ko'mir
shaxtalaridan ajraladi, lekin ayrim hollarda kam miqdorda qatlamli, kaliyli, uglerodli, bazida
temir, nikel konlarida ham uchraydi. Metanning solishtirma og'irligi 0,554, shuning uchun u kon
laxmlarining yuqori qismida yig'iladi. Kon havosining 5%
metan bilan aralashmasi yonadi, 5-
16% metan bo'lganda esa portlaydi. Kon atmosferasida 16% metan bo'lganda u portlamaydigan
holatga o'tadi. Ko'mir konlarida metan yoriqlarda, bo'shliqlarda va qisman ko'mirning yuzasida
uchraydi. Metan miqdorini o'lchash uchun ШИ-3, ШИ-5 va ШИ-6 gaz o'lchagichlari xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: