Ma’ruza №6: Markaziy Osiyoda kuzatiladigan tabiiy talofatlar va ularning oqibatlari Reja



Yüklə 112,57 Kb.
səhifə2/5
tarix24.05.2023
ölçüsü112,57 Kb.
#112604
1   2   3   4   5
6-маъруза

Zilzilaning kuchini baholash. Insoniyat о‘zining butun tarixiy taraqqiyoti mobayinida kо‘p yer silkinishlarni boshidan kechirgan, uning ayanchli oqibatlarining guvohi bо‘lgan. О‘tgan XX asrda eng kuchli yer silkinishlar кўпроқ Xitoyda, Yaponiyada, Ashxabadda , Marokashda , Eronda, Peruda, Armanistonda, Tayvanda,Turkiyada kuzatilgan.
Kuchli yer silkinishlari О‘zbekiston hududlarida ham kuzatilgan. Jumladan, 1902 yilda 8-9 ball bilan Andijonda, 1946 yilda Namanganda (Chotqol zilzilasi), 1868 va 1966 yilda 7-8 ball bilan Toshkentda, Gazlida 8-10 ball bilan va boshqa joylarda.
Bizning asrimizda esa: 2001 yilda Hindistonda 7,9 ball kuch bilan yer silkinishi oqibatida 30 mingdan ortiq odam nobud bо‘lgan va yuz mingdan ortiq insonlar, boshpanasiz qolganlar, 2003 yil Eronning Kerman viloyatining Bann shahrida 6,5 Magnituda kuch bilan yer silkinib, 50 mingdan ortiq odamlar о‘lgan, 50 mingdan ortiq odamlar jarohatlangan va shahardagi uylarning 90 foizdan ortig‘i butkul vayron bо‘lgan. Ma’lumotlarga kо‘ra, Eronda 1990 yildan to shu kungacha 950 martadan ortiq zilzilalar sodir bо‘lib, uning oqibatida 117 mingdan ortiq insonlar halok bо‘lib, 140 mingdan ortiq insonlar turli darajali jarohat olganlar.
Zilzila kuchi ikki xil о‘lchov birligida о‘lchanadi. 1.Ballarda; 2. Magnitudada. Dunyoning juda kо‘p davlatlarida yer silkinish kuchi 12 balli Xalqaro о‘lchov birligida о‘lchanadi.
Ball - yer yuzasining tebranma harakat darajasini kо‘rsatadi. Silkinish kuchini ballarda о‘lchashda «seysmograf»lardan foydalanib, tog‘ jinsi zarrachalarining tebranma harakat tezligi topiladi.
Epitsentrda tog‘ jinsi zarrachalarining seysmik tezlanishini, u yerda sodir bо‘lgan о‘zgarishlarga (buzilish, yorilish, vayron bо‘lish va h.k.) taqqoslangan holda Rossiya Fanlar Akademiyasi olimlari tomonidan yer silkinishining kuchini «ballarda» baholash shkalasi ishlab chiqilib, hozirda bu uslub hamma MDH ga kiruvchi davlatlarda jumladan, О‘zbekistonda MSK (Medvedyev, Shponxoyer va Karnik) nomi bilan qо‘llaniladi. Tuproq zarralarining tebranma harakat intensivligi - silkinish о‘chog‘i chuqurligiga, magnitudaga, epitsentrdan uzoq yaqinligiga, tuproqning geologik tuzilishiga va boshqa omillarga bog‘liq.
Ikkinchi о‘lchov birligi bu Rixter shkalasi bо‘yicha Magnituda (M) hisoblanadi. Magnituda shkalasi 1935 yilda Amerika seysmologi Ch. Rixter tomonidan taklif qilingan.
Magnituda yer silkinishining umumiy energiyasini kо‘rsatib, u erning maksimal surilish amplitudasining logarifmini belgilaydi va mikronlarda aniqlanadi. Magnituda-giposentrdan ajralib chiqqan energiyaga proporsional kattalik hisoblanib, uning maksimal qiymati 9 M gacha bо‘ladi.
Bu energiyaning (E) miqdori ba’zan shunchalik katta bо‘ladiki, hatto, yuz mingta vodorod bombasini portlatish oqibatida ajraladigan energiya quvvatiga teng kelishi mumkin.
Yer silkinishida magnitudaning har birlikka ortishi, 10 barobar yer tebranish amplitudasining ortishiga (tuproqning surilishi), hamda 30 barobar yer silkinish energiyasining ortishiga olib keladi. Masalan, M=5 dan M=7 gacha о‘zgarganda, tuproqning surilishi 100 barobarga, yer silkinish energiyasi esa 900 barobarga ortadi .

Yer silkinish kuchining xususiyatlari :


MSK shkalasi bo`yicha yer silkinish kuchiga qarab quyidagi holatlar kuzatiladi:
1 ball - sezilarsiz, faqatgina seysmik asboblar qayd qiladi;
2 ball - juda kuchsiz, uy ichida о‘tirgan ba’zi odamlar sezishi mumkin (deraza oynalari titraydi);
3 ball - kuchsiz, kо‘pchilik odamlar sezmaydi, ochiq joyda tinch о‘tirgan odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta sekin tebranadi;
4 ball - о‘rtacha sezilarli. Ochiq joyda, bino ichida turgan odamlar sezadi. Uy devorlari qirsillaydi. Rо‘zg‘or anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi;
5 ball - ancha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg‘onadi, ba’zi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishlardagi suyuqlik chayqalib tо‘kiladi, osilgan uy jihozlari qattiq tebranadi;
6 ball - kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg‘onadi, kо‘pchilik odamlar hovliga yugurib chiqadi. Uy hayvonlari betoqat bо‘ladi. Ba’zi hollarda kitob javonidagi kitoblar, rо‘zg‘or buyumlar javonlaridagi idishlar ag‘darilib tushadi;
7 ball - juda kuchli. Kо‘pchilik odamlarni qо‘rquv bosadi, kо‘chaga yugurib chiqadi, avtomobil haydovchilari harakat vaqtida ham sezadi, uy devorlarida katta -katta yoriqlar paydo bо‘ladi, hovuzlardagi suv chayqaladi va loyqalanadi.
8 ball - yemiruvchi. Xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar butunlay vayron bо‘ladi, ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo bо‘ladi, uy tepasidagi mо‘rilar yiqiladi, ba’zi daraxtlar butun tanasi bilan yiqiladi, sinadi, tog‘li joylarda qulash, surilish hodisalari yuz beradi.
9 ball - vayron qiluvchi. Yer qimirlashiga bardosh beradigan qilib qurilgan imorat va inshootlar ham qattiq shikastlanadi. Oddiy imoratlar butunlay vayron bо‘ladi, yer yuzasida yoriqlar paydo bо‘ladi, yer osti suvlari sizib chiqishi mumkin.
10 ball - yakson qiluvchi. Hamma imoratlar yakson bо‘ladi. Temir yо‘l izlari tо‘lqinsimon shaklga kelib bir tomonga qarab egilib qoladi, yer osti kommunal quvurlari uzilib ketadi, chо‘kish hodisalari yuz beradi. Suv havzalari tо‘lqinlanib qirg‘oqqa uriladi, qoyali yon bag‘rlarda katta-katta surilish hodisalari sodir bо‘ladi.
11 ball - fojiali. Hamma imoratlar deyarlik vayron bо‘ladi, tо‘g‘onlar yorilib ketadi, temir yо‘llar butunlay ishdan chiqadi, yerning ustki qismida katta-katta yoriqlar paydo bо‘ladi, yer ostidan balchiqlar kо‘tarilib chiqadi, surilish, qulash hodisalari nihoyasiga yetadi.
12 ball - kuchli fojiali. Yerning ustki qismida katta о‘zgarishlar yuz beradi. Hamma imoratlar butunlay vayron bо‘ladi, daryolarning о‘zani о‘zgarib, sharsharalar paydo bо‘ladi, tabiiy tо‘g‘onlar vujudga keladi.
MDH hududining 20 foyizga yaqin yeri seysmoaktiv mintaqa hisoblanib, bunday hududlarga asosan tog‘lik о‘lkalar, Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz, Karpat bо‘yi, Janubiy Qrim, Moldaviya, Primorye о‘lkasi, Saxalin, Kamchatka, Kuril orollari, Turkmaniston va О‘rta Osiyoning tog‘li о‘lkalari kiradi.
Yuqorida aytilganidek, yer silkinishida katta moddiy yuqotish hamda minglab odamlar о‘limi yuz beradi. Masalan, 1990 yilda Erondagi 8 balli yer qimirlashi oqibatida 50 ming odam о‘lib, 1 mln ga yaqin odamlar esa qon yо‘qotib, jarohat olganlar. Xuddi shunday holat 1988 yil 7 dekabrda Armanistondagi yer qimirlashida ham kuzatildi. U yerda juda katta kuch bilan (10,5 ball) yer silkingan va oqibatda 25 ming odam о‘lgan.
Xuddi shunga о‘xshash holat 1966 yildagi Toshkent zilzilasida ham kuzatilgan. Unda 8 balli silkinish sodir bо‘lib, imoratlarga, katta qurilishlarga ziyon yetgan. Silkinishlar bir necha kungacha vaqti-vaqti bilan takrorlanib turgan. Buning oqibatida 35 mingdan ortiq uylar vayron bо‘lib, 78 ming oila boshpanasiz qolgan, 2 mln. kvadrat metr yerdagi turar joylar, 7600 о‘rinli maktablar, 2400 о‘rinli maktabgacha tarbiya muassalari ishdan chiqqan, 690 savdo va 84 turli korxona idoralari ziyon kо‘rgan.
Yer silkinishi keltiradigan talаfot inshootning turiga, konstruksiyasiga bog‘liq bо‘lishi bilan bir qatorda, qurilish maydonlarining muhandis-geologik sharoitiga, ya’ni tog‘ jinslari turlarining mustahkamligi darajasiga, xossa va xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, 1966 yili Toshkent shahrida bо‘lgan silkinish natijasida shaharning yer osti suvlari sathi yer yuzasiga yaqin bо‘lgan pastqam joylarga joylashgan imoratlar kuchli talofot kо‘rdi. Shundan keyin 1966 yili shahar hududida qayta muhandis-geologik xaritalash ishlari о‘tkazilib, shahar markazi tuproq sharoiti nuqtayi nazaridan 9 ballik mintaqaga о‘tkazildi. Bu degan sо‘z, 9 ballik mintaqada quriladigan inshootlar konstruksiyasiga va usuliga ma’lum talablar qо‘yish va ularni bajarishni talab qiladi.
Seysmoaktiv hududlarda qurilish ishlarini olib borishda davlat tomonidan tasdiqlangan qonun-qoidalarga, talablarga rioya qilinmog‘i zarur. Ya’ni shahar qurilishida imoratlarning balandligiga va shakliga katta talablar qо‘yiladi, ular quyidagilardan iborat:

  • shahar hududida katta-katta ochiq maydonlarning bо‘lishi, ya’ni silkinish sodir bо‘lgan taqdirda va undan keyin odamlarning yashashi uchun yengil qurilmalar qurish uchun xavfsiz joy zarur;

  • suv havzalarining bо‘lishi, ya’ni zilzila vaqtida chiqishi mumkin bо‘lgan yong‘inlarni о‘chirish maqsadida foydalanish uchun suv zaxirasiga ega bо‘lish;

  • inshootlar orasidagi masofa, inshoot balandligidan 1,5 martda katta bо‘lishi, chunki imorat talafot kо‘rganda bir-biriga ta’sir qilmasligi kerak.

Afsuski, hozirgacha yer silkinishini aniq vaqtini va joyini ayta oladigan uslub yо‘q. Lekin yerning tavsifli xususiyatlari, tirik mavjudodlarning xatti-harakatlari о‘zgarishiga qarab olimlar yer silkinishi haqida muhim ma’lumotlarni beradilar.
Yer silkinishini belgilaydigan ayrim kо‘rsatkichlar quyidagilardan iborat: kuchsiz tebranish chastotasining keskin о‘sishi, yerning deformatsiyalanishi, tog‘ jinslarining elektr qarshiligi о‘zgarishi, yer osti suvlar sathining kо‘tarilishi, yer osti suvlarida ra­don miqdorining ortishi va boshqa о‘zgarishlar. Bulardan tashqari, yer silkinishi oldidan uy hayvonlarining xatti-harakatlari ham о‘zgaradi. Masalan, mushuklar tashqariga chiqib ketadilar, qushlar о‘z uyalaridan uchib chiqadilar, chorva mollar juda bezovta bо‘lib qoladilar va boshqalar.
Fan va texnikaning rivojlanishi sо‘zsiz yer silkinishini oldindan bashorat qilish imkoniyatini beradi. Jumladan, yuqorida ta’kidlanganidek, yer osti suvlarida yer silkinishidan oldin radon gazi miqdorini oshish qonunini birinchi bо‘lib о‘zbek olimlari tomonidan aniqlangan va bu qonuniyat Toshkent zilzilasi oqibatlarini о‘rganishda о‘z tasdig‘ini topdi.
Hozirgi kunda bu usul bilan Respublikamizda va Markaziy Osiyo davlatlarida rо‘y bergan bir necha zilzilalar bashorat qilindi va ular tasdiqlandi.
О‘zbekiston olimlarining bunday kashfiyoti bilan qiziqib Amerika olimi O. Jeyms shunday degan edi: «Yaqin kunlarda о‘zbek mutaxassislari zilzila haqidagi bashoratni xuddi iqlim sharoitini bashorat qilgandek radio orqali e’lon qilish darajasiga etib boradilar». Lekin bu yerda shuni aytib о‘tish kerakki, yer silkinishni oldindan bashorat qilish muammosi hali butunlay hal etilmagan. Bunga birdan-bir sabab bu masalaning murakkabligi, ya’ni zaminida yer silkinish jarayonini vujudga keltiradigan giposentr-о‘choqning nihoyatda yashirinligi hamda shu «о‘choqda» yig‘ilgan va yer silkinishiga olib keladigan energiyaning hamda uning sodir bо‘lish qonuniyatlarini hali yetarlicha bilmasligimizdadir.
Yer silkinish ofatidan muhofaza qilishning bir usuli bu oldindan seysmoaktiv mintaqalarni belgilash hisoblanadi. Bunda insonlar uchun, iqtisodiyot tarmoqlari uchun xavfli bо‘lgan 7-8 balli yuqori yer silkinishi mumkin bо‘lgan joylarni belgilab xarita tuziladi. Mana shunday seysmoaktiv mintaqalarda oldindan turli muhofaza omillari kо‘rilib, inshootlarni qurish, ta’minlash va ba’zi xavfli ishlab chiqarish tarmoqlarini (kimyo zavodlari, AES lar va shunga о‘xshash korxonalarni) hatto tо‘xtatish ishlari amalga oshiriladi.
Shunday ishlar, ya’ni О‘zbekistonning seysmoaktiv hududlari xaritasi 1977 yilgacha amal qilib keldi, hozirda O`zbekistondagi ko`plab seysmolog, geolog, muhandis olimlarning uzoq yillar mobaynida o`tkazgan tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida 1996 yilda О‘zbekiston Fanlar Akademiyasining seysmologiya instituti tomonidan О‘zbekistonning yangi seysmoaktiv xaritasi tuzilib, bunda har bir hududning seysmologik xususiyatlari hisobga olingan (2- rasm).

9 ball

8 ball

7 ball

6 ball

5 ball



Yüklə 112,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə